Burg'ini aylantiruvchi mexanizmlar

Burg'ini aylantiruvchi mexanizmlar

O'quvchilarga / Fizika
Burg'ini aylantiruvchi mexanizmlar - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Burg'ini aylantiruvchi mexanizmlar. Reja: 1. Rotor yordamida quduqlarni burg'ilash . 2. Quduq tubi dvigatellarining sinfi . 3. Turbinali burg'ilash jarayonida burg'ini aylantiruvchi asbob-uskunalar. 4. Bir, ikki va uch bо'lakli turboburlar . 5. TS - turidagi ikki seksiyali va ZTS - turidagi uch seksiyali turboburlar. 6. Vintli quduq tubi dvigatellarining tavsifi. 7. Elektroburlar. 8. Burg'ilash tizimining tok keltirish sxemasi. 9. Gorizontal quduqlarni turbinali burg'ilash. 1. Rotor yordamida quduqlarni burg'ilash. Rotor-burg'ilash jarayonida quvurlar birikmasiga aylanma harakatni uzatadi, tushirish-kо'tarish operatsiyasida ularni og'irligi bо'yicha tutib turadi va boshqa qо'shimcha ishlarni bajarishga mо'ljallangan mashinadir. Rotor burg'ilash jarayonida burg'ilash tizmasini 30-300 aylmin tezlik bilan aylantirish uchun xizmat qiladi va tizmaning reaktiv burash momentini qabul qiladi (5.1-rasm). Burg'ilash yoki mustahkamlash quvuri og'irligini kо'tarib turadi. Burg'ilash quvurlari birikmasini ajratib olishda yoki kо'tarish-tushirish jarayonlarida tutish va boshqa ishlarni amalga oshiradi. 5.1-rasm. Rotor: 1-stanina; 2- stol; 3-qisqichlar; 4-qо'yma; 5-g'ilof; 6-val Rotor stanina (1) ichki bо'shlig'idaga podshipnikga о'rnatilgan tishli gardish (2), bir tomondan val (6) va ikkinchi tomondan konussimon shesternya, tashqi rifel yuzasidagi g'ilof (5), ich qо'yma (4) va yetakchi quvurlarni qisqichlaridan (3) tuzilgan. Rotor ishlayotgan vaqtda chig'irdan aylanma harakatni zanjirli yuritma yordamida valga va qisqich bilan rotorga qisilgan yetakchi quvurlarga ilgarilanma harakatni uzatadi. Kuch yuritmasi chig'irni, burg'ilash nasoslarini va rotorni energiya bilan ta'minlaydi. Burg'ilash qurilmasining kuch yuritmasi dizelli, elektrik, dizel-elektrik va dizel-gidravlik bо'ladi. Dizel yuritma talab qilingan quvvatdagi elektr energiya mavjud bо'lmagan joylarda burg'ilashda qо'llaniladi. Elektrik yuritmani montaj qilish sodda, ishlatish oson, yuqori ishonchlilikga va iqtisodiy samaraga ega. Dizel-elektrik yuritma dizel yordamida, generotorni aylantiradi, manba о'z navbatida elektrdvigatel hisoblanadi. Dizel-gidravlik yuritma ichki yonuvchi dvigatel va quvur yuritmadan tuzilgan. Burg'ilash qurilmasining kuch yuritmasi umumiy quvvati 100 kVt dan 4500 kVt gacha, ya'ni burg'ilash nasoslari va rotor yuritmalaridan taqsimlanadi. Quduqlarni burg'ilashda pо'lat burg'ilash quvurlari qо'llaniladi, ular ichki va tashqi kirgizmali, uchlariga ulanmalar payvandlangan, blokirovkali belbog'li, barqarorlashtiruvchi belbog'li hamda yengil qо'yma burg'ilash (YEQBQ) quvurlari turlarida bо'ladi. Burg'ilash quvurlari uglerodli va legirlangan pо'latlardan tayyorlanadi. Burg'ilash quvurlari ichki va tashqi uchlariga kirgizilgan quvurlarning diametri 102 mm. gacha va undan katta diametrlarda, uzunligi 11,5 metr va undan uzun о'lchamlarda ishlab chiqariladi. Uzunligi 6 m quvurlar mufta bilan jamlanadi, uzunligi 8 va 11,5 metr uzunlikdagi quvurlar esa muftasiz keltiriladi. Burg'ilash quvurlarini ulashda burg'ilash qulflari qо'llaniladi. ZN- normal о'tish teshikli qulflar ichki uchiga kirgizilgan burg'ilash quvurlarini biriktirishda, ZU qulfi esa tashqi uchiga kirgizilgan burg'ilash quvurlarini birlashtirishda qо'llaniladi. Burg'ilash quvurlarining tashqi diametri 60, 73, 89, 102, 114, 127, 140 va 169 mm li, qalinligi 7 mm dan 11 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.52 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.52 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga