Bir fazali sinusoidal o'zgaruvchan tok zanjirlari Reja: 1. Sinusoidal elektr yurituvchi kuch hosil qilish 2. O'zgaruvchan tokning effektiv qiymatlari 3. O'zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshilik 4. O'zgaruvchan tok zanjirida induktivlik 5. O'zgaruvchan tok zanjirida sig'im Sinusoidal elektr yurituvchi kuch hosil qilish Texnikada o'zgaruvchan tok ko'p ishlatiladi, chunki o'zgaruvchan tokni ishlab chiqarish va undan foydalanish qulay. O'zgaruvchan tokni deyarli isrofsiz transformatsiyalash, ya'ni undan uzoqqa elektr energiya uzatish uchun yuksak kuchlanishli va iste'molchi uchun past kuchlanishli elektr toki hosil qilish mumkin. Vaqt o'tishi bilan yo'nalishi va kattaligi jihatidan o'zgarib turuvchi davriy tok o'zgaruvchan tok deb ataladi. Ular ichida eng oddiysi va qulayi sinusoidal toklardir. Sinusoidal o'zgaruvchan tokni quyidagi usulda hosil qilish mumkin. Bir jinsli magnit maydonga berk o'tkazgich joylashtirilgan deb faraz qilaylik. Berk o'tkazgich 900ga berilganda uning Kundalang kesim yuzini kesib utgan induktsiya oqimi nolga teng bo'ladi. Magnit maydon kuchlanganligi N bilan o'tkazgich yuziga utkazilgan n normal orasidagi burchak ( bo'lganda induktsiya oqimi quyidagiga teng bo'ladi: Ф = Ф0 cos Berk o'tkazgichning aylanishi bir tekis bulib, T davr ichida to'la bir marta aylansin u holda = 2 t T = t bunda = 2 T o'tkazgichning burchak tezligi, t - vaqt Bu ifodani yuqoridagi formulaga qo'ysak, quyidagi hosil bo'ladi: Ф = Ф 0 cos t ya'ni magnit induktsiya oqimi vaqt buyicha o'zgaradi. Berk o'tkazgich aylanishida magnit maydon oqimining o'zgarishi tufayli induktsiya elektr yurituvchi kuchi vujudga keladi: e = - dФ dt Bu yerda F- o'tkazgich yuzasiga tik yo'nalgan magnit oqimi. Ifodadagi manfiy ishora E.YU.K. ning hosil qilgan kuchga nisbatan doimo qarama -qarshi yo'nalganini ko'rsatadi . Oqimning o'zgarishi dФ dt = - Ф0 sin t Binobarin, e = Ф0 t sin t Shunday qilib, bir jinsli magnit maydonida berk o'tkazgich bir tekis aylanganida sinusoidal o'zga ruvchi E.YU.K.vujudga keladi: e = Emsin t Bunda…Em E.YU.K. ning katta qiymatini bildiradi: Em = H S t Tashki zanjir qarshiligi R ga bulsak, zanjirdagi oniy tokning qiymatini hosil qilishmumkin, ya'ni i = Imsin t Bu yerda i- sinusoidal tokning oniy qiymati. Shu oniy qiymatlar ichida eng kattasi Im.- maksimal qiymat yoki effektiv qiymat. bilan ifodalangan tok sinusoidal o'zgaruvchan tok yoki qisqacha sinusoidal tok deb ataladi. Har qanday shakldagi o'zgaruvchan tokni bir - biriga ustma - ust tushgan ko'p sonli sinusoidal toklarning yig'indisi deb qarash mumkin, shuning uchun sinusoidal tok o'zgaruvchan tokning oddiy shaklidir. Elektr yurituvchi kuchning oniy qiymati ye ni aniqlash uchun uning amplitudasi .Еm. ni fazoviy burchak sinusiga ko'paytirish kerak. Buni grafik ravishda ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
448 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
448 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:02 ]
Arxiv ichida: doc