Atom fizikasini o'qitish metodikasi

Atom fizikasini o'qitish metodikasi

O'quvchilarga / Fizika
Atom fizikasini o'qitish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Atom fizikasini o'qitish metodikasi Atom to'g'risidagi dastlabki tasavvurlar VI-IX sinflarda beriladi. Bu sinflarda atomning sifatiy tomonlari va modellari o'rganiladi. Mazmuni IX sinfda atom va yadro bo'limiga 10 soat vaqt ajratilgan. Bu ushbu bo'lim haqida umumiy tushunchalar beradi, xolos. Atom fizikasi mavzusida atom energetik sathlarining diskretligi, yorug'likni atomlarda nurlanishi va yutilishi, spektrlar va spektral tahlil, lazerlarni ishlash tamoyili kabi juda muhim masalalar o'rganiladi. Atom energetik sathlarining diskretligi, qolgan barcha material uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Atomning Rezerford-Bor modeli, Rezerfordning atomning yadro modali bilan Borning Kvant postulatlarining qo'shilmasidan iborat. Klassik fizika nuqtai-nazariga ko'ra bunday qo'shish g'ayri tabiiy. Klassik mexanika va elektrodinamika qonunlariga ko'ra, atom yadrosining kulon maydonida turgan elektron, energiya olib va yo'qotib, ixtiyoriy trayektoriya (orbita) bo'yicha harakat qilishi mumkin. Klassik mexanika tezlikni (demak, kinetik energiyani) va koordinatani (ya'ni potentsial energiyani) hech qanday sakrab o'zgarishiga yo'l qo'ymaydi. Elektron orbitalarga asoslangan Bor poustulatlariga ko'ra, atom yadrosi maydoniga elektron faqat tanlangan orbitalar bo'yicha harakat qilishi va bir orbitadan ikkinchisiga sakrab o'tishi natijada energiyasini ham sakrab o'zgartirishi mumkin. Bu-birinchi ziddiyatdir. O'quvchilarga klassik modeldan kvant modelga o'tish tarixiy zaruriyat ekanligi va ularning o'zaro bog'liqligini yaxshilab tushuntirish lozim. Ammo Rezerford tajribasining mohiyatini ochish, shu kabi klassik fizikani atomning kvant modeli bilan bog'lanishi, juda ko'p ma'lumotni bayon qilishni talab qiladi. Shuning uchun ham, fizika o'qitishning birinchi bosqichida (eski VII sinfda) Rezerford tajribasi batafil bayon qilinmas edi. Bunday ma'lumotlarni barchasini o'quvchilar esda saqlab qolishi shart emas, chunki ular illyustrativ xarakterga ega. Shu sababli, ularni kirish ma'ruzasida bayon qilish maqsadga muvofiqdir. Atom fizikasiga taalluqli, o'quvchilarning diqqatini to'plash talab qilinadigan materialning muhim tomonlari quyidagilar: -Rezerfordning yadro modeli alfa zarralarini moddalarda sochilishini yaxshi tushuntirib beradi, lekin atomning turg'unligini tushuntirmaydi; -fiziklarga XX asrlarning boshlariga ma'lum bo'lgan chiziqli spektrlarni N.Bor atomning Rezerford modeli va M. Plankning kvant gipotezasi asosida quyidagi postulatlar orqali tushuntirishga muvaffaq bo'ldi: 1.Atom sistemasi sezilarli vaqt davomida faqat maxsus statsionar holatlarda bo'lishi mumkin, ularning har biriga Ep energiya mos keladi; Atom bu holatlarda energiya yutmaydi ham, chiqarmaydi ham; 2.Atom Ep energiyali bir statsionar holatdan Eк energiyali ikkinchi statsionar holatga o'tganda, (EpEk bo'lsa) energiyali kvantli chiqaradi, yoki (Ep ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.54 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 13:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.54 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga