Burg'ilash ishlaridagi fan va texnika yutuqlari. Burg'ilash ishlarining vazifalari

Burg'ilash ishlaridagi fan va texnika yutuqlari. Burg'ilash ishlarining vazifalari

O'quvchilarga / Fizika
Burg'ilash ishlaridagi fan va texnika yutuqlari. Burg'ilash ishlarining vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Burg'ilash ishlaridagi fan va texnika yutuqlari. Burg'ilash ishlarining vazifalari Reja: Quduqlarni qurish asoslari. Burg'ilash texnika va texnologiyalarining rivojlanishi tarixi Quduqlarni muvaffaqiyatli qazishda qo'llaniladigan asosiy hola Neft va gaz quduqlarini burg'ilash usullari. Tayanch iboralar: quduq, burg'ilash usullari, yangi quduqlarni ochilishi, tayanch, parmetr, strukturaviy, izlov, qidiruv, ishlatish, baholash, haydash, kuzatish, maxsus. Quduqlarni qurish asoslari. Kirish. Neft va gaz sanoatini rivojlantirish, takomillashuvi, yangi texnologiyalarni joriy qilish sanoat rivojining hamma tizimlariga o'z ta'sirini o'tkazadi. Hozirgi kunda neft va gaz quduqlarini qurish, mahsuldor qatlamlarni ochish, ulardan samarali foydalanish, zamonaviy burg'ilash va qurilish texnologiyalarni joriy qilish hamda qo'llash masalalari bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Qurilish ishlarini bajarishda burg'ilash uskunalarining avariya holatlarini sodir bo'lishi, qisilib qolishi, tushirish-ko'tarish jarayonlarida uskunalarni sinishi, uzilib ketishi, quduq tubiga tushib ketishi, quduq ustunini qisqarishi, tarnov hosil bo'lishi, quduqlarni egrilanishi va shunga o'xshash bir qator qiyinchiliklar uchraydi. Qurilish ishlarin bajarishda minoralar, eritmalarni xaydovchi nasoslar, tsementlash jarayonini amalga oshiruvchi, eritmalarni tozalovchi qurilmalar va tebratish g'alviridan foydalanishga to'g'ri keladi. Bu jarayonni boshqarish mutaxassisdan chuqur bilim talab etadi. Neft va gaz quduqlari qurilishi asoslari deganda faqatgina qurilish ishlari jarayoni emas balkim, unda qo'llaniladigan texnika va texnologiyalar, uskunalar va jihozlar majmuasi tushiniladi. Quduqlarni qurilishi, burg'ilash maydonini tanlash, burg'ilash jihozlarini montaj qilish, demontaj qilish, tashib keltirish, foydalanilgan erlarni o'zlashtirish va ishlatishga topshirishgacha bo'lgan jarayonlarni o'z ichiga oladi. 1. tayyorlov ishlari, burg'ilash jihozlarini montaj qilish (burg'ilash maydonini tekislash, yo'llar qurish, suv quvurlari o'rnatish, elektr va telifon tarmog'ini o'tkazish); 2. quduqlarni burg'ilash ishlariga tayyorgarlik; 3. burg'ilash jihozlarini montaj qilish, poydevor qurish, jihozlar blokini o'rnatish, minorani o'rnatish, sig'im idishlarini joylashtirish, xizmat qiluvchi bloklarni o'rnatish; 4. quduqni burg'ilash devorlarini mustahkamlash va mustahkamlash tizmasini o'rnatish, qatlamlarni ochish; 5. mahsuldor qatlamlarni mustahkamlash, sinash, o'zlashtirish va ishlatishga topshirish; 6. demontaj ishlarini amalga oshirish; 7. jihozlarni yangi joyga ko'chirish. Burg'ilash texnika va texnologiyalarining rivojlanishi tarixi. Quldorchilik jamiyatida neftdan va tabiiy bitumlardan foydalanish kengaydi. Neftdan faqat davolanish vositalari sifatida emas, balkim yoritish materiallari va qurilish maqsadlarida ham foydalanila boshladi. Devorlarni qurishda ishlatiladigan g'isht va galkalarni pishirishda bitumdan foydalanishdi. Neftdan foydalanish chegarasi quldorlik davrida kengayishi bilan qazib chiqarish texnikasini mukammallashtirish ishlari boshlanib ketdi. Neft chiqadigan joylardan uni yig'ib ishlatish ehtiyoj talablariga javob bermay qoldi. Chuqur yoki kovlanma sifatida neftni qazib chiqarish usullaridan foydalanish boshlandi. Qazilma (kopanka) uncha chuqur bo'lmagan (2 metr chuqurlikkacha) chuqurdan iborat bo'lib, devorlar og'nab ketmasligi uchun atrofi chetan devor bilan o'ralgan. Neft chuqurga tuproqdan sizib chiqib to'plangan. Feodal tizimi davrida savdo-sotiq munosabatlarining taraqqiy etishi natijasida sanoatni tarmoqlari bilan birgalikda neft ham qazib chiqarish ham rivojlandi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.28 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.28 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga