Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash asoslari fanining maqsadi Reja: 1. Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash asoslari fani xususida umumiy tushunchalar 2. Loyiha hujjatlarini tayyorlashda me'yoriy va ko'rsatma materiallar 3. Loyihalash bosqichlari mazmuni va tayyorlash tartibi. Yangi sanoat korxonalarini yaratish va amaldagilarini zamon talablari darajasiga keltirish ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirishni ham qamrab olib, u mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, sarf-xarajatlar miqdorini kamaytirish, ishlab chiqarish sharoitlarini talab darajasiga keltirish kabi ijobiy samaralarga olib keladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish to'xtovsiz rivojlanib, u fan-texnikaning ko'pchilik sohalari bilan bevosita bog'langandir. Moddiy nematlarni ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qo'llash, ma'naviy eskirganlarini yangilash va amaldagi avtomatika vositalarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirish uzluksiz davom etadigan jarayondir. Har qanday avtomatlashtirish sistemalarining hayotiy siklini shartli tarzda to'rt bosqichga ajratish mumkin, bular: loyihalash, montaj qilish, sozlash ishlari va foydalanish (ekspluatatsiya) bosqichlaridir. Ushbu fanda asosan avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichi o'zlashtiriladi. Bu fanni o'rganish natijasida talabalar quyidagilarni bilishlari kerak: me'yoriy, standart va ko'rsatma hujjatlar tarkibi bilan avtomatlashtirish sistemalari loyiha hujjatlarining mazmuni bilan loyihalash uchun zarur bo'lgan topshiriqlarni tuzish ishchi va texnik loyihalash bosqichlarida hisoblash ishlari texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish darajasini oshirish va uni baholash Bu fanni o'zlashtirish o'quv rejasida nazarda tutilgan quyidagi fanlar bilan uzviy bog'langan: avtomatik boshqarish nazariyasi sanoat elektronikasi avtomatikaning texnik vositalari metrologiya, texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari soha texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish. Loyiha hujjatlarini tayyorlashda me'yoriy va ko'rsatma materiallar Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirshda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatika vositalarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, avtomatik sistemalarining turli ko'rinishlari va sinflarini yasash usullarini bilishni ham texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish sohasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo'lgan texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonni avtomatlashtirshning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan sistemasini montaj qilish, sozlash va ishlatish masalalari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo'lgan shaklda ifodalanishi kerak. Bunda barcha mutaxassisliklarda yaratilayotgan avtomatlashtirish sistemasini tushunish maxsus ishlab chiqariladigan texnik hujjatlar vositasida ta'minlanadi. Loyiha hujjatlarini yaratish, shakllantirish, tasdiqlash turli me'yor, qoida, standartlar bilan reglamentlashtirilgan. Bularga quyidagilar kiradi: SPDS - qurilish uchun loyiha hujjatlarining sistemasi SNiP - qurilish me'yorlari va qoidalari VSN - tarmoq qurilish me'yori YeSKD - konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi GOST - davlat standarti OST - tarmoq standarti RM - ko'rsatma materiallar Loyihalash bosqichlari Qurilish va ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlatish va ta'mirlash ishlari turli-tuman texnik hujjatlar bilan bog'liqdir. Yangi sistemani yaryatishda birinchi navbatda loyiha va konstrutorlik hujjatlaridan foydalaniladi. Texnologik obyektning murakkabligiga qarab loyiha malum qismlardan iborat bo'ladi. Loyihada texnik - iqtisodiy, texnologik, qurilish, santexnik, elektr, avtomatlashtirish kabi qismlar bo'lishi ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.25 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.25 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:00 ]
Arxiv ichida: docx