Avtomatlashtirish sistemalarining prinsipial sxemalarini loyihalash

Avtomatlashtirish sistemalarining prinsipial sxemalarini loyihalash

O'quvchilarga / Fizika
Avtomatlashtirish sistemalarining prinsipial sxemalarini loyihalash - rasmi

Material tavsifi

Avtomatlashtirish sistemalarining prinsipial sxemalarini loyihalash Reja: prinsipial sxemalarning vazifalari, turlari va ularni bajarishning umumiy tamoyillari. prinsipial elektr sxemada bazi-bir elementlarning grafik belgilanishi. prinsipial elektr sxema elementlarining harfiy belgilanishi. prinsipial elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish va avtomatik rostlashda turli elektr va pnevmatik asboblar, apparaturalar qo'llaniladi, ular orasidlagi o'zaro aloqalarni ko'rsatishda, shuningdek, ularni ishlash prinsiplarini o'zlashtirishda prinsipial sxemalardan foydalaniladi. prinsipial sxemalarda avtomatlashtirish sistemasining ayrim bir bo'lagiga kiruvchi element, modul, yordamchi apparatlarniing tarkibi va ular orasidagi bog'lanishlarning to'la ko'rsatilishi lozim. prinsipial sxemalarni loyihalash uchun dastlabki material sifatida funksional sxemani asos qilib olinadi. Funksional sxemalarning vazifasi va ularni bajarilishining umumiy tamoyillari prinsipial sxemalar Davlat Standartlari va tarmoq ko'rsatma hujjatlari talablariga rioya qilgan holda bajariladi. prinsipial elektr sxemalar quyidagi me'yoriy hujjatlar asosida yaratiladi: DS 2.701-84. Sxemalar. Ko'rinishi va tiplari. Bajarish uchun umumiy talablar. DS 2.710-81. Elektr sxemalarda shartli harfiy belgilashlar. DS 2.755-87. Sxemalardagi shartli grafik belgilashlar. RM 4-106-82. Ko'rsatma materiallar. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sistemalari. Bajarishga talablar. me'yoriy hujjatlar prinsipial sxemalarni bajarish qoidalarini, sxema elementlarining shartli grafik va harfiy belgilanishlarini, zanjir qismlrini markirovka qilish yo'llarini belgilab beradi. prinsipial sxemalarni tuzishda quyidagi tartibga asoslangan maqul: Funksional sxemada qo'llanilgan talablar asosida prinsipial sxemaga qo'yiladigan texnik talablar aniqlanadi; Shu talablarga muvofiq tarzda sxemaning sharti va harakat tartibi belgilanadi; Berilgan tartib va shartlar asosida elementar zanjirlar tuziladi; Elementar zanjirlar umumiy sxema kœrinishida birlashtiriladi; Apparaturalar tanlanib, ayrim element parametrlarining elektr hisobi bajariladi; Tanlangan apparaturalar imkoniyati asosida sxematga tuzatish kiritiladi; Elementar zanjir yoki kontaktlarning noto'g'ri ishlashi natijasida ro'y berishi mumkin bo'lgan holatlar tahlil etiladi; Boshqa variantlarni qo'llash imkoniyatlari ko'rilib, muqobil sxema tugal tanlanadi. prinsipial elektr sxemalarda elementlarning shartli grafik va harfiy belgilanishi Sxema elementlarining shartli grafik va harfiy ifodalanishi bir guruh Davlat Standartlari va ko'rsatma materiallar asosida belgilangan. Bu shartli belgilanishlar asosida avtomatlashtirishning har qanday murakkab prinsipial sxemasini bajarish mumkin. prinsipial elektr sxemalarida ko'p uchraydigan elementlarning shartli grafik belgilanishi prinsipial elektr sxemelarda ko'p uchraydigan elementlarning shartli harfiy Belgilanishi prinsipial elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari prinsipial elektr sxemalarda umumiy holda quyidagilar ifodalanishi lozim: Boshqarish, rostlash, o'lchash, signallash, elektr ta'minot, kuch zanjirlari; Boshqa sxemalarda qo'llaniladigan shu sxemadagi apparatlarning kontaktlari va o'zga sxemalardagi apparatlarning kontaktlari; Qayta ulagich, dasturli qurilmalar, chekka va yo'l uzgichlari kontaktlarining ulanish diagramma va jadvallari, hamda apparatlarning ishlash siklogrammalari; Jihozlarning blokirovkali bog'lanish sxemalari; Lozim bo'lgan tushuntirishlar va izohlar; Elementlar ro'yhati; Asosiy bayon. Elektr zanjirlarning kommutatsiyasida ko'p holatli apparatlar (kalitlar, qayta ulagichlar va shu kabilar) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 773.69 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:00 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 773.69 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga