Avtomatlashtirish vositalari elektr va pnevmatik ta'minotining prinsipial sxemalarini loyihalash Reja: Elektr pnevmatik ta'minotlarining vazifalari va umumiy talablari; Kuchlanishni tanlash va ta'minot manbasiga talablar; zahiralash va uni avtomatik ishga tushirish; Elektr ta'minotni bajarish va himoya apparaturalarini tanlash; O'tkazgich yuzasini va kabellarni tanlash; Pnevma ta'minot sxemalarini tuzish. Bu sxemada o'lchash asboblari va avtomatlashtirish vositalarini elektr energiya manbai bilan ta'minlash ko'rsatiladi. Sxemani loyihalashda quyidagi masalalar hal etiladi: Elektr tok turi, kuchlanish qiymati, manba quvvati kabilar. ta'minot sxemasi ishonchliligi ko'rib chiqiladi. Texnologik obyektning muhimlilik kategoriyasiga binoan ta'minotning uzluksizligi, zahiralash kabilar. Qisqa tugatish va davomli yuklamalardan vositalarni himoya etish; Vositalarni ta'mirlash, sozlash va xizmat ko'rsatishda elektr manbaidan uzib qo'yish choralari; Elektr ta'minotini vazifasi, turlari va ularga umumiy talablar. Odatda elektr ta'minot sistemasi ta'minot va taqsimot tarmoqlaridan iborat bo'ladi. Umumiy tarzda 14-rasmda keltirilgan. 14-rasm. Avtomatlashtirish sistemalari elektr ta'minotining asosiy qurilmalari. Bu yerda: 1-ta'minot manbai, 2,5-ta'minot shchitlari, 3,6- asbob va avtomatika vositalarining shchitlari, 4-ijro mexanizmlarining ta'minot yig'masi, 7- birlamchi asboblarning datchiklari, 8-alohida joylashgan asboblar. ta'minot tarmog'i (uzlukli chiziqlar) avtomatlaashtirilgan obyektni ta'minot manbai bilan shchit va yig'malarni bog'laydi. Taqsimot tarmog'i (uzlukli chiziqlar) ta'minot shchit va yig'malarini ayrim elektr iste'molchilar bilan bog'lash. Bu elektr ta'minot tarmoqlari quyidagi shaklda bo'lishi mumkin: bir faza va nolli ikki simli; ikki fazali ikki simli; o'zgarmas tokli ikki simli; uch fazali uch sim bilan; uch fazali to'rt simli. ta'minot shchitlari bilan ta'minot manbalarini o'zaro joylashishiga qarab avtomatlashtirish sistemalarining elektr ta'minoti turli ko'rinishga ega bo'lishi mumkin (15-rasm). 15 rasm. a-bir tomonlama radial; b-ikki tomonlama radial; v-radial-magistrali; g, d-bir yoki ikki tomonlama magistrali; e-ikki mustaqil ta'minotli magistrali; 1-ta'minot manbasi; 2-shchit va ta'minot yig'malari. Mabodo ta'minot shchit va yig'malari ta'minot manbasiga nisbatan turli tomonga joylashgan bo'lsa va shchitlar orasidagi masofalar katta bo'lgan holatda ta'minot tarmog'i sxemasi qo'llaniladi. Shchit va yig'malar orasidagi masofa ta'minot manbaiga nisbatan ancha yaqin joylashganda magistralli sxemalar tanlanadi. Taqsimot tarmoqlari, odatda, radial shaklda olinib, unda elektr iste'molchi shchitga ayrim radial chiziq bilan ulanadi. Boshqarish va himoya apparatlari elektr ta'minot tarmoqlarida quyidagicha qullanilishi mumkin: ta'minot yo'llarida- avtomatik uzgich yoki rubilnik -saqlagich; bularni ta'minot manbaiga ulangan joyga, shuningdek, shchit va yig'malar kirishiga o'rnatiladi; Ijro mexanizmlar elektrodivigatellarining zanjiriga-avtomatik uzgich va magnit ishga tushirgich yoki rubilnik, saqlagichlar va magnit ishga tushirgich. Asbob, avtomatlashtirish vositalari, transformatorlar, to'g'rilagichlar zanjirlarida-uzgich va saqlagichlar yoki avtomatik uzgich; Signallash sxemalari ta'minot zanjirlarida-uzgich va saqlagichlar yoki avtomatik uzgich; Shchitlarning yoritish zanjirlarida uzgich va saqlagich. Elektr ta'minotining taqsimot va ta'minot tarmoqlarida paketli uzgichlar rubilniklar, boshqarish kalitlari va tumblerlarni ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:00
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:00 ]
Arxiv ichida: ppt