Chuzilishni eksperimental tekshirish Reja: 1. Materiallarni statik nagruzka ta'sirida tekshirishdan olingan xarakteristikalari. 2. Siqilishni eksperemental tekshirish. Buning uchun silindrik yoki prizmatik shakldi namuna tayyorlanadi. Namunaning uzunligi diametr bilan kuyidagicha bog'lanishda bo'lishi kerak.l=10d yoki (l=5d). l = 100+200 mm - hisob uzunligi. Yassi namuna. Bunda yassi namuna, silindrik namuna razmerlariga fikran keltirib olinadi. Tekis namunaning kundalang kesim yuzi F bulsa, shunga teng yuzali doiraviy namuna kundalang kesimining diametri kuyidagicha aniklanadi. Bu turdagi namunaning ishchi uzunligi bilan kesim razmer bog'lanishi kuyidagicha bo'ladi. Materiallarning chuzilishini eksperimental tekshirish universal uzuvchi mashinalarda bajariladi. ¥ozirgi zamon konstruktorlari bunday sinash ishlarini olib borish uchun kam quvvatli mashinalardan (maktab gidravlik pressi) tortib ko'p quvvatli (100 tonnaga qadar) richagli va gidravlik mashinalarga ega. Oddiy richagli universal uzuvchi mashinaning ishlash sxemasi (2,5 - shakl) da berilgan. 1 - chervyakli mexanizm, 2 - kuch beruvchi vint, 3 - namuna, 4, 5, 6 - richaglar, 7 - muvozunatlovchi yuk, 8 - manometr, 9 - strelkali kalam, 10 - diagramma chizish barabani, 11 - barabanni, chuzilish deformatsiyasiga proportsional ravishda aylantiruvchi blok, 12 - pastki va yuqorigi kiskichlar. Namunali sinash. Namuna (3) pastki va yuqorigi (12) kiskichlarga kisilib, sungra chervyakli mexanizm (1) yordamida kuch beruvchi vint (2) buylab sekin asta usuvchi statik kuch bera boshlanadi. Kuch 4, 5, 6 richaglar orqali muvozanatlovchi yuk (7) ni harakatga keltiradi. Yukning ogishi natijasida strelkali kalam (9) urnatilgan reyka ungra surilib manometr (8) ni harakatga keltiradi va chuzilish kuchi aniklanadi. Namunaning chuzilish qiymati esa pastki kiskichga maxkamlangan yukli ip baraban blokini (11) aylantirishi bilan aniklanadi. Barabanning aylanishi chuzilish deformatsiyasini kursatsa, reykaga maxkamlangan uchli kalamning surilishi namunaga ta'sir qilayotgan kuchni miqdorini kursatadi va ularning bog'lanish diagrammasini baraban sirtiga uralgan qog'ozga yozib koldiradi. Bunday grafikka chuzilishdagi shartli kuchlanish diagrammasi deyiladi, buning shartli diagramma deyilishiga sabab shuki, diagramma chizishda namuna kundalang kesim yuzining o'zgarishi kuchlanishlarni aniklashda hisobga olinmaydi. Plastik materialning (St. 3 markali pulat) chuzilish diagrammasi 2,16 - shaklda berilagn. Diagramma OAVSDK grafigi shaklida yuqorida keltirilgan sinovchi mashinalar yordamida chizib olingan bo'lib, u materialning elastik deformatsiyasidan tortib, to uzulgunga qadar xossasining o'zgarishini xarakterlaydi. Grafikdagi OA to'g'ri chiziq kesmasi kuch bilan absolyut chuzilish orasida to'g'ri proportsionallik qonuni borligini kursatadi, bu chiziq Guk qonunining grafik ifodasidir. Bu to'g'ri proportsionallik bog'lanishning chegarasi yumshoq pulat uchun 200 nmm2 gacha boradi. A nuqtadagi kuchlanishga materialning proportsionallik chegarasi deyiladi. St. 3 markali pulat uchun: sn=»200NMM2 Bu chegaradan salgina yuqorida elastik chegarasiga tegishli V nuqta yotadi. Bu nuqtaga tegishli normal kuchlanish elastik chegarasi deb ataladi va kuyidagicha belgilanadi: ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:49:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.88 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:49 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.88 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:04 ]
Arxiv ichida: doc