Shchit va pultlarning vazifalari va turlari. Shchit va pultlarning montaj zonalari. Texnik vositalar, asboblar va apparaturalarni shchit va pultlarning old tomoniga va ichiga joylashtirish tartiblari. Shchit va pultlarni dispetcherlik xonalariga o'rnatish qoidalari. Shchit va pultlarning umumiy ko'rinish chizmalarini tayyorlash. Avtomatlashtirish sistemalarining shchit va pultlarini loyihalash Shchit va pultlarning vazifalari va turlari Avtomatlashtirish sistemalarining shchit va pultlari avtomatik nazorat, rostlash, boshqarish, signallash, himoya, blokirovka, shuningdek, ular orasidagi bog'lanish vositalarini joylashtirish uchun kerak. Shchit va pultlar tarmoq standartlari Ost 36.13-76, Ost 36.ED1-13-79 va ko'rsatma materiallar. RM3-82-83 talablariga muvofiq kelishi lozim. Ular yopiq xonalarga o'rnatilib, harorati -30 dan to +500S va atrof-muhitning namligi 80% gacha, tebranish, ashaddiy gaz va bug'lar ta'siridan holi bo'lishi kerak. Shchitlar vazifasiga binoan quyidagi guruhlarga bo'linadi: Joyiga o'rnatiladigan - odatda axborot manbaiga yaqin o'ratilib, ular issiqlik va atrof-muhitning salbiy ta'sirlaridan himoya etish chegaralari nazarda tutilgan bo'lishi kerak; Agregat shchitlari - unga bar guruh uskuna, apparat va uskunalarga tegishla bo'lgan nazorat, boshqaruv vositalari joylashtiriladi; Blokli shchitlar - o'zaro bog'langan agregatlarning qurilmalari uchun xizmat qiladi; Markaziy shchitlar - maxsus ajratilgan xonalarga o'rnatilib, bo'lim, tsex, ishlab chiqarish yoki butun korxona uchun tegishli bo'ladi; ta'minot shchitlari - odatda kichik hajmli bo'lib, avtomatik vositalarini elektr energiya bilan ta'minlash uchun kerak; Rele shchitlari - rele apparatlari, elektron qurilmalari, signallashning elementlari joylashtiriladi. Shchit va pultlarning konstruksiyalari va turlari 1- rasmda keltirilgan tarkibga binoan belgilanadi. Shchit va pultlarning asosiy elementlarining konstruktiv tarkib sxemasi (Ost 36.13-76 va Ost 36. ED1-13-79 bo'yicha). Shchit va pultlarning asosiy elementlari Ost36.13-76 ga binoan quyidagilardir: Karkas - vazifasi bo'yicha unga panel, eshik kabilar bilan jihozlanib, unga asbob, apparat, armatura kabi vositalar montaj qilinadi. Shkaf - hajmli karkasdan va panel, eshik kabilardan iboratdir. Karkasli panel - hajmli karkasga panel o'rnatilgan. Pult korpusi - hajmli karkasga qiya qilib old panel, eshik va yonlari berkitilgandir. Pult - unifikatsiyalashgan montaj konstruksiyalaridan iborat korpus bo'lib, unga apparatura, armatura, elektr va trubali o'tkazgichlar o'rnatiladi. Shchit vapultlarni shartli nomlashga misollar: 1. shchit ЩPK-3-zl-I (800+800+600)-UXLCh-IROO; o'qilishi: karkasli panel shchiti, uch seksiyali, I tarzda bajarilgan,chap tomonni berk kengligi - 800, 800, 600 mm. 2. shchit ЩSh-2-02-I-(800+600) UXLCh-I ROO; o'qilishi: orqa eshikli shkafli shchit, ikki seksiyali, ikki tomondan ochiq, I tarzda bajarilgan, seksiyalar kengligi 800 va 600 mm. 3. pult P-P; o'qilishi : o'ng tomonli pult Shchitlarning vertikal old tekisligi 2(I tarzda bajarilgan) yoki 3(II tarzda bajarilgan) panelga ajratilgan. Pastgi panel dekorativ vazifani bajarib, yuqori panellarga asbob va apparaturalar o'rnatiladi. Shchitlarning umumiy ko'rinishlar chizmalari Umumiy ko'rinish chizmalari yagona va tuzilgan shchitlar uchun ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
812.74 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:00
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
812.74 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:00 ]
Arxiv ichida: ppt