Atom nurlanishlari Reja: 1. Rentgen nurlanishi 2. Mozeli qonuni 3. Bor postulatlari 4. Frank - Gerts tajribasi 5. Atom nurlanish spektrlari 6. Balmer formulasi 7. Kombinatsion prinsip Rentgen nurlanishi atom tabiatini o'rganishda muhim rol o'ynaydi, Rentgen spektrlari atom nomerlarini, ya'ni yadro zaryadi Z ni aniqlashga imkon beradi. Rentgen nurlari tez elektronlar ta'sirida paydo bo'ladi. Ular 2 xil bo'ladi: 1.Tormozlanish nurlanishi ya'ni elektronlar energiyasi ma'lum kritik ko'rsatkichdan past bo'lganda ular nurlanish spektri maksimumiga ega bo'ladi. Bu maksimum elektronlarni tezlatuvchi potentsialiga bog'liq bo'ladi. Tormozlanish nurlanishi tutash spektrga ega bo'ladi va antikatod materialiga bog'liq bo'lmaydi. 2. Xarakteristik nurlanish uyg'otuvchi elektronlar energiyasi biror kritik qiymatga teng yoki undan katta bo'lsa hosil bo'ladi. Bu nurlanish antikatod moddasini xarakterlaydi. Har bir element o'ziga xos spektr beradi. Xarakteristik nurlanish uzlukli spektrdan ya'ni spektral chiziqlardan iborat bo'ladi. Rentgen nurlari modda qatlamidan o'tganda kuchsizlanadi. Bunga 2 xil sabab bo'lishi mumkin: 1.Sochilish. Rentgen nurlari to'lqin uzunliklari juda kichik bo'lgani uchun yorug'likka shaffof bo'lgan har qanday muhit Rentgen nurlari uchun xira hisoblanadi. Sochuvchi markazlar modda atomi yoki molekulasi bo'ladi. Bunday sochilish yorug'likda ham kuzatiladi lekin bu juda kuchsiz bo'ladi. Masalan, yorug'lik intensivligi 1 km qalinlikdagi toza suvda 2,7 marta kamayadi. Rentgen nurlari esa 5 sm qalinlikdagi suv qatlamida shuncha kuchsizlanadi. 2.Yutilish. Rentgen nurlarining bir qismi moddada yutilyb issiqlikka aylanadi. Agar - modda qalinligi, - tushayotgan intensivlik, - kuchsizlanishni xarakterlovchi koeffitsiyent bo'lsa, u holda ifodadan qalinlikdagi moddada kuchsizlanish kabi ifodalanadi, bu yerda bo'lib -yutilish koeffitsiyenti va -sochilish koeffitsiyenti deyiladi. Rentgen nurlari spektral chiziqlari chastotasi bilan bu chiziqlarni chiqaruvchi element atom nomeri orasidagi bog'lanishini (K-seriyadagi chiziqlar uchun) Mozeli topgan (1913-1914 yillar). bu yerda va Ridberg doimiysi. Yuqoridagi ifodadan rentgen nurlanish chastotasi bilan Z orasidagi quyidagi bog'lanishni topamiz: . Boshqa seriyalar uchun ham shunga o'xshash bog'lanishlarni yozish mumkin. Rentgen nurlari yorug'likka o'xshaydi va faqat -to'lqin uzunligi kichikligi bilan farq qiladi. Shu sababli ham interferentsiya va difraktsiya hodisalari roentgen nurlarida ham kuzatiladi. Odatdagi roentgen qurilmalarida elektronlar energiyasi 100 eV ga teng bo'ladi. Meditsinada ishlatiladigan roentgen nurlari to'lqin uzunligi bir angstrom atrofida bo'ladi. Mozeli qonuninig ahamiyati juda katta. Bu qonunyordamida o'lchab topilga to'lqin uzunlikka qarab mazkur element atom nomerini, ya'ni atom yadrosi zaryadini aniq belgilash mumkin. Mozeli yashagan davrda davriy jadvalda hali kashf etilmagan elementlar mavjud edi. dan gacha bo'lgan nodir yer elementlarihali yaxshi o'rganilmagan edi. Bu qonun yordamida vodorod va uran oralig'ida 92 xil element borligi ko'rsatildi hamda hali kashf etilmagan elementlar ham aniq ko'rsatib berildi. Shu bilan birga bu qonun atom indivudialligini atom massasi ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.17 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 13:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.17 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 13:59 ]
Arxiv ichida: doc