11-sinf fizika darsligi asosida 26-mavzu: Laboratoriya ishi. Difraksion panjara yordamida yorug'likning to'lqin uzunligini aniqlash Ishning maqsadi. Yorug'likning to'lqin uzunligini difraksion panjara yordamida aniqlashni o'rganish. Kerakli asbob va jihozlar. 1. Panjara doimiysi mm yoki mm bo'lgan difraksion panjara. 2. Yorug'lik manbayi. 3. O'rtasida tirqishi bo'lgan qora ekran. 4. Millimetrli masshtabga ega bo'lgan uzun va qisqa chizg'ichlar. 5. Asboblar o'rnatiladigan qurilma (4.18-rasm). Ishning bajarilishi. Asboblar o'rnatiladigan qurilma (6) ustiga millimetrli masshtabga ega bo'lgan uzun chizg'ich (3) o'rnatiladi. Uning bitta uchiga o'rtasida tirqishi (5) bo'lgan qora ekran (4) joylashtiriladi. Qora ekranda millimetrli masshtabli qisqa chizg'ich mahkamlangan. Qora ekran uzun chizg'ich bo'ylab siljiy oladigan holatda o'rnatiladi. Uzun chizg'ichning ikkinchi uchidagi tutqich (2) ga difraksion panjara (1) o'rnatiladi. Yorug'lik manbayi ishga tushiriladi. Panjara va tirqish orqali yorug'lik manbayiga qaralsa, tirqishning ikkala tomonida difraksion spektrlarning birinchi, ikkinchi va h.k. tartiblari ko'rinadi. Tirqishli chizg'ichni yoki difraksion panjarani uzun chizg'ich bo'ylab surib, birinchi tartibdagi qizil nur shkaladagi butun son ro'parasiga keltiriladi. Tirqishdan tanlangan nurgacha bo'lgan masofa y ni aniqlab olinadi (4.19-rasm). So'ngra difraksion panjaradan tirqishli chizg'ichgacha bo'lgan masofa x ni o'lchab olinadi. Bunda y ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
997.25 KB
Ko'rishlar soni
153 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:05
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
997.25 KB
Ko'rishlar soni
153 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:05 ]
Arxiv ichida: ppt