Avtomatlashtirish sistemalarining jihoz va o'tkazishlarining joylashish chizmasini loyihalash

Avtomatlashtirish sistemalarining jihoz va o'tkazishlarining joylashish chizmasini loyihalash

O'quvchilarga / Fizika
Avtomatlashtirish sistemalarining jihoz va o'tkazishlarining joylashish chizmasini loyihalash - rasmi

Material tavsifi

Avtomatlashtirish sistemalarining jihoz va o'tkazishlarining joylashish chizmasini loyihalash Reja: Jihoz va o'tkazishlarning joylashish chizmasini loyihalash tartiblari Loyihaning matn qismi: tushuntirish xati, vosita, jihoz, materiallarning spetsifikatsiyalari Sistemaning texnik iqtisodiy samaradorligi. Jihoz va o'tkazishlarning joylashish sxemasini loyihalash Jihoz va o'tkazishlarning joylashish sxemasida ishlab chiqarish xonalarining rejasi va kesimi, shuningdek, ularga nisbatan asbob va avtomatlashtirish vositalarining shchit, prult elektr va trubali o'tkazishlar oqimining joylashishi ko'rsatiladi. Mabodo joylashish chizmasi murakkab bo'lsa, uni ikki ko'rinishda keltiriladi: 1) Jihoz va elektr o'tkazishlarning joylashishi; 2) Jihoz va trubali o'tkazishlarning joylashishi. Joylashish chizmalari quyidagi materiallar asosida bajariladi: -obyekt, tsex, sanoat maydonining qurilish chizmalari; -avtomatlashtirishning funksional sxemalari; -texnologik jihoz va asosiy texnologik kommunikatsiya vositalarining o'rnatish chizmalari; -tashqi o'tkazishlarning sxema va jadvallari; -shchit va pultlarning umumiy ko'rinish chizmalari. Joylashish sxemalari A1 formatida bajarilib, masshtabi, odatda, texnologik jihozlarni o'rnatish chizmasi o'lchamida olinadi. Texnologik jihoz, uskuna va truboprovodlarga o'rnatiladigan olish qurilmalari, birlamchi o'lchov o'zgartkichlari chizmada shartli grafik belgisi diametri 2mm bœlgan aylana ko'rinishida bo'lib, u bo'yalgan holda ko'rsatiladi (24-rasm). a) b) v) g) d) 24-rasm. Joylashaish chizmalarida asbob va shchitlarni shartli belgilash. Bunda: a - olish qurilmalari va uskuna, truboprovodlarga o'rnatiladigan datchiklar; b - shchitdan tashqariga o'rnatiladigan asboblar, ijro mexanizmlari va apparaturalar; v - pozitsiyasi 25 bo'lgan shchitdan tashqariga o'rnatilgan asbobning shartli belgisi; g- pozitsiyasi 18 bo'lgan asbobga tegishli bo'lgan olish qurilmasining belgisi; d- shchit, pult va stativlarning shartli belgisi. Shchitdan tashqari o'rnatiladigan asboblar, ijro mexanizmlari, elektroapparaturalar to'rtburchak shaklida tasvirlanadi (24-rasm, b) va ularning yonida funksional sxemadagi pozitsiyasi ko'rsatiladi (24-rasm, v). Shchit va pultlarni tasvirlovchi to'rtburchaklarning (24-rasm, d) o'lchamlari joylashish chizmasining masshtabida ko'rsatiladi. Tashqi o'tkazishlar oqimini grafik tasvirlanishi 9-jadvalda keltirilgan. Kabel sim va trubalarning nomerlari to'rtburchaklar ichiga 2,5mm li shriftlarda beriladi (25-rasm). 2 a) b) v) 25-rasm. Elektr va trubali o'tkazishlarni jolashish sxemalarida nomerlashga misollar: a - elektr kabellar; b - trubalar oqimi; v - kabellar oqimi. 1, 2, 5, 7, 11 - sonlari montaj materiallari ro'yxatidagi pozitsiyasi; 06 - 08 - trubalar nomeri; 5,18 - 54 - kabel o'zaklarining nomerlari. Loyiha matn materiallarining mazmuni Avtomatlashtirishning loyiha materiallarining matn qismiga tushuntrish xatlari, avtomatlashtirish vositalari uchun spetsifikatsiya va topshiriq qaydnomalari, hisoblash ishlari kiradi. Tushuntirish xatida loyihada qabul qilingan asosiy yechimlar xususida tushunchalar bo'lib, unda quyidagi ma'lumotlar bo'lishi lozim: Loyiha topshirig'ini bajarish uchun asos bo'lgan materiallar ro'yxati; Avtomatlashtirish darajasining tahlili nuqtai nazaridan texnologik jarayonning qisqacha bayoni; Texnologik nazorat, rostlash, boshqarish signallash va himoya bo'yicha loyihada qabul qilingan texnik yechimlarning qisqacha bayoni va asoslanishi; Shchit xonalarining asosiy xarakteristikalari; Noommaviy texnik vositalarni qo'llangan taqdirda buni asoslanishi; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 87.52 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 87.52 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga