Atom yadro fizikasining rivojlanishi tarixi

Atom yadro fizikasining rivojlanishi tarixi

O'quvchilarga / Fizika
Atom yadro fizikasining rivojlanishi tarixi - rasmi

Material tavsifi

Atom yadro fizikasining rivojlanishi tarixi REJA 1. ATOM TUZILISHI HAQIDAGI ZAMONAVIY TA'LIMOT. 2. RADIOAKTIVLIK HODISASINING OCHILISHI. 3. REZERFORD TAJRIBASI. 4. ATOMLAR ELEKTRON QOBIQLARINING TUZILISHI Atom tuzilishi haqidagi zamonaviy ta'limot Atom tuzilishi haqidagi zamonaviy ta'limot to'lqin mexanikasi g'oyalariga asoslanadi. To'lqin mexanika mikroobyektlarning kuch maydoni ta'siridagi harakatini o'rganadi. To'lqin mexanikasi XX asrning 20- yillaridan boshlab rivojlandi. Uning rivojlanishida Lui de Broyl, V.K.Geyzenberg, P.Dirak, E.Shredinger, V.A.Fok va boshqa olimlar katta hissa qo'shdilar. RADIOAKTIVLIK HODISASINING OCHILISHI Atom tuzilishi haqidagi ta'limotning keyingi rivojlanishi, radioaktivlik hodisasining kashf etilishi bilan bog'liq. 1896 yilda A.Bekkerel uran birikmalari ko'zga ko'rinmaydigan qandaydir nurlar chiqarish xususiyatiga ega ekanligi va bu nurlar qora qog'ozga o'ralgan fotografiya plastinkasiga ta'sir qilishini aniqladi. Mariya Kyuri - Skladovskaya va Per Kyurilar Bekkerel tekshirishlarini davom ettirib, 1898 yilda uran rudasida 2 ta yangi element - radiy va poloniyni kashf etdilar. Bu elementlar juda faolnurlanish xossasiga ega. Radioaktiv nurlanishni o'rganish shuni ko'rsatdiki, ba'zi radioaktiv elementlar(alfa) zaryadi, boshqalari(betta) va (gamma) nurlar chiqaradi. α- zarracha musbat zaryadlangan bo'lib, uning massasi 4 uglerod birligiga teng, tezligi 200 km sek, geliy ionlari (He2+ ) dan iborat. β - zarracha manfiy zaryadga ega, uning harakat tezligi 100 km sek. Bu nur tez harakatdagi elektronlar oqimidan iborat. ¥ - nur zaryadsiz bo'lib, xuddi rentgen nuriga o'xshab elektr magnit to'lqin xossasiga ega. U juda qalin metall plastinkasidan ham o'tadi. U eelktr maydonida og'maydi. O'zining tabiati jihatidan yorug'lik nurlariga o'xshaydi, lekin to'lqin uzunligining juda kichikligi bilan undan farq qiladi. Radioaktiv nurlanishda bir element boshqa elementga aylanadi. Masalan, radiy o'zidan va - nurlar chiqarib enert gaz radon Rn ga aylanadi. Rezerford tajribasi Atom zaryadlari. Atom tarkibi. Atom tarkibining musbat zaryadli qismini ingliz olimi E. Rezerford x - zarrachalarning tarqalishini o'rganish natijasida kashf etdi. Rezerford x - zarrachalar oqimi yupqa metall plastinkaga yo'naltirilsa, ularning ko'p qismi metall plastinka orqali o'tib, o'zining to'g'ri chiziqli harakatini o'zgartirmasligini aniqladi; x - zarrachalarning faqat bir qismigina harakatini dastlabki yo'nalishidan turli burchaklarga og'adi. Ba'zi juda kamdan kam hollarda yo'nalishini bunday keskin o'zgartirishini shu bilan izohlash mumkinki ular atom ichida uning musbat zaryadli va x - zarrachaga qaraganda katta massali tarkibiy qismi bilan to'qnashadi. x - zarrachalar juda ko'p atomlar o'tishiga qaramay, ulardan faqat ozginasi o'zining to'g'ri chiziqli harakatidan og'adi. Bundan atom tarkibining musbat zaryadli qismi atom hajmiga nisbatan juda kichik bir hajmini ishg'ol qiladi degan xulosa chiqadi. Atomning radiusi juda kichik: 10 -10 m (yoki 10-9 nm). Masalan, vodorod atomining radiusi 0,053 nm (nanometr) bo'lsa, kumush atomining radiusi 0,144 nm ga teng. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.63 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 13:59 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.63 MB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga