Biogaz va bioo'g'it ishlab chiqarish uchun sanitariya va standart talablari Biogaz va bioo'g'it olish korxonalariga yer ajratishda sanitariya me'yorlari O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, biogaz va bioo'g'it olish korxonasiga yer ajratish sanitariya me'yorlari quyidagicha: - O'zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya shifokori tomonidan 2008 yilda tasdiqlangan 0246-08-sonli «Sanitarnoe normi i pravila po oxrane atmosfernogo vozduxa naselennix mest Respubliki Uzbekistan» sanitariya me'yorlari va qoidalari (SanPIN)ga asosan, quvvati yiliga 40 tonnadan ortiq chiqindilarni qayta ishlashga mo'ljallangan korxona sanitariya himoya mintaqasining masofasi 100 metr, agar quvvati 40 tonnadan kam bo'lsa, 500 metr deb belgilangan. - korxonaning ehtiyoji uchun davlat standarti texnik shartlarini ishlab chiqish masalasi sog'liqni saqlash vazirligining vakolatiga kirmasligi, lekin ushbu hujjatda atmosfera havosi, tuproq va yer osti suvlarini chiqindilardan muhofaza qilinishini ta'minlash chora-tadbirlari ko'zda tutilishi shart. Biogaz va bioo'g'it ishlab chiqarishning me'yoriy (texnik shartlar va korxona standarti) hujjatlari «O'zstandart» agentligining ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to'g'risida»gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo'l qo'yilmasligi belgilab qo'yilgan, biogaz va bioo'g'it ishlab chiqarishga taalluqli bo'lgan me'yoriy hujjat (texnik shartlar yoki korxona standarti) ishlab chiqilgan. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 11 noyabrda 1422-son bilan davlat ro'yxatiga olingan. «O'zstandart agentligida standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro'yxatdan o'tkazish tartibi»ga muvofiq o'rnatilgan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazish maqsadga muvofiq. Lekin yuqoridagi sanitariya me'yorlari va standart talablari hali qayta tiklanadigan energiya manbalari uskunalari, qurilishi va foydalanishiga bog'liq bo'lgan holatlarga ruxsat berish qoidalarini qo'llash uchun etarlicha vaziyatni to'la qamrab olmaydi. Nazarimizda, muqobil energiyadan foydalanish haqida qonun qabul qilinishi va tegishli me'yoriy hujjatlar ishlab chiqilishida qayta ko'rib chiqilsa, ayni muddao bo'lar edi. FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR 1. Karimov I. A., «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari». O'zbekiston, T.: 2009 y. 2. Karimov I. A., «Xalq so'zi» gazetasi, «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo'lini izchil davom ettirish - taraqqiyotimizning muhim omilidir», 2010 yil 8 dekabr №236. 3. Karimov I. A. Farmon va qarorlari. 4. Karimov I. A. Asarlari. 5. «Energiyadan oqilona foydalanish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 26 sentyabr. 6. Xorij matbuoti sahifalari, «Oxrana okrujayushey sredi. Progress, dostignutiy SShA za poslednie 30 let», 2005 g. iyun. 7. Xorij matbuoti sahifalari, «Ekologicheskaya chistaya energiya: problemi i resheniya» 2006 g. iyul. 8. «Vozobnovlyaemie istochniki energii», publikatsiya podgotovlena programmoy razvitiya OON v Uzbekistane, Toshkent.: 2007 yil. 9. Ekslyuzivnaya seriya OON «Analiticheskaya zapiska» 2007 yil №1 (8). 10. «Tashkentskaya pravda», «Shirokiy shag energokompleksa Uzbekistana», UzA, .2011 g. 16 fevral. 11. Azam T., «O'zbekiston ovozi» ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.25 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.25 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:01 ]
Arxiv ichida: doc