Dasturli boshqaruv elementlari 1. Programmalashtirilgan (dasturlashtirilgan) mantiqiy nazorat qiluvchilar 2.Mikroprotsessor va raqamli hisoblash texnikasi vositalarining o'lchov tizimlarida qo'llanishi Kontrollerlarning juda ham xilma-xilligiga qaramay, ularning rivojlanishida quyidagi umumiy tendensiyalari (g'oyalari) seziladi: Katta o'lchamlarining kamayishi; Funksional imkoniyatlarining kengayishi; Interfeys va tarmoqlar sonining ko'payishi; MEK 61131-3 standartidagi dasturlash tillarining foydalanish; . PMK ning asosiy ko'rsatkichi bu kiritish va chiqarish kanallar sonidir. Shu belgisi bo'yicha PMK quyidagi guruhlarga bo'linadi: - Nano PMK (16 kanali); - Mikro - PMK (16 : 100 kanal); - O'rta (100 : 500 kanal); - Katta (500 dan ortiq kanal) Kiritish va chiqarish modullarining joylashishi bo'yicha PMK lar: Monoblokli. Bunda kiritish - chiqarish qurilmasi kontrollerdan uzib ( ajratib) olishi yoki boshqasiga almashtirishi mumkin emas. Tuzilishi jihatdan kontroller kiritish - chiqarish qurilmalari bilan birgalikda yagona qurilmadan iborat. ( Masalan, birplastli kontroller). Monoblokli kontroller, masalan, diskret kirishning 16 kanaliga va releli chiqishning 8 ta kanaliga ega bo'lishi mumkin. Modulli. Markaziy protsessor va kirish - chiqishning almashtiriladigan modullar joylashadigan umumiy korzina ( shassi ) dan iborat. Modullar tarkibi echiladigan masalaga bog'liq foydalanuvchi tomonidan tanlanadi. Taqsimlangan. Bunda kirish - chiqarish modullari alohida korpuslarda bajarilgan bo'lib, ular kontroller moduli bilan tarmoq bo'yicha ulanadi va protsessor modulidan 1,2 km. cha masofada joylashishi mumkin. Konstruktiv bajarilishi va mahkamlash usuli bo'yicha kontrollerlar: - Panelli (panelga yoki shkaf eshigiga montaj qilish uchun); - Devorga mahkamlash uchun; - Korpussiz (odatda bir platali) - uskunani maxsus konstuktiv ishlab chiqaruvchilarda qo'llash uchun. Qo'llanish sohasi bo'yicha kontrollerlar quyidagi turlaga bo'linadi: - Universal umumsanoatda; - Robotlarni boshqarish uchun; - Pozitsiyalash (holat o'rni) va qayta joylanishi (ko'chishini) boshqarish uchun; - Kommunikatsion; - Ixtisoslashtirilgan Programmalashtirish usuli bo'yicha: kontrollerlarning oldingi panelida programmalashtirilgan; ko'chirma programmator bilan programmalashtirilgan; displey, sichqoncha va klaviatura yordamida programmalashtirilgan; - shaxsiy kompyuter kompyuter yordamida programmalashtirilgan. Kontrollerlar MEK 611310-03 tilida, shuningdek S, SN, Visual Basic tillarida programmalashtirilgan bo'lishi mumkin. Kontrollerlar tarkibida kirish - chiqish modullari bo'lishi yoki bo'lmasligi mumkin. Kirish - chiqarish modullarisiz kontrollerlariga kommunikatsion kontrollerlar misol bo'la oladi. Avtomatlashtirish tizimlarida kontrollerlar sikli (takrorlanish) algoritmini bajarib ma'lumotlarni kiritish va ularni OZU ( operativ xotira qurilmasi) ga joylash, ma'lumotlarni qayta ishlash va chiqarishni o'z ichiga oladi. Kontroller siklning davomiyligi (bu ishchi sikl deb ham aytiladi) kirish - chiqish modullarning soniga bog'liq. Shuning uchun avtomatlashtirilgan tizimning har bir konfiguratsiyasi (moslab qo'yilishi) uchun mo'ljallanadi. 1-rasm, a, b da tasvirlangan o'lchov tizimlari (O'T) hozirgi vaqtda texnologik jarayonlarni avtomatik nazorat qilish, rostlash va boshqarishda keng qo'llanilmoqda. 1, a -sxemada yasalgan o'lchov tizimi o'lchash obyektidagi xamma kattaliklarni bir vaqtda o'lchashni va ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:04 ]
Arxiv ichida: ppt