Bug' turbinali qurilma

Bug' turbinali qurilma

O'quvchilarga / Fizika
Bug' turbinali qurilma - rasmi

Material tavsifi

Bug' turbinali qurilma Reja: 1. Bug' - kuch qurilmasining nazariy sikli 2. Regenerativ siklli bug' - kuch qurilmasi 3. Binar siklli bug' - kuch qurilmasi 4. Teplofikatsion bug'-kuch qurilmasi 5. Bug' turbinasi. 1. Bug' - kuch qurilmasining nazariy sikli Hozirgi vaqtda elektr energiyasining asosiy qismi (80% ga yaqini) bug' - kuch qurilmalarida ishlab chiqariladi, ularda ish jismi sifatida suyuq va bug' holatdagi suv ishlatiladi. Yoqilg'ining yonishida hosil bo'ladigan issiqlikni mexanikaviy ishga aylantiradigan qurilmalar yig'indisi bug'-kuch qurilmasi deyiladi. Bug'-kuch qurilmalari qozon agregati, bug' turbinasi, kondensator, nasos, elektr generator va boshqa yordamchi uskunalardan tashkil topgan. Bug'-kuch qurilmalarida ishlatiladigan ish jismi - suv bug'i parametrlarining o'zgarishini qarab chiqamiz. Bug'-kuch qurilmalarining nazariy sikli Renkin sikli hisoblanadi (1-rasm). Bunday siklni XIX asrning 50 - yillarida shotlandiyalik muhandis va fizik U.Renkin hamda R.Klauziuslar qariyib bir vaqtda taklif etdilar; odatda bu siklni Renkin sikli deb ataydilar. 1-rasm. Bug'-kuch qurilmasining elementar sxemasi. Bug' qozoni 1ga issiqlik keltiriladi. Qozondagi suv isiydi va to'yingan nam bug'ga aylanadi. Bug' bug' qizdirgich 2 ga o'tadi va yerda belgilangan temperaturagacha qiziydi. Yuqori bosim va temperaturadagi qizdirilgan bug' turbina 3 ga yuboriladi, bu yerda u kengayib ish bajaradi. Mexanik ish generator 4 ning valiga uzatiladi. Ishlab bo'lgan bug' esa turbinadan kondensator 5 ga o'tib u yerda kondensatlanadi. So'ngra kondensat nasosi 6 bilan ta'minlash nasosi 7 kondensatning bosimini berilgan qiymatgacha oshirib, keyingi sikl uchun qozonga uzatib beradi. Renkin sikli to'rtta - ikkita izobarik va ikkita adiabatik jarayondan tarkib topadi. 2 - rasmda Renkin siklining Pv, Ts va hs diagrammalari tasvirlangan. Bu diagrammalarda ordinatadagi 1 va 2 nuqtalar orasidagi masofa turbina bajargan ishga, 2 va 3 nuqtalar orasida ish bajarib bo'lgan bug', o'zidagi qoldiq issiqlikni kondensator - sovitgichga berib kondensatsiyalanadi, 3 va 5 nuqtalar orasida kondensat nasosda siqiladi, 1 va 5 nuqtalar orasidagi masofa siklda bajarilgan issiqlik q1 ga mos keladi. 2 - rasmda Renkin siklining Pv, Ts va hs diagrammasi Siklda ish jismiga, beriladigan issiqlik miqdori (q1) Ts diagrammada a-3-5-4-6-1-v-s yuza bilan tasvirlanadi. Sikldan olinadigan issiqlik (q2) a - 3-2-v-a yuzaga, sikl ishi esa Pv diagrammada 3-5-4-6-1-2-3 yuzaga ekvivalent. Renkin siklida issiqlik berish va olish jarayonlari izobaralar bo'yicha amalga oshirilishi, izobarik jarayonda esa berilgan (olingan) issiqlik miqdori ish jismining jarayon boshi va oxiridagi entalpiyalari ayirmasiga teng bo'lishi tufayli, Renkin sikliga tadbiqan quyidagilarni yozish mumkin: q1=h1-h5 (1) va q2=h2-h3 (2) Bu yerda h1 o'ta qizigan suv bug'ining qozondan chiqishdagi entalpiyasi (p1 bosim va T1 temperaturada); h5 - suvning qozonga kirishdagi, ya'ni nasosdan chiqishdagi entalpiyasi (p1 bosim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 213.86 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 213.86 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga