Suyuqlikning xossalari. Ho'llash. Kapillyarlik. Reja: Suyuqliklarning xossalari. Sirt taranglik. Sirt qatlam energiyasi. Ho'llash. Egri sirt ostidagi bosim Kapillarlik va uning ahamiyati O'quvchi bilishi kerak: Suyuqlikning xossalari. Sirt tarangligi. Sirt qatlami energiyasi. Ho'llash. Egri sirt ostida bosim. Kapillyarlik. Moddaning suyuq holati, suyuqlikning tuzilishi, molekulyar bosim, kapillyarlikning ahamiyati Mavzuning maqsadi: Oquvchilarga moddaning suyuq holati, suyuqlikning tuzilishi; molekulyar bosim, sirt tarangligi; sirt qatlami energiyasi. Ho'llash, kappilyarlik va ularning xalq xo'jaligidagi ahamiyatini tushuntirish. Mavzuning bayoni: 1. Moddaning suyuq holati. Suyuqlik - moddaning gaz va qattiq jism oralig'idagi agregat holatidadir. Shuning uchun ham uning ba'zi xossalari gaznikiga,ba'zilari esa qattiq jismlarnikiga o'xshab ketadi. U xuddi qattiq jismlarga o'xshab ma'lum hajmga ega bo'lsa, xuddi gazlardek o'zi qo'yilgan idishning shaklini egallaydi. Gaz molekulalari amalda bir-birlari bilan bog'lanmagan bo'lsa, suyuqlik molekulalari bir-birlari bilan juda kuchli bog'langan va ma'lum masofada joylashgan bo'ladi. Suyuqliklarda va qattiq jismlarda molekulalarning betartib harakat issiqlik energiyasi, molekulalararo o'zaro ta'sir potentsial energiyasidan juda kichik bo'lib, uni enga olmaydi. Shuning uchun ham suyuqlik va qattiq jismlar aniq hajmga ega bo'ladi. Suyuqlik molekulalari orasidagi o'zaro ta'sir kuchining kattaligi natijasida suyuqlik amalda siqilmaydi. Boshqacha aytganda juda katta molekulararo ta'sir kuchiga ega bo'lgan suyuqlikka tashqi bosim ta'siri sezilmaydi. Shuning uchun ham molekulalararo ta'sir kuchini suyuqlikning molekulyar bosimi deb aytiladi. Hisoblash suvning molekulyar bosimi 1100 MPa atrofida ekanligi ko'rsatadi. Shu bilan birga suyuqlik molekulalari juda yaxshi o'rin almashinish xususiyatiga, ya'ni suyuqlik oqish va o'zi solingan idish shaklini egallash qobiliyatiga ega bo'ladi. Agar tebranma harakat qiladi. Bu holda tortishish va itarish kuchlari bir suyuqlik muvozanat holatida bo'lsa uning molekulalari biror muvozanat holati atrofida birlari bilan teng bo'ladi. Suyuqlikning tuzilishi. Suyuqliklarni rentgen nurlari yordamida o'rganish ularning molekulyar tuzilishida qattiq jismlarning molekulyar tuzilishiga o'xshash joylari borligini ko'rsatdi. Agar qattiq jismlarda molekulalarning ancha katta masofada ham batartib joylashuvi kuzatilsa, suyuqliklarda juda kichik, atomlararo masofalardagina batartib joylashuvi kuzatiladi. O'z izlanishlarni suyuqliklarning xossalarini o'rganishga bag'ishlagan Frenkel qo'yidagi nazariyani yaratdi. Frenkel nazariyasiga ko'ra, suyuqlik molekulasi ma'lum vaqt davomida o'z muvozanat holati atrofida, go'yoki kristal panjaraning tugunida turgandek tebranib turadi va so'ngra sakrab oldingisidan atomlararo masofada bo'lgan yangi holatga o'tadi. Molekulalarning biror holatda bo'lish vaqti juda kichik 10-10 - 10-12 sek ni tashkil etadi. Suyuqlik molekulasining bir holatdan ikkinchisiga o'tishini panjaraning bir tugunidan ikkinchisiga o'tish, ko'chish masofasini esa panjara doimiysi sifatida qarash mumkin.Panjara tugunida turgan molekula panjara doimiysidan kichikroq amplitudalar bilan tebranma harakat qiladi. Shunga asoslanib suyuqlik kvazikristall tuzilishga ega deb hisoblash mumkin. Molekulyar bosim Suyuqlikning har bir molekulasiga uni o'rab turgan molekulalar tomonidan tortishish kuchlari ta'sir ko'rsatadi. Bu ...

Joylangan
24 Jul 2022 | 23:27:28
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.68 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Jul 2022 [ 23:27 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.68 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:15 ]
Arxiv ichida: doc