Avtomatikaning funksional elementlari Reja: Axborotni aks etish vositalari Proyeksion indikatorlar Elektrolyuminissent indikatorlar Gazorazryadli axborotni aks etish vositalari Axborotni aks etish vositalari Axborotni qabul qilib uning vizual formaga aylantirib maxsus ekranlarda aks etuvchi vositalar axborotni aks etish vositalari deyiladi. Axborot televizion tasvir, rasm, grafik, xarf yoki raqam ko'rinishida aks etilishi mumkin. Proyeksion indikatorlar Proyeksion indikatorlar (5.1-rasm) linzalarga aks ettilgan raqam va xira oynadan iborat. Ushbu tipdagi indikatorlar yordamida har hil simvollarga erishish mumkin. Bundan tashqari tasvir rangli bo'lishi mumkin. Operativ boshqarish tizimlarida PТ-2M, PP-21M, PP-21MA hamda PP-30M tipidagi proyeksion indikatorlar keng qo'llaniladi. 5.1-rasm. Axborotni aks ettirish vositalari: a)-proyeksion indikatorlar; b)-tuzilishi; v)- elektrolyuminissentli raqamli indikatorning tashq ko'rinishi Elektrolyuminissent indikatorlar Elektrolyuminissent indikatorlar (5.2-rasm) tasviri bo'yicha xarif-raqamli, mnemonik hamda belgi indikatorlarga ajratiladi. Хarif-raqamli elektrolyuminissent indikatorlar eng keng qo'llaniladigan axborotni aks etish vositalardan biridir. Belgi va raqamlar ularda har hil konfiguratsiyadagi segmentlardan iboratdir. O dan 9 gacha raqamlarni aks etish uchun 7, 8, 9, segmentli elektrolyuminissent indikatorlar qo'llaniladi. 19 segmentli elektrolyuminissent indikatorlar esa hamma arab raqamlari va lotin hamda rus alfavit xarflarini aks etadi. Elektrolyuminissent indikatorlarning ish prinsipi qattiq moddani o'zgaruvchan elektr maydonda yorug'lik tarqatishga asoslangan. Ularning konstruksiyasi quyidagicha: oynaga 1 tiniq elektr o'tkazuvchan 2, metalik 4 va elektrolyuminissent qatlamlari qotirilgan. Gazorazryadli axborotni aks etish vositalari Gazorazryadli axborotni aks etish vositalar ham juda keng tarqalgan. Bu lampalar arzon bo'lib kichik inersionlikka ega. Bu indikatorlarning ish prinsipi quyidagicha: anod tok shaklida bajarilgan, katod esa har hil ko'rinishlarga ega bo'lishi mumkin. Тanlangan katod va anodga kuchlanish ulansa katodni formasini takrorlovchi miltillanma razryad hosil bo'ladi Suyuq kristalli axborotni aks etish vositalari Suyuq kristalli axbarotni aks etish vositalari rang indikatori bo'lib xonadagi normal yorug'ligda ishlayveradi. Bu indikatorlar eng past energiya manbalaridan ishlab perspektiv hisoblanadi. Ushbu indikatorning ish prinsipi suyuq kristallarni o'tayotgan nurlarni sindirishga hamda elektrik maydon ta'sirida xira bo'lishiga asoslangan. Konstruktiv nuqtai nazaridan oraliq masofasi 10-20 mkm ikkita oynani orasiga suyuq kristallar moddasi bilan to'ldirilgan. Oynalarga esa elektr o'tkazuvchan material sepilgan. Demak oynalar elektrod vazifasini bajarishadi. Хar biri esa 7 yoki 8 sektordan iborat. Тopshirish va taqqoslash elementlari Bundan oldingi bo'limlarda turli tipdagi va har hil ishlarga mo'ljallangan datchiklar ko'rib chiqildi. Shunda bu datchiklar rostlanuvchi miqdorni o'lchash uchun, qaysi ob'ektda ishlatilishidan qat'iy nazar alohida olib ko'rildi. Shuni qayd qilish kerakki, yuqorida bayon etilgan datchiklar va turli elektrik o'zgartkichlarning hillari juda ko'p, jumladan elektrolitik, magnitostriksion, elektrokinetik, polyarografik va boshqa o'zgartkichlar ko'rib chiqilmadi. Bular maxsus adabiyotlarda yoritilgan. Тexnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ARS larda nazorat qilinayotgan kattaliklarni topshirilgan satxda; yoki kattaliklarni topshirilgan funksiya ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
369.71 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
369.71 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:00 ]
Arxiv ichida: docx