Bug'latgich Reja: 1. Bug' - kuch qurilmasining nazariy sikli 2. Regenerativ siklli bug' - kuch qurilmasi 3. Binar siklli bug' - kuch qurilmasi 4. Teplofikatsion bug'-kuch qurilmasi 5. Bug' turbinasi. Bug' - kuch qurilmasining nazariy sikli Bug'-kuch qurilmalari qozon agregati, bug' turbinasi, kondensator, nasos, elektr generator va boshqa yordamchi uskunalardan tashkil topgan. Bug'-kuch qurilmalarida ishlatiladigan ish jismi - suv bug'i parametrlarining o'zgarishini qarab chiqamiz. Bug'-kuch qurilmalarining nazariy sikli Renkin sikli hisoblanadi (1-rasm). Bunday siklni XIX asrning 50 - yillarida shotlandiyalik muhandis va fizik U.Renkin hamda R.Klauziuslar qariyib bir vaqtda taklif etdilar; odatda bu siklni Renkin sikli deb ataydilar. Bug'-kuch qurilmasining elementar sxemasi Renkin sikli to'rtta - ikkita izobarik va ikkita adiabatik jarayondan tarkib topadi. 2 - rasmda Renkin siklining Pv, Ts va hs diagrammalari tasvirlangan. Bu diagrammalarda ordinatadagi 1 va 2 nuqtalar orasidagi masofa turbina bajargan ishga, 2 va 3 nuqtalar orasida ish bajarib bo'lgan bug', o'zidagi qoldiq issiqlikni kondensator - sovitgichga berib kondensatsiyalanadi, 3 va 5 nuqtalar orasida kondensat nasosda siqiladi, 1 va 5 nuqtalar orasidagi masofa siklda bajarilgan issiqlik q1 ga mos keladi. rasmda Renkin siklining Pv, Ts va hs diagrammasi Namligi yuqori bo'lgan bug' turbina parraklarini tez ishdan chiqaradi. Namlikning yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan me'yordan (10% gacha) ortib ketmasligi uchun bug' oraliq bosqichda qizdiriladi. Bug' turbinada qisman kengaygandan keyin bug' qizdirgichga beriladi, bu yerda u qaytadan o'ta qizigan bug' holatiga o'tdi. Shundan keyin u bug' turbinaning oxirgi bosqichlariga yuboriladi. Bug'ni oraliq bosqichda qizdirish termik F.I.K. ni qisman ko'payishiga va turbina parraklari ishlash muddatining uzayishiga olib keladi.3- rasmda bug'ni oraliq bosqichda qizdirishning oddiy sxemasi keltirilgan. Bug'ni oraliq bosqichda qizdiriladigan bug'-kuch qurilmasining sxemasi Regenerativ siklli bug' - kuch qurilmasi Isiqlik texnikasida regeneratsiya so'zi chiqib ketayotgan issiqlikning bir qismini issiqlik qurilmasida yana ishlatish uchun qaytarish ma'nosini bildiradi. Kondensatordan qozonga o'tadigan kondensatni isitish, ta'minlash suvini regenerativ isitish deyiladi. 4-rasmda ta'minlash suvi regenerativ isitiladigan bug'-kuch qurilmasining sxemasi va uning hS diagrammasi keltirilgan. Binar siklli bug' - kuch qurilmasi Bug' - kuch qurilmasida ishchi jism sifatida suvning jiddiy kamchiligi shundan iboratki, suvning kritik temperaturasi nisbatan katta bo'lmagan holda (tkr=374,150 S), kritik bosimi ancha yuqoridir (pkr=221,15 bar). Teplofikatsion bug'-kuch qurilmasi Issiqlik elektr stantsiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida juda ko'p issiqlik miqdori kondensatorda sovituvchi suvga beriladi va shunday qilib, foydasiz yo'qoladi. Ma'lumki, ishlab chiqarish va turmush ehtiyojlari uchun issiqlik issiq suv va bug' ko'rinishida har xil turdagi texnologik jarayonlarda binolarni isitish, hamda issiq suv bilan ta'minlashda juda ko'p miqdorda iste'mol qilinadi Bug' turbinasi Bug'ning ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
133.15 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:03
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
133.15 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:03 ]
Arxiv ichida: ppt