Avtomatlashtirish sistemalarining tarkib sxemalarini loyihalash Reja: Avtomatlashtirish sistemalarini tuzish asoslari. Sistemaning tayanch joylarining miqdorini aniqlash, tanlash. Tarkib sxemalarining vazifasi, grafik ifodalanishi va turlari. Tarkib sxemalar avtomatlashtirish sistemasining asosiy qismlari, ularning vazifasi, o'zaro munosabatlari va joylanishlarini ko'rsatadi. Bu sxema loyihalashda eng avval tayyorlanib, texnologik obyekt va boshqarish sistemasi bilan dastlabki tanishish uchun kerak bo'ladi. Tarkib sxemasi ko'rsatma material RM4-4-85 talablari asosida bajariladi. Texnologik obyektning tahlili asosida avtomatlashtirish sistemasining samarali va muqobil shakli tanlanadi. Avtomatlashtirish sistemasining eng oddiy tuzilmalari bir pog'onali markazlashtirilmagan shakli bo'ladi (2-rasm). Bunday sistemalar odatda texnologik jarayonlar funksional bog'lanmagan yoki o'zaro kuchsiz bog'langan ishlab chiqarishlarda qo'llaniladi. Bu sistemalarda har bir ishlab chiqarish bo'limi uchun ayrim boshqarish punktlari bilan ta'minlanadi. Ularda quyidagi vazifalar hal qilinadi: texnologik parametrlarni œlchash va nazorat qilish, ularning chegara qiymatlari haqida signal berish, texnologik reglamentda nazarda tutilgan kattaliklarni rostlab turishdir. 2-rasm. Avtomatlashtirish sistemasining markazlashtirilmagan bir pog'onali boshqarish sxemasi. Markazlashtirilgan bir pog'onali boshqarish sistemasida markaziy boshqaruv punktiga texnologik obyekt to'g'risidagi barcha axborot chiqariladi (3-rasm). Markazlashtirilgan boshqarish sistemalari quyidagi kamchiliklarga ega: barcha operativ axborotlarning markaziy boshqarish punktida to'planishi tufayli uzluksiz ishlaydigan texnologik jarayonlarda sistemani ta'mirlash va joriy xizmat ko'rsatish ishlari ancha murakkablashadi; markaziy boshqarish punktini va aloqa yo'llarini texnik jihozlashga ketadigan xarajatlar oshdi; sistemaning ishonchliligi markaziy boshqarish punktida xato-kamchiliklarni o'z vaqtida tuzatish mumkin bo'lmaganligi tufayli kamaydi. 3-rasm. Avtomatlashtirish sistemasining markazlashtirilgan bir pog'onali boshqarish sxemasi Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar markazlashgan ikki pog'onali avtomatlashtirish sistemalarida qisman kamayadi. Bunga sabab ularda markazlashmagan sistemalardagi kabi shaxsiy boshqarish punktlari nazarda tutiladi (4-rasm). 4-rasm.Avtomatlashtirilgan sistemaning markazlashtirilgan ikki pog'onali boshqarish sistemasi. Ayrim texnologik jihoz, apparat, uskunalar markalashgan boshqaruv punktlari orqali amalga oshiriladi. Muhim texnologik parametrlar markaziy boshqaruv punktiga yuboriladi. Loyihalashda birinchi pog'ona uchun uchta boshqarish holatini nazarda tutish kerak: Yuqori pog'onadan keluvchi buyrug' uchun; Bevosita birinchi pog'onada hosil bo'luvchi buyrug' uchun; Bir vaqtda birinchi va yuqori (rasmda ikkinchi) pog'onalardan keluvchi buyrug' uchun. Bir necha bo'linmalardan tuzilgan va ular orasidagi masofa katta bo'lsa, boshqarish tarkibi ko'p pog'onali qilinadi. Tarkib sxemasida shartli ravishda texnologik obyekt, boshqarish punktlari (mahalliy shchitlar, operator xonasi va shu kabilar), ishlab chiqarishda qatnashuvchi texnolog-xodimlar, texnik vositalar, o'zaro aloqa yo'llari ko'rsatiladi; odatda sxema elementlari to'rtburchak shaklida ifodalanadi (5-rasm). 5-rasm. Kislota ishlab chiqarish pech bo'limining tarkib (konstruktiv) sxemasi. Bunda: 1-transportyorlar pech 2-bunkerlar; 3- taminlovchi va tebratuvchilar; 4-pech 5-ajratuvchi qozon; 6-siklon va elekrofiltrlar; 7-yo'naltiruvchilar; 8-transportyorlar.N-nazorat; S-signallash; MB-masofadan boshqarish; AR-avtomatik rostlash; DA-dispetcherlik aloqasi; OA-ovozli aloqa; MB-moydan boshqarish; AB-avto-matik boshqarish. Texnnologik jarayonlarning murakkablik darajasiga qarab tarkibiy sxemalar turli ko'rinishlarga ega bo'lishlari mumkin. Bu ko'rinishlar odatda texnik topshiriqda berilgan ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
67.3 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
67.3 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:00 ]
Arxiv ichida: docx