Atomning modellari. Rezerford tajribasi REJA: Tomson modeli. Rezerford tajribasi. Rezerford formulasi. Atomning yadroviy planetar modeli. Atom tuzilishi haqida birinchi «Planetar (nuklear) nazariya» 188 yilda Rossiya olimi B.N.Chicherin tomonidan taklif qilingan bo'lib, bu haqda D.I.Mendeleev 188 yilning 4 fevralida Rusiya fizika va kimyo jamiyati majlisida ma'ruza qilgan. Lekin bu haqda xalqaro kimyo adabiyotida e'lon qilinmagan. Keyinroq 1903 yilda Tomson planetar nazariyani inkor qilib o'zining nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga ko'ra atom - butun hajm o'zra bir tekis tarqalgan musbat zaryaddan iborat bo'lib, bu musbat zaryadni manfiy zaryadli elektronlar neytrallab turadi. 1911 yilda ingliz olimi Ernst Rezerford o'z tajribalari asosida Tomson nazariyasining puchligini isbot qildi va planetar nazariyani qaytadan tikladi. 1911 yilda E.Rezerford - nurlarni metall (yupqa) plastinkadan o'tkazganda, ularning ko'p qismi metall plastinkadan bemalol o'tib, yo'nalishini o'zgartirmasligini, bir qismi (oz qismi) yo'nalishini o'zgartirishini kuzatdi. Juda kamdan - kam hollarda zarracha sachrab orqaga qaytdi. Shu tajriba asosida Rezerford atom tuzilishining nuklear (yadro) nazariyasini taklif qildi: atom markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bo'lib, uning atrofida elektronlar harakatlanadi. Atom elektr neytraldir, chunki elektronlar soni yadroning musbat zaryadi soniga teng. elektronlarning umumiy massasi atomdagi proton va neytronlarning umumiy massasidan ancha kichik. Shuning uchun atomning 99,9 % dan ko'proq massasi uning yadrosiga to'plangan. Atomga quyidagicha ta'rif berish mumkin: Atom - kimyoviy elementning eng kichik zarrachasi bo'lib, o'zida o'sha elementning barcha kimyoviy hossalarini mujassamlashtiradi. Atom elektr neytral zarracha bo'lib, u musbat zaryadli yadro va manfiy zaryadli elektronlardan iborat. Atomning deyarli barcha massasini yadro massasi tashkil etadi. Atom yadrosi nuklonlardan, ya'ni proton va neytronlardan tuzilgan. Bu nazariya dastlab 1932 yilda D.D.Ivanenko va Ye.N. Gapon tomonidan takdif etilgan. 1903 yilda Tomson birinchi bo'lib atom modelini tavsiya qildi. U atomni o'lchami kichik bo'lgan (10-10m)musbat zaryadlangan shar shaklida bo'lib, uning ichida o'lchami juda kichik elektronlar so'zib yuradi. Elektronlar soni atom zaryad soniga teng. Shu sababdan narmol sharoitda atomelektr netral. Har xil moddalarning atom zaryadlaridagi elektronlar soni bir-birlaridan faqq qiladi. Tomson modeli asosida vodoroq atomida bo'ladigan jarayonni ko'raylik. Shar markazidan x masofada turgan elektronlar shar ichkarisidagi atom zaryadi F kuch bilan ta'sir etadi. Jojef Jon Tomson ( 1865-1940) Atomning Tomson modeli Atomning radiusi juda kichik: 10 -10 m (yoki 10-9 nm). Masalan, vodorod atomining radiusi 0,053 nm (nanometr) bo'lsa, kumush atomining radiusi 0,144 nm ga teng. Yadro radiusi esa 10- 4 - 10- 5 nm chamasida bo'ladi, ya'ni atomnikidan taxminan 105 marta (100) kichikdir. Atom tuzilishi nazariyasi yaratilishida kimyoviy elementlarning optik spektrlarini tekshirish katta ahamiyatga ega bo'ldi. Elektr zaryadi qiymatini 1909 yilda ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
581.99 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:00
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
581.99 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:00 ]
Arxiv ichida: pptx