Bitiruvchi sinflarda fizika o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari

Bitiruvchi sinflarda fizika o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Fizika
Bitiruvchi sinflarda fizika o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Bitiruvchi sinflarda fizika o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari Bitiruvchi ya'ni IX- va XII-sinflarda barcha predmetlarni o'qitishda ularga bog'liq bo'lgan o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Birinchidan, IX-sinf o'quvchilarning yosh xususiyatlari ga e'tibor beriladi. Ikkinchidan, olamning ilmiy manzarasini shakllantirishga tegishli umumlashtirish va unga xos bo'lgan mazmunan hamda mantiqan yakunlashuv hisobga olinadi. Uchinchidan, bitiruvchilarning bir qismi o'rta umumiy ta'lim maktablarini bitirib, akademik litsey va kollejlarga, ikkinchi qismi, yo'nalishlar bo'yicha kollej hamda litseyllarni bitirgan o'quvchilar oliy ta'lim muassasalariga kirishlarida olgan bilimlar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Bitiruvchi sinflarga o'ziga xos mazkur xususiyatlar maktab fizika kursiga ham tegishlidir. Shu bilan birga fizika kursiga tegishli yana ikkita o'ziga xoslik mavjuddir. O'rta umumiy ta'lim maktabning bitiruvchilari 6-,7-,8-,9-sinflarda fizikaning turli bo'limlari bilan tanishadi. Albatta, bu davrda o'quvchilar mexanika kursidan to'liqroq ma'lumot oladilar. Shuningdek, o'quvchilar bu paytda kvant nazariyasi bilan ham tanishib, 10 soatga mo'ljallangan Koinot fizikasi deb nomlanuvchi astronomik tushunchalar bilan ham tanishib oladilar. Fizika o'qitishda qayd etilgan o'ziga xosliklar dasturda ma'lum darajada hisobga olingan. Bunda umumlashtiruvchi mashg'ulot va imtihon oldi takrorlash uchun maxsus vaqt ajratilishi nazarda tutiladi. Biroq bular muammoni ma'lum darajada hal etadi, xolos. Bitiruvchi sinfda qayd etilgan o'ziga xosliklarni o'quv jarayoni davomida hal etish uchun o'qituvchining ijodiy ishlashi talab etiladi. Bunda quyidagi metodik usullarni tavsiya etish mumkin: - darslik va qo'shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni kuchaytirish hisobiga o'quvchilarning bilish faoliyatlarini oshirish, o'qitishning faol metodlarini qo'llashi (muammoli o'qitish, seminar, ma'ruza, umumlashtiruvchi ma'ruzalar tashkil etish, referatlar yozish va shu kabilar); - o'rganilayotgan materialni dunyoqarash yo'nalishiga e'tiborni kuchaytirish: falsafiy umumlashtirishlar, ilmiy bilish metodlarini namoyon qilish, olamni o'rganishda nazariya va tajribaning roli, ilmiy nazariyalarning to'g'rilik mezoni va shu kabilar. - olamning tabiiy-ilmiy manzarasini shakllantirishni yakun-lash va bu manzarada fizik bilimlarni yetakchi ekanini aniqlash maqsadida: matematika, astronomiya, kimyo bilan bog'lanishlarni kuchaytirish; - fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishda fizik bilimlar rolini muntazam ravishda ko'rsatib borish; - o'quv materialni umumlashtirish va chuqurlashtirish, fizikaning turli bo'limlari orasidagi ichki bog'lanish hamda g'oya va metodlari generalizatsiyalashni birinchi o'ringa chiqarish maqsadida o'quv materialini muntazam ravishda takrorlashni tashkil etish. Ta'lim jarayonini (shu jumladan fizikani o'qitishni) tashkil etish o'qitishning aniq ijtimoiy-tarixiy sharoitlariga ko'p jihatdan bog'liqdir. XX-asr oxiri XXI-asr boshlarida ta'lim sistemasining muhim masalasi; chuqur bilimli, ilmiy dunyoqarashga ega, ijtimoiy foydali mehnatga qodir va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy taraqqiyot talabi, shuningdek, har bir o'quvchining individual taraqqiyoti amalda fizikadan ixtisoslik tayyorlash muammosini keng darajada hal etishga undaydi. Natijada turli bilimga ega bo'lgan o'quv-chilar uchun fizik ta'lim hajmi va darajasi qat'iy holda tabaqalash-tiriladi. Malaka, ko'nikma va bilimlar yig'indisini shakllantirish o'quv qobiliyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.36 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.36 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga