Avtomatlashtirish sistemalarining funksional sxemalarini loyihalash

Avtomatlashtirish sistemalarining funksional sxemalarini loyihalash

O'quvchilarga / Fizika
Avtomatlashtirish sistemalarining funksional sxemalarini loyihalash - rasmi

Material tavsifi

Avtomatlashtirish sistemalarining funksional sxemalarini loyihalash Reja: Funksional sxemalarda avtomatlashtirish vositalari va asboblarini harfiy va pozitsion ifodalash qoidalari Texnologik jarayonning nazorat, rostlash, boshqarish va signallash nuqtalarini ajratish Funksional sxemadagi texnik vositalar kompleksini tanlash Funksional sxemalarni bajarishga misollar Funksional sxemada avtomatlashtirish vositalarini va asboblarini harfiy va pozitsion ifodalash qoidalari Avtomatlashtirish sistemalari vositalari grafik tasvirining yuqori qismiga (suratiga) funksional belgilariga mos keluvchi harflar, pastki qismiga (mahrajiga) pozitsion belgilari keltiriladi (7-rasm). Bitta texnologik parametrni nazorat qilish, rostlash va signallash uchun mo'ljallangan texnik vositalar to'plami komplekt deyiladi; komplektdagi barcha asboblarga bitta pozitsion nomer beriladi, uning har bir tarkibiy qismiga (zvenolariga) esa qo'shimcha raqamli yoki harfiy indeks beriladi. Raqamli yoki harfiy indekslarning berilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: birlamchi asbob, ikkilamchi asbob va rostlagich, qayta ulagich, ijro mexanizmi va hokazo, yani komplektdagi axborot signalining yo'nalishi bilan indeks ketma-ketligi mos kelishi lozim. Sistemaning pozitsion belgisi loyihaning barcha hujjatlarida o'zgarmay qolishi kerak. Sxemada iloji boricha aloqa chiziqlari kesishmasligi kerak; agarda ularning miqdori ko'p bo'lsa, adres usulidan foydalaniladi. Bunda joyiga o'rnatilgan asboblarda ko'rsatilgan gorizontal chiziqdan 40-80mm yuqorida va o'lchash uchun impuls olingan joy, shuningdek, ijro mexanizmlari o'rnatilgan yerdan impuls chiziqlari uziladi. Uzilish erlarida chapdan o'ngga tartib bilan ortib boradigan qilib nomerlar qo'yiladi. 7-rasm. DS 21.404-85 bo'yicha bosim farqini o'lchash, qaydlash va avtomatik rostlovchi asbobni grafik, harfiy va pozitsion ifodalashga misol. Aloqa chiziqlarining quyi qismi yoniga o'lchanayotgan texnologik parametrning eng yuqori qiymatlari ko'rsatiladi. Odatda texnik vositalarning kirish signallari yuqorida, chiqish signallarini esa pastda ko'rsatgan maquldir. Agar sxemada bir-xil xarakteristikali joyiga o'rnatilgan asboblar ko'p marotaba qaytarilsa, u holda chizmada faqat bitta asbob ko'rsatilib, qolganlarining pozitsion nomerlari ko'rsatiladi. Shuningdek bir necha sezgir elementdan chiqib, bitta ikkilamchi asbobga yuborilganda (masalan, agar bir nechta termopara ko'p nuqtali potentsiometr bilan bog'langanda) aloqa yo'llarini birlashtirib ko'rsatish mumkin. Mabodo texnik vositalar signallash, himoya va blokirovka kabi sxemalar bilan bog'langan bo'lsa, u holda ulanish yo'llari shartli tarzda bitta gorizontal chiziqqa birlashtiriladi va unga, masalan, «prinsipial signallash sxemasiga» kabi yozuvlar ko'rsatiladi. Mabodo funksional sxemalarda elektr apparaturalar (signallash chirog'i, boshqarish tugmasi va kaliti, qo'ng'iroq) ko'rsatilgan bo'lsa, ularga prinsipial sxemalarda qabul qilingan belgilashlar berilishi mumkin; masalan: SV2, N3, NA2 va hokazo. Texnologik jarayonning nazorat, rostlash, boshqarish, signallash va himoya nuqtalari hamda texnik vositalarini tanlash Avtomatlashtirish sistemasining texnologik obyekti oldindan berilgan bo'lib, sistemaning o'zgarmas qismi hisoblanadi. Sistema maqsadga muvofiq faoliyat ko'rsatish uchun obyekt xususiyatlarini etiborga olgan holda avtomatlashtirish sistemasini tanlash kerak bo'ladi; tanlash jarayonini boshqarishda qatnashadigan parametrlarni ajratishdan boshlanadi. Bularga nazorat, rostlash va signallash kattaliklari kiradi. Jarayon parametrlari qatoridan rostlovchilarini ajratish uchun texnologik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 551.13 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 551.13 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga