Avtomatlashtirish va o'lchash sistemalarining funksional sxemalarini loyihalash Reja: Funktsioal sxemalarning vazifasi va ularni bajarilishining umumiy tamoyillari Texnologik jihoz, uskuna va kommunikatsiyalarni funksional sxemalarda ifodalash Funksional sxemalarda avtomatlashtirish vositalari va asboblarining shartli harfiy belgilanishi Avtomatlashtirish vositalari va asboblarining funksional sxemalarda shartli grafik tasvirlash. Funksional sxemalar avtomatlashtirish sistemalari loyihasining asosiy texnik hujjati bo'lib, unda texnologik obyekt va avtomatik nazorat, rostlash boshqarish va shu kabi vositalari birgalikda tasvirlanadi Funksional sxemalarni tuzishda Davlat Standarti DS21.404-85 va ko'rsatma material RM4-4-85 talablariga rioya etiladi. Funksional sxemalarning vazifasi va ularni bajarilishining umumiy tamoyillari Funksional sxemalarni loyihalash jarayonida quyidagi masalalar hal etiladi: Texnologik jarayonning muqobil avtomatlashtirish hajmi aniqlanadi; Avtomatik tarzda nazorat, rostlash va boshqarish lozim bo'lgan texnologik parametrlar belgilanib, texnik vositalar majmuasini tanlash maqsadida ularing o'lchash chegaralari, usullari aniqlanadi; Masofadan va avtomatik boshqariladigan ijro mexanizmlari tanlanadi; Texnologik jihoz, apparat va uskunalarning avtomatik tarzda himoya va blokirovka etish uchun etarli bo'lgan hajmi belgilanadi; Asbob, avtomatika vositalari va apparaturalarini shchit va pultlariga, shuningdek, joyiga, dispetcher punktlariga joylashtirish hal etiladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning funksional sxemalarini ishlab chiqishda quyidagi talab va qoidalarga amal qilinadi: Avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlashda texnologik jarayonning xarakterini, jarayonning yong'inga va portlashga moyilligini, atrof-muhitning zaharliligini va emiruvchiligini, o'lchanayotgan muhitning fizik-kimyoviy hossalarini va parametrlarini; o'lchash o'zgartkichlarining o'rnatilgan joyidan nazorat va boshqarish punktlarigacha masofasini; boshqarish sistemasiga ishonchlilik, aniqlik va tez ta'sir etish kabi talablarni hisobga olish zarur. Avtomatlashtirishda texnik vositalarning ommaviy (seriyallab) ishlab chiqariladiganlari asosida tuzilishi lozim; bunda ular o'zining soddaligi, o'zaro mos kelishi, shchit va pultlariga o'rnatish qulayligi bilan tasniflanuvchi texnik majmualaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ommaviy ishlab chiqariladigan asbob, texnik vosita va apparaturalarini qo'llash imkoni bo'lmaganda yangi vositalarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq beriladi. 4. Yordamchi energiyadan (elektr yoki pnevmatik) ta'minlanuvchi vositalarni tanlash texnologik obyektning yong'in va portlash havflilik sharoitlari bilan, shuningdek axborot va buyrug' signallarining tez ishlashi va uzatishi masofasiga qo'yiladigan talablar etiborga olinadi. Dispetcherlik shchit va pultlariga o'rnatiladigan signallash va boshqarish apparaturalarining cheklangan bo'lishi kerak, aks holda xizmat ko'rsatuvchi hodimlarning etiborini asosiylaridan chetga tortadi, sistemani murakkablashtiradi, narhini oshirib yuborishga olib keladi. Ikkinchi darajali, yordamchi asbob va avtomatika vositalarini iloji boricha ayrim shchitlarga joylashtirib, ular ishlab chiqarish xonalarida bo'lgani maqul. Funksional sxemalarni loyihalashda texnologik jihoz, uskuna va kommunikatsiyalarni ifodalash Funksional sxemada texnologik jarayon odatda yordamchi, ikkinchi darajali apparatlarsiz, soddalashtirilgan holda ko'rsatilib, chizmaning yuqori qismida keltiriladi va texnologik obyektning ishlash prinsipi, avtomatika vositalari bilan munosabati haqida to'la tasavvur berishi kerak; texnologik jarayonga tegishli truboprovodlarga o'rnatiladigan rostlovchi organ, armaturalarning faqatgina nazorat va avtomatik rostlashda qatnashadiganlarigina ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
630.77 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:00
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
630.77 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:00 ]
Arxiv ichida: ppt