Butun olam tortishish qonuni. Tabiatdagi fundamental kuchlar

Butun olam tortishish qonuni. Tabiatdagi fundamental kuchlar

O'quvchilarga / Fizika
Butun olam tortishish qonuni. Tabiatdagi fundamental kuchlar - rasmi

Material tavsifi

Butun olam tortishish qonuni. Tabiatdagi fundamental kuchlar Reja I. Kirish II.Asosiy qism 1.Butun olam tortishish qonuni 2.Kuchli o'zaro ta'sir 3.Elektromagnit o'zaro ta'sir 4.Kuchsiz o'zaro ta'sir 5.Gravitatsion o'zaro ta'sir II.Xulosa Bizni o'rab turgan olam bepayon va xilma-xildir.Bu olamdagi -tabiatdagi har bir hodisa fazo va vaqtda voqiylikka aylanadi.Tabiatdagi hodisalar xilma-xil bo'lib,ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunadi.Tabiat hodisalarini va qonunlarini o'rganish qadimdan boshlangan. Tabiat sirlarini o'rganish asosida insoniyat o'zining turmush sharoitini,yashash imkoniyatlarini yahshilab bordi. Natijada tabiat sirlarini o'rganish kundalik ehtiyojga aylandi. XVII asrlardagi tajribalar va kuzatishlar harakat kuchlar ta'sir qilgandagina vujudga kelishi va yo'qolishini ko'rsatardi. Shuning uchun ham harakatni vujudga keltiruvchi va ularni boshqaruvchi sabab bu kuchdir degan tasavvur vujudga keldi va u Nyutondan keyin hukmron bo'lib qoldi. Faqatgina keyingi asrlardagina kuchlar tashqi ko'rinishidangina harakatning sababchisidek bo'lib tuyilishi va aslida esa harakatni faqat harakatgina vujudga keltira olishi asta-sekin ma'lum bo'la boshladi. XVII asrlarda kuch qanday tabiatga ega va u qanday paydo bo'ladi degan savollar qo'yilmagan. Lekin har bir tabiat hodisasi ma'lum qonuniyat asosida ro'y berishi ma'lum bo'lgan. Buni buyuk bobomiz Abu Ali Ibn Sino Mo'jizaga duch kelganingda uni rad etmoqqa oshiqma.Uni izohlab beruvchi tabiatning o'z qonunlari bor. Gravitatsiya gravitas-lotincha og'irlik so'zidan olingan.Kuch ularni birlashtiruvchi to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgan.Aniqrog'i tortuvchi jismdan tortiluvchi jism tomon yo'nalgandir. Gravitatsiya doimiysini 1798-yil ingliz olimi Kevendish tajribada aniqlagan.U kuchni aniqlash uchun juda sezgir bo'lgan burama tarozi usulidan foyalandi.Ikkita bir xil massali (har birini massasi 729 gramm) qo'rg'oshin sharcha gorizontal shaynga o'rnatilgan bo'lib,u har biri 158 kg dan iborat ikkinchi shayn hosil qiluvchi qo'rg'oshin sharlar yoniga elastik ip yordamida osilgan. M, m sharlar oralig'ini o'zgartirish bilan elastik ipning burilishiga ko'ra ular orasidagi o'zaro ta'sirni baholash mumkin.Kevendish ipni buralish burchagiga qarab sharlarni o'zaro ta'sirlarini aniqladi.Kevendish tomonidan hisoblab chiqarilgan gravitatsiya doimiysining qiymati undan keyin o'tkazilgan tajribalar vaqtida olingan qiymatidan faqat 1% ga farq qildi xolos. Agar ikki zarra bir-biridan 1,5 fermi masofa uzoqlikda bo'lsa, ularning o'zaro patensial energiyasi U=0, ya'ni ular o'rtasida o'zaro bog'lovchi kuch yo'q. Zarralar bir-birlariga yaqinlashishi bilan ular o'rtasidagi tortishish kuchu orta boshlaydi va natijada o'zaro patensial energiyasining algebraik qiymati kamayadi , 0,5 fermiga yaqin masofadan boshlab yana o'zaro itarishish kuchi vujudga keladi . Elektromagnit o'zaro ta'sir jarayonini Feyman diagrammasi orqali grafik ravishda tasvirlash mumkin. Diagrammaning A tugundagi electron foton chiqarib, yangi holatga o'tadi. B uchida esa shu foton ikkinchi elektronda yutilib, uchunchi holatga o'zgaradi. Mikrodunyo zarrachalar olamida u yoki bu hodisalarning davomiyligi asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Zarrachalarda bo'ladigan xarakterli jarayonlar kuchli o'zaro ta'sir ostida 10 -23; 10 -24 sek vaqt davom etsa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 608.21 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 608.21 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga