Bir fazali sinusoidal tok zanjirlari

Bir fazali sinusoidal tok zanjirlari

O'quvchilarga / Fizika
Bir fazali sinusoidal tok zanjirlari - rasmi

Material tavsifi

bir fazali sinusoidal tok zanjirlari Reja: 1. Sinusoidal tok va uni tavsiflovchi asosiy kattaliklar. 2. Sinusoidal kattaliklarning o'rtacha va ta'sir etuvchi qiymatlari. 3. Sinusoidal kattaliklarni dekart va kompleks tekislikda vektorlar bilan ifodalanishi. 4. Sinusoidal tok zanjirida aktiv qarshilik, induktivlik va kondensator. Sinusoidal tok va uni tavsiflovchi asosiy kattaliklar Davriy o'zgaruvchan toklar ichida eng keng tarqalgani sinusoidal toklardir. Sanoatda va turmushda foydalaniladigan o'zgaruvchan tok sinusoidal qonun bo'yicha o'zgaradigan o'zgaruvchan tokdir. Bu tokni yuqori kuchlanish bilan uzoq masofalarga uzatish hamda o'zgaruvchan tokda ishlovchi mashina va apparatlar (tranformatorlar, asinxron va sinxron dvigatellar) ni ishga tushirishda ishlatish mumkin. Faqat sinusoidal tok yordamida butun chiziqli zanjir bo'ylab, hamda uchastkalarda tok va kuchlanishlarning o'zgarish qonuniyatlarini o'zgarishsiz saqlab qolish mumkin. Qo'llaniladigan sinusoidal o'zgaruvchi toklarning chastotalari juda keng diapazonli bo'lib, gerts ning bir bo'lagidan milliard gerts largacha bo'lishi mumkin. Nisbatan past chastotali sinusoidal toklar sinxron generatorlar yordamida olinsa yuqori chastotali sinusoidal tok va EYuK lar elektron generatorlar yordamida hosil qilinadi. Sinusodal tok va kuchlanishlarni grafik ravishda, trigonometrik funksiya ko'rinishida, dekart yoki kompleks tekislikdagi aylanuvchi vektorlar ko'rinishida ifodalash mumkin. Sinusoidal tok analitik ko'rinishda quyidagicha ifodalanishi mumkin: . (4.1) Grafik ifodasi 4.1-rasmda berilgan. Funksiyaning eng katta qiymati amplituda Im deyiladi, T - davr to'liq bir o'zgarish uchun ketgan vaqt, chastota - 1 sekunddagi tebranishlar soni, chastotaning birligi sek-1 yoki Gts. Burchak chastotasi , birligi radsek yoki sek-1. Funksiyaning argumenti, yahni (t+) - faza deb ataladi. Faza t vaqtning o'sha moment uchun tebranishning holatini belgilaydi. - boshlang'ich faza. Grafikda boshlang'ich faza burchagi ning qiymati sinusoidaning koordinata boshidagi holati bilan aniqlanadi. Sinusoidal o'zgaruvchan funksiyaning nol qiymatlaridan musbat qiymatlariga o'tish nuqtasi davrning boshlanish lahzasi hisoblanadi. Musbat boshlang'ich faza koordinata boshidan chap tomonga, manfiysi o'ng tomonga qo'yiladi. 4.2-rasmda kuchlanish va tokning grafigi (vaqt diagrammasi) berilgan. , (4.2) . (4.3) Bu sinusoidal kattaliklarning boshlang'ich fazalari orasidagi burchak faza siljish burchagi deyiladi. . (4.4) =0 bo'lganda tok va kuchlanish faza bo'yicha bir xil, bo'lganda kvadraturada - qarama-qarshi fazada bo'ladi. Fazalar siljishi burchagidan foydalanib, (4.2) va (4.3) larni quyidagicha ifodalash mumkin: , . Bu munosabatlar shuni ko'rsatadiki, sinusoidal tok, sinusoidal kuchlanishdan burchakka orqada qolar ekan. Sinusoidal kattaliklarning o'rtacha va tahsir etuvchi qiymatlari Sinusoidal tokning o'rtacha qiymati musbat yarim davrdagi oniy toklar yig'indisining o'rtacha arifmetik qiymatiga teng. U holda tok ning o'rtacha qiymati . (4.5) Xuddi shu yo'l bilan EYuK va kuchlanishning o'rtacha qiymatlarini topish mumkin: Umumiy holda o'zgaruvchan tokning tahsir etuvchi qiymati deb, mazkur tokning T davr ichida R qarshilikdan o'tayotib, xuddi shu kattalikdagi o'zgarmas tok tahsirida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 137.81 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 137.81 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga