8-sinf fizika darsligi asosida 55-mavzu: Agar magnit maydonga tokli ramka kiritilsa, unlng biror burchakka burilishini ko'rishimiz mumkin. Xo'sh, ramka nima uchun aylanadi? Taqasimon magnit orasiga to'g'ri o'tkazgich o'rniga egiluvchan simdan yasalgan ramka kiritamiz (152-a rasm). O'tkazgich uchlarini tok manbaiga ulan-gan metall «kosacha» ga aylana oladigan qilib kiydirib qo'yamiz. Yasalgan ram-kani 152-b rasmda ko'rsatilgandek, magnit asosi tekisligida joylashtiramiz. Tok manbai ulanganda ramka («b» holat) aylana boshlaydi va dastlabki holatidan 90° burchakka buriladi («d» holat). Agar ramkaning «d» holatiga kehsh momentida tok uzilsa, ramka harakatini davom ettiradi va yana «o» holatni egallaydi. Endi yana tok manbaini ulasak, ramka oldingi kabi aylana boshlaydi. «b» holatdan o'tib «d» holatga kelganida yana ramkani tokdan uzsak, u «a» holatini egallaydi. Demak, ramkaga kela-yotgan tokni «a» ga kelgan momentda qo'shib, «b» ga kelganida uzadigan qilib boshqarsak, ramkani to'xtovsiz aylantirish mumkin ekan. Bu elektr dvigatelining modeli hisoblanadi. Rasmdagi «b» holatda ramkaning chap tomonidagi tok pastga oqadi (bu qismi magnit «chuquri» tomonga siljiydi), o'ng qismidagi tok esa, yuqoriga oqadi (bu qismi tashqariga siljiydi). Agar magnitaing qutbi o'zgartirilsa, tokning qismlardagi yo'nalishi o'zgaradi va ramka teskari yo'nalishda buriladi. Ramkadan qarama-qarshi tok o'tganligi sababli, chap qo'l qoidasiga ko'ra, magnit maydonda joylashgan tokli ramkaga juft kuchlar ta'sir qiladi. Tokli o'tkazgichga magnit maydon tomonidan ta'sir qiluvchi kuch yo'nalishi 153-rasmda keltirilgan. Elektr o'lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi 154-rasmda tasvirlangan zanjirni va qurilmani yig'ib, tokli ramkani magnit maydonga joylashtiraylik. Elektr zanjir ulansa, rarrika buriladi va magnit kuch chiziqlariga perpendikular turib qoladi. Agar tokning yo'nalishi o'zgartirilsa, ramka 180° ga buriladi. Magnit maydonda tokli ramkaning burilishi xossasidan elektr o'lchov asboblarida foydalaniladi. 155-rasmda eng oddiy ampermetrning tuzilishi tasvirlangan. Bunda (1) magnitda (2) qutb uchliklari mahkamlangan. Harakat-lanuvchi qism - ramka (5) aluminiy karkas-dan iborat, unga ingichka mis sim o'ralgan. Ramka qo'zg'almas o'zak (4) atrofida erkin aylana oladi. Ramka o'q (J) ga biriktirilgan. Chulg'am simlarning uchlari (6) zanjirga ulanadi. Ramkaning o'z holicha aylanishiga spiral prujina (7) qarshilik qiladi va zanjirda tok yo'qolganida strelkani muvozanat holatiga qaytaradi. Ramka chulg'amlaridan tok o'tganda, magnit may-don ta'sirida ramka magnit qutblariga perpendikular holatga o'tishga harakat qiladi. Zanjirdagi tok qancha katta bo'lsa, o'qqa mahkamlangan strelka (8) shuncha katta burchakka buriladi. Strelka darajalangan shkala (9) da tok kuchiriing tegishli qiymatini ko'rsatadi. Zanjirdagi tok uzilganda spiral ta'sirida ramka dastlabki holatiga, strelka esa «0» qiymatga qaytadi. Voltmetrning ishlash prinsipi ham ampermetrga o'xshashdir. 156-rasmda tasvirlangan zanjir ulansa, yengil aluminiy naycha qaysi tomonga qarab g'ildiraydi? Javobingizni asoslang. Tok manbai qutblariga ulangan ikkita izolatsiyalangan yoki izolat-siyalanmagan o'tkazgich ustida AB yengil aluminiy naycha ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:02
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:02 ]
Arxiv ichida: ppt