Bug' turbinalarining kondensatsion qurilmalari Reja: 1. Kondensatorlar 2. Kondensatsion qurilmaning ish tartibi 3. Havo so'ruvchi qurilmalar 1. Kondensatorlar Kondensator deb, bug'ni suv holatiga o'tkazadigan maxsus yopiq holatdagi qurilmaga aytiladi. Bug'ning suv holatiga o'tishi kondensatsiya jarayoni deb ataladi. Bug' turbinasining past bosimli silindrida kengaygan bug' ishini bajarib bo'lgach, kondensatorga o'tadi. Bug' kondensatordagi sovuq quvurlarga o'z issiqligini berib kondensatga aylanishi natijasida uning solishtirma hajmi keskin kamayadi va vakuum hosil bo'ladi. Kondensatorga sovituvchi suv sarfi qanchalik katta bo'lsa, kondensatordagi quvurlar harorati shunchalik past bo'ladi va vakuum shunchalik chuqur bo'ladi. Kondensator silindrsimon kameraga ega bo'lib, bu kameraga quvurlar joylashtirilgan (27rasm). Kondensator qo'llanilishi: ular turbinaning quvvatiga qarab tanlanadi. Kondensatordagi bosim atmosfera bosimidan kichik bo'lganligi sababli bug' turbinasining oxirgi pog'onasida, ya'ni past bosimli silindrda kengaygan bug' chiqish quvurchasi 1 orqali kondensatorga o'tadi. Kondensator 2 sig'imi qismiga o'tishda bug' tarkibidagi kislorod aralashmasi ejektor 5 orqali atmosferaga chiqariladi. 27rasm. Kondensatorning ko'ndalang kesimi: 1kondensator korpusi; 2quvur doskalari; 3kondensator quvurlari; 4 va 5suv kameralari; 6sovituvchi suv kirish quvuri; 7sovituvchi suv chiqishi; 8kondensator kirish quvuri; 9kondensat yiqqich; 10havo so'rish quvurchasi. Kondensatorda suv yuzali sovitish quvuri 3 orqali bug'ni sovitadi. Quvur ichida ta'minot suvi yuzasida suv bug'i yuradi 7. Bug'-havo aralashmasini tinimsiz korpusdan chiqarib turiladi 4. Kondensat nasosi orqali kondensat zaxira idishidan kondensatni past bosimli qizdirgichga uzatadi. Kondensatorda sovituvchi suv kondensatsiya qilinshi vaqtida Tsov1 dan Tsov2 gacha o'zgaradi. Issiqlik almashgichda takrorlanmas harorat o'zgarishi kondensatsiya natijasida yuzaga keladi: Tk = Tsov2 + t. Kondensator issiqlik balansi: Dk (ik ik' ) = DsuvSsuv(Tsov1 Tsov2). Sovituvchi suvni qizdirish va bug'ni kondensatsiya qilish formulasi: Tk = Tsov1+Dk (ik-ik' )( DsuvSsuv)+t = Tsov1 + (ik-ik' ) Ssov m)+t bu yerda: Dk-kondensatordagi bug' sarfi; kgs; Dsuv - sovituvchi suvning sarfi, kgs; ik-ik'-turbinadan keyingi kondensatning entalpiyasi kJkg. Tsov1 va Tsov2-haroratlar oralig'idagi sovituvchi suvnig o'rtacha issiqlik sig'imi kJ(kgºK). m=DsuvDk sovitish karraligi kondensatordagi harorat va bosim sovituvchi suv sovitish karraligiga va kondensatorga oldingi bog'ning namligiga bog'liq farq ik-ik, bu esa issiqlik tushishi t bo'lib qabul kilinadi. 3-5k (ba'zida 10 K) gacha. Tk birligini baholash uchun bog'lanish issiqligini 3-5 kPa deb qabul qilinadi va 2430 kJkg ga teng bo'ladi. Kondensatordan oldingi bug'ning namligi 9 %. Bunda ik-ik=2210 kJkg, sovituvchi suv issiqlik sig'imi Ssuv=4,178 kj (kgK) Tk= (Tsov1+ 529)m + t. m zamonaviy elektr stantsiyalarida 80 marta sovitish karraligiga teng. Odatda, sovitish karraligi 50-60 marta deb chegaralanadi. Turbinada ishlatilgan bug'ning entalpiyasi qanchalik kichik bo'lsa, f.i.k.i shuncha yuqori bo'ladi. SHuning uchun turbinaning yuqori vakuum holatida ishlashi iqtisodiy samara beradi. Chiqish quvurchasida maxsus sovitgichlar, ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
434.97 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
434.97 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:03 ]
Arxiv ichida: doc