Bug'-suv qozon ustanovkasining ishini avtomatilashtirish Reja: Bug'- suv qozon ustanovkasining avtomatikasi haqida umumiy tushuncha. Bug'-suv qozon ustanovkasining ishini avtomatlashtirsh. Bug'-suv ustanovkasining ishini avtomatlashtirish. Unumdorligi o'rtacha va yuqori bo'lgan hozorgi zamon qozon agregatlarida sodir bo'ladigan jarayonlar shunchalik tez o'zgarib turadiki, ularni qo'lda boshqarib bo'lmaydi. Hozirgi paytda qozon agregatidagi ko'pchilik jarayonlarni avtomatik boshqarish usullari yaratildi va keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Qozon barabanida suv sathini rostlab turish. Barabanga suv berish butunlay to'xtatilganda suv sathi yuqori chegara holatidan pastki chegara holatgacha taxminan 30 sekund ichida o'zgaradi. Shuning uchun bu yerda bug' va ta'minlash suvining sarfini to'xtovsiz o'zgartiruvchi tez ishlar sath rostlagichlar (regulyatorlar) dan foydalaniladi. Qozon rejimining o'zgarishi natijasida sarflar orasida farq hosil bo'ladi, bu farq o'z navbatida ta'minlash suvini rostlash klapaniga ta'sir etuvchi impuls bo'ladi. Zaruratga qarab suv berish yo kamaytiriladi yo ko'paytiriladi. O'txonada yoqilg'ining yonishini boshqarishi qozondagi bosim, harorat va hosil bo'layotgan bug' miqdori o'zgarmas bo'lishi uchun qozon bug'lanish qismining qizish sirti olgan issiqlik miqdori bilan tegishli parametrdagi bug' hosil qilishga sarflangan issiqlik miqdori bir-biriga mos kelishi kerak. Bu muvofiqlik buzilsa, qozonda hosil bo'layotgan bug' miqdori va uning parametrlari o'zgaradi. Bu muvofiqlikni saqlab turish uchun o'txonaga yoqilg'ining yonishini rostlovchi regulyator o'rnatiladi. Yonish regulyatori yoqilg'i ta'minlagich va puflash ventilyatorlarining yo'naltiruvchi apparatlariga ta'sir etib o'txonaga yoqilg'i va havo berilishini rostlab turadi. O'ta qizigan bug'ning haroratsini rostlash qozonning nagruzkasi, ta'minlash suvining haroratsi, ortiqcha havo koeffitsenti o'zgarganda va suv bug' qizdirgichga otilib tushgan hollarda o'ta qizigan bug'ning haroratsi berilgan qiymatlardan og'ishi ( o'zgarishi ) mumkin. O'ta qizigan bug'ning haroratsi qabul qilingan qiymatlardan ortib ketganda tegishlicha o'rtacha harorat ko'tariladi va bug' qizdirgich, quvuro'kazgichlar hamda bug' turbinasi bazi elementlarining mustahkamligi pasayadi. O'sha qizigan bug'ning haroratsi pasayib ketganda esa bug'-suv ustanovkasining iqtisodiy tejamliligi kamayadi. O'sha qizigan bug'ning haroratsini avtomatik ravishda rostlash uchun purkagichli bug' sovutkichlar o'rnatiladi. Harorat regulyatori bug' qizdirgichning chiqish kollektorlariga o'rnatilgan termoparadan impuls oladi va kondensatni purkash klapanlariga ta'sir ko'rsatadi. O'txonada havoning siyraklashishini rostlash. Istalgan ish rejimlarida o'txonaning yuqori qismida doimo 1-2 mm suv ustuniga teng siyraqlanish bo'lishi kerak. Bu hol yonish mahsulotlarining o'txonadan sizib chiqishiga yo'l qo'ymaydi. Shu maqsadda siyraklashtirish regulyatori o'rnatiladi, u tutun tortkichlarning yo'naltiruvchi apparatlariga ta'sir ko'rsatadi. Qozon suvidagi tuz miqdorini rostlab turish qozon barabaniga tuz o'lchagich o'rnatildi. Uning ishlash prinsipini tarkibidagi tuz miqdorining o'zgarishiga qarab suv elektr o'tkazuvchanligining o'zgarishiga asoslangan. Tuz miqdori o'zgarganida tuz o'lchagich puflash regulyatoriga impuls beradi, u esa puflash klapanlariga avtomatik ta'sir etadi. Qozon agregatining signalizatsiyasi. Barabanli bug' qozonlariga barabandagi suvning chegara sathini, o'ta qizigan bug'ning chegar haroratsini va ta'minlash suvining eng ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.3 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.3 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:03 ]
Arxiv ichida: doc