Dinamika asoslarini o'qitish metodikasi

Dinamika asoslarini o'qitish metodikasi

O'quvchilarga / Fizika
Dinamika asoslarini o'qitish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Dinamika asoslarini o'qitish metodikasi R e j a Kuch olamni harakatga keltiradi. Dalillar va ularni tahlili. Tortishish kuchi, og'irlik kuchi. Og'irlik va og'irlikka doir hayotiy misollar. Butun Olam tortishish qonuniga oid qiziqarli savollar. Nyuton qonunlari va Butun Olam tortishish qonuniga oid testlar. Kishilar qattiq osmon haqidagi diniy ta'limotga uzoq vaqt ishonib kelganlar. Ularning nazarida go'yo unga xudo osmon yoritgichlarini joylashtirib qo'ygan. Oy va yulduzlar yuqoridagi biror qattiq narsaga mahkamlanganligi uchun ham Yerga tushib ketmaydi deb o'ylaydi. Fan aslida hech qanday qattiq osmon yo'qligini, Oyning Yer atrofida Yerni esa Quyosh atrofida aylanishini, binobarin uning o'zi ham osmon jismi ekanligini isblot qildi. Osmon jismlari nimada «Tutib turiladi» degan savol o'rniga «nima uchun Oy Yer atrofida aylanadi-yu, undan uzoqlashib ketmaydi? Nima uchun Yer Quyosh atrofida aylanadi? Oyning Yer atrofida va Yerning Quyosh atrofida nima tutib turadi?» kabi savollar tug'ildi. Tabiatda asosiy qonunlardan biri - Butun Olam tortishish qonuni kashf etilgandan va o'rganilgandan keyingina bu savollarga javob topildi. Bu qonun quyidagicha ta'riflanadi: «Barcha jismlar bir-biriga bu jismlar massalarining ko'paytmasiga to'g'ri proportsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsional bo'lgan kuch bilan tortishadi». Bu qonunni buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton kashf etgan. U bu qonunni 1687 yilda nashr etilgan «Natural falsafaning matematik asoslari» nomli ilmiy ishida ta'riflab bergan. hozirgi vaqtda Butun Olam tortishish qonuni maktabda o'rganiladi. Qonunning kashf etilishi fanning buyuk tantanasi bo'ldi. Va nihoyat, tabiatning asosiy kuchining matematik ifodasi ham topildi. Olamni harakatga keltiradigan bu kuchga havo molekulalari ham, osmon jismlari ham bo'ysunadi. Fruntsuz yozuvchisi Volter Butun Olam tortishish qonuni mavjudligini Nyuton tushayotgan olmaga qarab payqagan, deb hikoya qiladi. Nyutonning o'zi esa bu olma haqida birorta asarida ham eslatib o'tmaydi. Ehtimol Volterning hikoyasi ajoyib afsonadir, xolos. Nyuton eng avvalo tabiatning buyuk kuchi mavjudligini o'zining «Natural falsafaning matematik asoslari» nomli asarining boblaridan birida bayon etganidek, fikr mulohaza yuritish yo'li bilan angladi. XVII asrning ikkinchi yarmida Butun Olam tortishish g'oyasi «havoda aylanib yurgan» edi. Nyuton bu g'oyani o'rinligini isbotlash sharafiga muyassar bo'lish bilan birga, uni tavsiflovchi qonunni kashf etdi. Afsuski, Nyuton o'zining bu kashfiyotni tavsiflovchi hech qanday yozma ma'lumot qoldirmagan. Faqat shu narsa malumki, bunda (Nyuton o'z gapiga ko'ra) olma daraxtidan olmaning tushishi va Oyning Yer atrofida harakatlanishi hodisalarini taqqoslash muhim rol o'ynaydi. Boshlang'ich dalillar. Nyuton quyidagi dalillarga ega ediki, ularning tahlili Butun Olam tortishish qonunni kashf etilishiga olib keldi: Hamma jismlar Yerga tushadi Hamma jismlar Yerga bir xil tezlanish bilan tushadi. Oyning Yer atrofida aylanish davri taxminan 27,3 sutka bo'lgan deyarli aylanma traektoriya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.34 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.34 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga