10-sinf fizika darsligi asosida 5-mavzu: Aylanma va ilgarilanma harakatni o'zaro uzatish Kundalik turmushda harakatlanuvchi transport vositalarining harakati kuzatilsa, ularning dvigateli bir xilda ishlab tursa-da, ular turlicha tezlikda harakatlanishi kuzatiladi. Avtomobil tekis yo'lda katta tezlik bilan qiyalikka chiqishda, botqoqli joylarda sekin yuradi. Xuddi shunday to'qimachilikda, sanoatda ishlatiladigan dastgohlarda ham ularning turli qismlari turlicha tezlikda aylanayotganligini kuzatish mumkin. Kundalik turmushda ishlatiladigan tikuv mashunasida ham aylanma harakat va uni borib-keluvchi (ilgarilanma) harakatga aylantirib beruvchi mexanizmlar ishlatiladi (1.5-rasm). Bunday mexanizmlarda aylanma harakatni uzatishning friksion, tasmali va tishli g'ildirak kabi usullari mavjud bo'lib, mazkur mavzuda siz ular bilan tanishasiz. Friksion usulda harakatni uzatish. Aylanma harakatni friksion usulda uzatish uchun har xil diametrli ikki g'ildirak bir-biriga kuch bilan siqib turiladi. Ulardan biri soat strelkasining yo'nalishi bo'yicha aylansa, ikkinchisi ishqalanish kuchi ta'sirida harakatga kelib, soat strelkasining aylanishiga qarama-qarshi yo'nalishida aylanadi (1.6-rasm). Friksion uzatish usulidan, uzatiladigan quvvat uncha katta bo'lmagan hollardagina foydalaniladi. Bu harakatda g'ildiraklar bir-biriga nisbatan sirpanmaydi, shu sababli gildiraklar gardishlarining chiziqli tezliklarining modullari son jihatdan o'zaro teng bo'ladi: v1 = v2 yoki Harakatni tasmali uzatish. Aylanma harakatni tasmali uzatishda ikkita g'ildirak bir-biriga tarang tortilgan tasma bilan biriktiriladi (1.7- rasm). Bunda uzatish ishqalanish hisobiga amalga oshiriladi. Harakat uzatuvchi shkiv (g'ildirak)ni yetaklovchi va harakatni qabul qiluvchi shkiv (g'ildirak) yetaqlanuvchi shkiv deyiladi. Tasmali uzatishda ham aylanayotgan g'ildiraklarning chiziqli tezliklarining modullari o'zaro teng: v1 = v2. Burchak tezliklari esa g'ildiraklarning radiuslari orqali o'zaro quyidagi muno sabatda bo'ladi: Harakatni tishli g'ildiraklar orqali uzatish. Har xil diametri ikkita tishli g'ildirakning tishlarini bir-biriga kiygizish orqali aylanma harakatni uzatish usuli tishli uzatish deb ataladi (1.8-rasm). Birinchi g'ildirakdagi tishlar soni N1 bo'lib, sekundiga ν1 marta aylansin, u bilan tishlashgan ikkinchi g'ildirak esa N2 ta tishga ega bo'lib, sekundiga ν2 marta aylansin. Tishlashish nuqtasida vaqt birligi ichida birinchi g'ildirakning N1·ν1 tishi o'tganda, ikkinchisining N2 · ν2 tishi o'tadi. Ikkala g'ildirakning vaqt birligi ichida tishlashish nuqtasidan o'tgan tishlar soni teng bo'ladi, ya'ni: 1.9-rasmda yetaklovchi va yetaqlanuvchi vallar bir tomonga va qaramaqarshi tomonga aylantiradigan holda tasmalar ulangan holatlari keltirilgan. Aylanma harakatni friksion uzatishning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor? Aylanma harakatni tasmali uzatishda ishlatiladigan mexa nizm larga misollar keltiring? Aylanma harakatni tishli uzatish qanday amalga oshiriladi? ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
609.15 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:01
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
609.15 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:01 ]
Arxiv ichida: ppt