Dielektriklarning qutblanishi

Dielektriklarning qutblanishi

O'quvchilarga / Fizika
Dielektriklarning qutblanishi - rasmi

Material tavsifi

Dielektriklarning qutblanishi Reja: 1. Elektronli va dipolli qutblanishlar. 2. Qutblanish vektori. 3. Dielektriklar uchun elektrostatikaning asosiy tenglamasi. Gauss tenglamasi. Dielektriklar atom va molekulalardan tashkil topgan. Atom esa, musbat zaryadli yadro va manfiy zaryadli elektronlardan iboratdir. Atomning musbat zaryadi yadroda to'plangan bo'lib, manfiy ishorali elektronlar esa, yadro atrofida harakatda bo'ladi. Ko'p hollarda manfiy zaryadlarning markazi musbat zaryadli yadro markazi bilan ustma ust tushadi. Birinchi turdagi dielektriklar (N2, H2, O2, CO2 va b.) molekulalaridagi elektronlar yadro atrofida simmetrik joylashib tashqi elektrostatik maydon bo'lmaganda, musbat va manfiy zaryadlarning og'irlik markazlari ustma-ust tushgan bo'ladi. Bunday dielektriklar molekulalari qutbsiz molekulalar deyiladi. Tashqi elektrostatik maydon ta'sirida qutbsiz molekula zaryadlari siljiy boshlaydi. Musbat zaryadlar maydon yo'nalishda, manfiy zaryadlar maydonga teskari yo'nalishda siljiydi (1 - rasm). Shunday qilib, molekula dipol momentiga ega bo'ladi. 1 - rasm. Tashqi elektrostatik maydon ta'sirida qutbsiz molekulaning dipol momentiga ega bo'lishi Ikkinchi turdagi dielektriklar (H2O, NH3, SO2, CO) molekulalaridagi elektronlar yadro atrofida nosimmetrik joylashgan bo'ladi va tashqi elektrostatik maydon bo'lmaganda ham musbat va manfiy zaryadlarning og'irlik markazlari ustma-ust tushmaydi. 2 - rasm. Qutbli molekula dipoli Bunday dielektrik molekulalari tashqi maydonsiz ham dipol momentiga ega bo'lib, ular qutbli molekulalar deb ataladi (2 - rasm). Tashqi elektrostatik maydon bo'lmaganda molekulalarning tartibsiz harakati tufayli dielektrik bo'yicha molekulalarning umumiy dipol momentlari nolga teng bo'ladi. Agar bunday dielektrik tashqi elektrostatik maydonga qo'yilsa, maydon kuchlari dipollarni maydon yo'nalishiga qarab burishga harakat qiladi va noldan farqli umumiy dipol momenti paydo bo'ladi. Shunday qilib, tashqi elektrostatik maydon ta'sirida ikkala turdagi dielektrikda ham noldan farqli dipol momentlari hosil bo'ladi. Bu hodisa dielektriklarning qutblanishi deb ataladi. Demak, qutblanish deb, tashqi elektrostatik maydon ta'sirida dipollarning maydon kuch chiziqlari tomon yo'nalishini o'zgartirish jarayoniga aytiladi. Quyidagi qutblanish turlari mavjuddir: 1) elektronli qutblanish; 2) oriyentatsiyaviy yoki dipolli qutblanish. Elektronli qutblanish deb, qutbsiz molekulalardan tashkil topgan dielektrik, tashqi elektrostatik maydonga kiritilganda, atomlar elektron qobiqlarining deformatsiyasi hisobiga induksiyaviy dipol momentlari hosil bo'lishiga aytiladi. Oriyentatsiyaviy yoki dipolli qutblanish qutbli molekulalardan tashkil topgan dielektrik tashqi elektrostatik maydonga kiritilganda, tartibsiz yo'nalgan molekulalar dipol momentlarining maydon yo'nalishiga qarab burilishiga aytiladi. Ammo, molekulalar issiqlik harakati natijasida faqat ayrim molekulalarning dipol momentlari maydon yo'nalishi bo'yicha joylashadi va u maydon kuchlanganligiga bog'liq bo'ladi. Qutbsiz molekulalari bo'lgan dielektriklarning eng soddasi vodorod molekulasining atomidir. Tashqi elektrostatik maydon bo'lmaganda , vodorod atomidagi bitta elektron yadro atrofida radiusli orbita bo'ylab harakatlanadi (3 - rasm). 3 - rasm. Vodorod atomining dipoli Bu holda elektronning yadroga tortilish kuchi Kulon qonuniga asosan: dan iborat bo'ladi, markazga intilma kuch esa ga teng. Elektronning yadroga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 124.43 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:04 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 124.43 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga