Bug'latish jarayoni

Bug'latish jarayoni

O'quvchilarga / Fizika
Bug'latish jarayoni - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:Bug'latish jarayoni Reja: Jarayon haqida tushuncha Bug'latish jarayonini amalga oshirilishi Ko'p korpusli bug'latish qurilmalarining tuzilishi Uchuvchan bo'lmagan moddalar eritmalarini uning tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo'li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug'latish deb yuritiladi. Agar bug'lanish jarayoni qaynash haroratidan past haroratda suyuqlikning yuzasida ro'y bersa, bug'latish jarayonida esa bug' eritmaning butun hajmidan ajralib chiqadi. Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalari, ayrim mineral va organik kislotalar, ko'p atomli spirtlar hamda shu kabi bir qator suyuq eritmalar bug'latiladi. Ba'zan bug'latish yordamida toza erituvchilar ham olinadi. Bug'latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug'i ishlatiladi, bunday bug' birlamchi bug' deb yuritiladi. qaynayotgan eritmani bug'latish paytida hosil bo'lgan bug' ikkilamchi bug' deb ataladi. Eritmani bug'latish uchun zarur bo'lgan issiqlik miqdori devor orqali beriladi. Markaziy sirkulyasiya trubasi bo'lgan uzluksiz ishlaydigan bug'latish qurilmasining ishlash prinsipini ko'rib chiqamiz (1-rasm). Qurilma asosan isitish kamerasi va separatordan iborat. 1-rasmda tasvirlangan sxemada isitish kamerasi va separator bitta korpusda joy­lashgan. Isitish kamerasi separatordan alohida joylashgan bo'lishi ham mumkin. Bunda isitish kamerasi va separator truba orqali birlashgan bo'ladi. Kamera odatda to'yingan suv bug'i bilan isitiladi. Bug' trubalar tashqarisidagi bo'shliqqa kiradi, bu yerda kondensasiyalanish jarayoni yuz beradi va ajralib chiqqan issiqlik truba devorlari orqali eritmaga beriladi. Hosil bo'lgan kondensat kameraning pastki qismida joylashgan patrub­ka orqali tashqariga chiqariladi. 1-rasm. Markaziy sirkulyasiya trubasi bo'lgan bug'latish qurilmasi; 1-isitish kamerasi; 2-separator; 3-isitish trubalari; 4-sirkulyasiya trubasi; Bug'latilayotgan eritma isitish trubalari orqali yuqoriga ko'tariladi, bunda eritma qaynaydi, natijada ikkilamchi bug' hosil bo'ladi. Separatorda bug' suyuqlikdan ajratiladi. Suyuqlik tomchilaridan ajralgan ikkilamchi bug' separatorning yuqorigi qismidan tashqariga chiqariladi. Suyuqlikning bir qismi markaziy sirkulyasiya trubasi orqali qurilmaning pastki qismiga tushadi. Markaziy trubadagi suyuqlik eritma va isitish trubalari ichidagi bug'- suyuqlik emulsiyasi zichliklari o'rtasidagi farq ta'sirida uzluksiz ravishda sirkulyasiya bo'lib turadi. quyuqlashtirilgan eritma qurilmaning pastki qismida joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi. Ayrim bug'latish qurilmalarida markaziy sirkulyasiya trubasi bo'lmaydi. Bug'latish jarayoni vakuum ostida olib borilsa, ikkilamchi bug' vakuum-nasos yordamida kondensatorga so'rib turiladi. Sanoatda asosan bir xil yo'nalishli qurilmalar ishlatiladi. (2-rasm), chunki bunday qurilmalar eng tejamli hisoblanadi. Bunday qurilmalarda kichik parametrli suv bug'idan foydalanish mumkin. Ayrim vaqtda qurilmaning birinchi korpusini isitish uchun bug' turbinalarida ishlatilib bo'lingan suv bug'idan foydalansa bo'ladi. 2-rasm. Bir xil yo'nalishli uchta korpusdan iborat bug'latish qurilmasi. 1, 2, 3-bug'latish qurilmalari; 4-isitkich; 5-barometrik kondensator; 6-tomchi ushlagich; 7-vakuum-nasos. Ko'p korpusli bug'latish qurilmasida korpuslarning soni ortib borishi bilan suvni bug'latish uchun zarur bo'lgan isituvchi bug'ning sarfi kamayib boradi. Biroq, korpuslar sonining ortishi bilan haroralarning yo'qotilishi ko'payadi. Issiqlik o'tkazish jarayonining yaxshi ketishi uchun har ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 90.36 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 90.36 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga