Buralish - rasmi

Material tavsifi

Buralish Reja: 1. Buralish deformatsiyasi haqida tushuncha. 2. Burovchi moment va uni valning quvvati va aylanishlar soni bilan bog'lanishi 3. silindrik sterjenlarning buralishidan hosil bo'lgan kuchlanish va deformatsiya 4. Buralishga ishlayotgan dumalok Agar bir uchi bilan kistirilgan silindrik sterjenning ikkinchi erkin uchiga , sterjen geometrik ukiga tik tekislikda yotuvchi juft kuch ta'sir ettirilsa , sterjenning erkin uchi kistirilgan uchiga nisbatan buraladi. Demak buralish deformatsiyasi sodir bo'ladi. (2,27-shakl , a,b). Buralish natijasida sterjen sirtida olingan , sterjen ukiga parallel a v chiziі , buralish natijasida a, v1 vaziyatini olib , erkin uchini j burchakka buralganini kursatadi. Shu j burchagiga buralish burchagi deyiladi. Bunga miol tarikasida gaykaga rezba ochish operatsiyasini eslash kifoya. Metchikning vorotokka tik , kuzgalmas qilib , biriktirib rezba ochilsa , rezba tishining vorotokka kursatgan qarshiligi bir tomondan , u qarshilikni engib aylantiruvchi kul kuchi ikkinchi tomondan, qarama-qarshi aylanma kuch tashkil qilib , metchikning sterjen kismini buraydi va xatto sindirib yuboradi xam . Demak , sterjen ikki uchidan uch kirkim tekisliklarida yotuvchi qarama-qarshi yo'nalishdagi juft kuchlar ta'siridan xam buralar ekan. (2,27-shakl , b). Nazariy mexanikadan malum juft kuchlarda kuchning elkaga kupaytmasiga moment deyiladi va M xarfi bilan belgilanadi.(M=rh). Shularni etiborga olib juft kuch ta'sirida buraladi deganda uning momentini tushunmok kerak.( 2,27-shakl , b), yani moment ta'sirida buraladi. Buralishga ishlayotgan sterjenlar tekis aylana harakatda yoki tinch holatda turganlarida , tashqi burovchi momentlar ta'siridan muvozanatda buladilar.SMx=0; -M1+M2=0 Buralish deformatsiyasida xam , siqilish va chuzilish deformatsiyasidagi singari ichki kuch , kuchlanish va deformatsiya qiymatlari , kesish metodi va Guk qonuni asosida aniklanadi. Sterjenning deformatsiyasi materiallarning elastiklik chegarasida tekshiriladi. Buralish deformatsiyasiga ishlaydigan silindrik sterjenga val deyiladi. Buralishdan hosil bo'lgan ichki burovchi moment kirkim tekisligida yotib, tashqi tomon yo'nalishiga teskari yo'nalishda aylana harakatda bo'ladi. (2,28-shakl , a) tashqi va ichki momentlarni bir-biridan farq qilish uchun, tashqi momentni M xarfi bilan , ichki momentni Mb (ichki burovchi moment) bilan belgilaymiz. Bizga malum, siqilish deformatsiyasidagi ichki kuch kundalang kesim yuzaga tik yo'nalishda ta'sir etadi. (2 ,28-shakl , b) Yuzaning shu kuchni ko'tarishini xarakterlasak , yuza nuqtalaridan xam kuch yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalishdagi , fikran vektor chiziqlarni chiqarishimiz mumkin (yuza vektorli qiymat emas). Demak yuza kuchni ko'tarish uchun xizmat qiladi . Xuddi shu uxshatishni burovchi moment yo'nalishida doira yuza qarshiligini xarakterlasak , yuza nuqtalari doira markaziga nisbatan aylanma harakatda bo'lishini kuraiz. (2,28-shakl, v). Bu aylanma harakatda qarshilik kursatuvchi yuzaga buralishdagi qarshilik momenti deyiladi. Demak bu xildagi yuzalarni bilmasdan turib , buralish deformatsiyasini o'rganish qiyin. Burovchi moment va uni valning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.15 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.15 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga