Aylana bo'ylab notekis harakat. Burchak tezlanish. Tangensial tezlanish

Aylana bo'ylab notekis harakat. Burchak tezlanish. Tangensial tezlanish

O'quvchilarga / Fizika
Aylana bo'ylab notekis harakat. Burchak tezlanish. Tangensial tezlanish - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 4-mavzu: Aylana bo'ylab notekis harakat. Burchak tezlanish. Tangensial tezlanish Siz 7-sinfda aylana bo'ylab tekis harakat bilan tanishgansiz. Mazkur mavzuda aylana bo'ylab notekis harakatni o'rganamiz. Aylana bo'ylab tekis harakatga tegishli fizik kattaliklarni eslab ko'raylik (1.2-rasm). 1. Aylana bo'ylab tekis harakatlanayotgan moddiy nuqtaning vaqt birligi ichida yoy bo'ylab bosib o'tgan yo'liga son jihatdan teng bo'lgan kattalikka chiziqli tezlik deyiladi va quyidagicha ifodalanadi. 2. Aylana bo'ylab tekis harakatda aylana radiusi burilish burchagining shu burilish uchun ketgan vaqtga nisbati burchak tezlik deyiladi: Burchak tezlik ham, chiziqli tezlik kabi vektor kattalik hisoblanadi. Uning yo'nalishi o'ng vint (parma) qoidasiga binoan aniqlanadi. Bunda o'ng vint kallagining aylanish yo'nalishi moddiy nuqta aylani shi bilan mos kelsa, uning uchining yo'na lishi burchak tezlik vektori yo'na lishi bilan mos tushadi (1.3-rasm). Ko'pgina hollarda aylanma harakat qiluvchi jismlar o'z aylanish tezligini o'zgar tiradi. Masalan, mashina joyidan qo'zg'alib, ma'lum bir tezlikka erish guncha yoki tormozlanib to'xtaguncha uning g'ildiraklari shunday harakatlanadi. Aylana bo'ylab harakatlanayotgan jismning burchak tezligi vaqt davomida o'zgarib turadigan harakat o'zgaruvchan aylanma harakat deyiladi. O'zgaruvchan aylanma harakatlar orasida burchak tezligi ixtiyoriy teng vaqt oralig'ida teng miqdorda o'zgarib turadigan harakatlar ham uchraydi. Masalan, bekatga yaqinlashayotgan yoki undan uzoqlashayotgan avtobusning g'ildiragi tekis o'zgaruvchan aylanma harakat qiladi. Bunday harakatlarda burchak tezlikning o'zgarish jadalligi burchak tezlanish deb ataluvchi fizik kattalik bilan tavsiflanadi. Burchak tezlik o'zgarishining shu o'zgarish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan o'lchanadigan kattalikka burchak tezlanish deyiladi. Tekis o'zgaruvchan aylanma harakatning burchak tezlanishi vaqt davomida o'zgarmaydi, chunki uning burchak tezligi ham teng vaqt oraliqlarida teng miqdorga o'zgaradi. Agar harakatlanayotgan moddiy nuqtaning boshlang'ich burchak tezligi ω0 , ∆t vaqt o'tgandan keyingi burchak tezligi ω bo'lsa, burchak tezligining o'zgarishi ∆ω = ω - ω0 bo'ladi. U holda (1.12) tenglama quyidagi ko'rinishda yoziladi: Burchak tezlik harakat davomida bir tekisda ortib borsa, aylanma harakat tekis tezlanuvchan bo'ladi (ε 0) (1.4-a rasm). Aylanma harakatning burchak tezligi aylanish jarayonida bir tekis kamayib borsa, bunday aylanma harakat tekis sekinlanuvchan deyiladi va ε 0 bo'ladi (1.4-b rasm). Tekis o'zgaruvchan aylanma harakatning tenglamalarini hosil qilish uchun tekis o'zgaruvchan to'g'ri chiziqli harakat tenglamalaridagi bosib o'tgan s yo'lni burilish burchagi φ bilan, tezlik v ni burchak tezlik ω bilan va tezlanish a ni burchak tezlanish ε bilan almashtirish kifoya. Mazkur harakatlarning o'zaro taqqoslangan tenglamalari quyidagi jadvalda keltirilgan: Aylanma harakatda moddiy nuqtaning chiziqli tezligining son qiymati o'zgaradigan hollar ham uchraydi. Bunday paytda moddiy nuqtaning chiziqli tezligi o'zgarishi bilan bog'liq tezlanish vujudga keladi. Bu tezlanish tezlikning son qiymati o'zgarishi tufayli hosil bo'lganligidan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1014.38 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:00 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1014.38 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga