Burchak o'lchamlari va konusli bog'lanishlar Reja: Burchak o'lchamlari va ulardagi dopusklar. Konussimon birikmalardagi dopusklar va o'tqazishlar. Burchaklarni kontrol qilish metodlari va vositalari. Konuslarni kontrol qilishdagi bilvosita metodlar. Kalibrlar bilan konuslarni kontrol qilish. Burchakning o'lchov birligi. Burchakning o'lchov birligi gradusdan iborat bo'lib, u aylananing uch yuz oltmishdan bir (1360) bo'lagiga teng. Gradus o belgi bilan belgilanadi va 60 minutga bo'linadi , minut esa 60 sekundga bo'linadi. Minut va sekund mos ravishda ' va '' tarzida belgilanadi (masalan., 60 sekund 60''bilan belgilanadi). Burchaklarni o'lchashda ko'p yoqli prizmalar etalon bo'lib xizmat qiladi. Burchaklari yuqori aniqlikda bajarilgan har xil (6 yoqli, 8 yoqli, 12 yoqli) ko'pyoqlar ko'rinishidagi namunaviy o'lchovlar shu ko'pyoqli prizmalarga taqqoslab tekshiriladi. xalqaro birliklar sistemasi SI da burchaklarni o'lchashning qo'shimcha biriligi sifatida radian belgilangan. Radian deganda doiraning ikki radiusi orasidagi burchak tushuniladi, ular orasidagi yoyning uzunligi radiusga teng. Bir gradus rad ga teng., bir radian esa 57o17'44,8''. Radian qo'shimcha birlik bo'lib, bevosita burchaklarni o'lchash uchun o'rgatilgan bo'lmay, asosan SI da nazarda tutilgan qator hosilaviy birliklarni hosil qilish uchun o'rnatilgan. Normal burchaklar. Gradus, minut, sekundlarda ifodalangan burchak o'lchovlari detallarning chizmalarida ko'p tarqatilgan. Turli burchaklarning nominal qiymatlari sonini kamaytirish maqsadida GOST 8909-59 ga muvofiq detallarda burchaklarning uch qator nominal qiymatlari qo'llaniladi. Buni «normal burchaklar» deb ataladi. Birinchi qatorga quyidagi burchaklar kiradi: 0o; 15 o; 30 o; 45 o; 60 o; 90 o; 120 o. Bu burchaklarning qiymatini birinchi navbatda ishlatish kerak. 3-qatorga nisbatan bazi afzalliklarga ega bo'lgan 2-qator burchaklar 1-qatorning hamma burchaklarini va qo'shimcha ravishda quyidagi burchaklarni o'z ichiga oladi: 30'; 1o; 2 o ; 3 o ; 8 o; 10 o; 20 o va 75 o . Uchinchi qatorga birinchi va ikkinchi qatorning hamma burchaklari va quyidagi qo'shimcha burchaklar kiradi.: 15'; 45'; 1o30'; 4 o; 6 o;7 o; 9 o; 12 o; 18 o; 22 o; 25 o; 35 o; 40 o; 50 o; 55 o; 65 o; 70 o; 80 o; 85 o; 100 o; 110 o; 135 o; 150 o; 180 o; 270 o; 360 o . 3-qatorning qo'shimcha burchaklari qiymatini zarur bo'lgan hollardagina ishlatish tavsiya etiladi. Burchak o'lchamlariga tegishli dopusklar. Burchak o'lchamlariga doir standartlarda 10 xil: 1,2,3 va x.k. 10 gacha aniqlikdagi burchaklarga tegishli (aniqlikning kamayish tartibida) dopusklar ham ko'rsatilgan. Har bir aniqlik darajasi uchun chegaraviy og'ishlar nazarda tutilgan. Bular ishorali burchaklar kattaligida berilgan. Aniqlik darajalarida burchak kichik tomoni yoki konus yasovchisining uzunligi L intervalining chetki qiymatlari uchun yana chiziqli kattaliklarida (mikrometrlarda) belgilanadigan chetlashishlar ham nazarda tutilgan. Burchak dopuski burchak ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
122.28 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
122.28 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:03 ]
Arxiv ichida: doc