Dastgohlar va texnologik agregatlarni avtomat boshqarish tizimi Reja: 1. Boshqaruvning oddiy buyruqli tizimi qanday tasniflanadi? Detallarga ishlov berish jarayoni qanday nazorat qilinadi? Raqamli dasturlar qanday boshqariladi? ma'ruza rejasi: boshqaruv yuritma mushtchali boshqaruv tizimi, boshqaruvning oddiy buyruqli tizimi, ketma - ket ta'sirli oddiy buyruq tizimli boshqaruv, boshqaruvning kuzatuv buyruq tizimi, faol nazoratli boshqaruv tizimi, boshqaruvning raqamli dasturli tizimlari kuzatiladi. Kalitli so'zlar: elektrik, pnevmatik, gidravlik ijrochi mexanizmlar, Perfolenta, magnit tasmasi, foto tasma, perfokarta, magnit baraban. Boshqaruv buyruqlarini avtomatlashda kuchni inson o'rniga maxsus tizim (boshqaruv mexanizmi )beradi. Avtomat boshqaruv tizimlarini quyidagi asosiy turlarga bo'lish mumkin. buyruq - yuritma mushtchali boshqaruv tizimi; oddiy buyruq boshqaruv tizimi; oddiy buyruq boshqaruvi ketma - ket ta'sirli; kuzatuvchi buyruq beruvchi tizim; faol nazoratli boshqaruv tizimi; raqamli dasturli boshqaruv tizimi. Avtomat boshqarish tizimlari haqida to'g'ri tasavvurga ega bo'lish uchun mexanizatsiyalashgan ijrochi organning funksional sxemasi bilan tanishish kerak (1 - rasm). 1 - rasm. Yuritmaning tipik uzellari D - dvigatel (harakatlanish manbai, elektrodvigatel, pnevmodvigatel); T - transmissiya - ijrochi organga harakatni uzatib beradi; U - barcha elementlar, ularning yordamida yuritmaning ulanishi, kerakli yo'nalishda va harakatlanish tezligi, tormozlanish, yuritmaning uzilishi ta'minlanadi. IO - ishlov berilayotgan detal yoki keso'vchi asbobni olib yuruvchi ijrochi organ; KU - inson tomonidan beriladigan boshqaruv buyrug'i. Yo'g'on strelkalar bilan yuritma elementlari katta quvvat kuch uzatishi ko'rsatilgan. Inson boshqaruv buyruqlarini dasta yoki boshqaruv tugmachalari orqali beradi. Buyruq yuritma mushtchali boshqaruv tizimi metall qirquvchi avtomat dastgohlarda va sanoatning ko'pgina boshqa tarmoqlarida keng qo'llaniladi. Bu tizim juda qadimdan malum bo'lgan. Mexanik - ixtirochi A.K.Nortov XVII asrdayoq birinchi tokarlik nusxa ko'chiruvchi yaratadi, unda kechkichning surilishi aylanuvchi nusxa ko'chiradigan (kopir) yordamida amalga oshirilgan (2 - rasm). 1 - Funksional sxema; mushtchali yuritma va boshqaruv tizimi. Avtomatlashgan yuritmali buyruq yuritmali mushtchali boshqaruv tizimida boshqaruvga va bu buyruqlarni bajarish buyruq yuritmali mushtchalar bilan amalga oshiriladi. Ko'pgina g'o'lali avtomatlarda surish mexanizmi va g'o'lani qisish, supportni surish va revolver kallaklarida ham ularning ishini ta'minlash uchun mushtchali boshqarish tizimi qo'llaniladi. 2 - rasm. mushtcha barabanli disk Tokarlik, frezerlik dastgohlarida egri yuzali detallarga ishlov berishda buyruq - yuritmali tizim keng qo'llaniladi. Keyingi yillarda mexanik nusxa ko'chiruvchi qurilmalar pog'onali vallarga ishlov berishda muvaffaqiyat bilan qo'llanilmoqda. Ularning asosiy xususiyati shundaki, ulardan nafaqat yalpi va katta seriyali ishlab chiqarishda balki mayda seriyali ishlab chiqarishda ham foydalanish mumkin. Buyruq - yuritma tizimining juda muhim xususiyatlari shundaki, ularda boshqaruv mushtchalari, o'zlariga katta yuklamalarni qabul qilib, dastgohning ijrochi organlarini o'zlari harakatga keltiradi. Shu sababli ular og'ir va mustahkam bo'lishlari lozim, chunki ular katta kuchlarga ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
234.58 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
234.58 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:04 ]
Arxiv ichida: doc