Diskret ishlab chiqarishni avtomatlashtirish asoslari

Diskret ishlab chiqarishni avtomatlashtirish asoslari

O'quvchilarga / Fizika
Diskret ishlab chiqarishni avtomatlashtirish asoslari - rasmi

Material tavsifi

Diskret ishlab chiqarishni avtomatlashtirish asoslari dastgohlarning yuklash qurilmalarini va texnologik agregatlarni avtomatlashtirish Reja: 1. Ishlov berish jarayonini qanday boshqariladi. 2. Yuklash qurilmalarining qanday vazifasi va turlari mavjud? 3. Bunkerning parametrlari koeffitsiyentini qancha? ma'ruza rejasi: Yuklash qurilmalarining vazifasi va turlari, bunkerning ratsional konstruksiyasini tanlab olish, detallarni o'lchash, Ishlov berish jarayonini boshqarish ko'rib chiqiladi. Kalitli so'zlar: Yuklashni avtomatlashtirish, bunker qurilmasi, Yassi shaklli zagotovka, kozirekli bo'lgich, transmissiya yuritmasi. Mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi, mahsulot tannarhi past bo'lgani holda, uning sifati yuqori bo'lishi uchun texnologik jarayonlarni keng mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash zarur. Mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalashning mehnat unumdorligiga ta'sirini tasavvur qilish uchun dastlabki donabay vaqt tarkibini ko'rib chiqish kerak. Malumki donabay vaqt Tsht mashina vaqti va yordamchi vaqt Tvsp, dastgohga texnik xizmat ko'rsatish Tt va dam olish vaqtidan Totd, yani TShTqTM+TVSP+TT+TOTD. Operativ vaqt TOPYeRqTM+TVSP. Bundan ko'rinadiki donabay vaqtni kamaytirish uchun masalani kompleks yechish kerak, yani bir vaqtning o'zida ham mashina vaqtini, ham yordamchi vaqtni kamaytirish kerak. Bugungi kunda mashina vaqti TMni har taraflama qisqartirish bilan bir paytda yordamchi vaqt TVSP ni qisqartirish ham muhim masalalardan biridir, chunki u sanoatda (mashinasozlikda) donabay vaqtning 40% dan 70% igacha tashkil qiladi. Yordamchi vaqtni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ishlov beruvchi dastgohlarda (agregat dastgohlarda) quyidagi ishlarni avtomatlashtirish maqsadga muvofiqroq: Yuklanishni. Detallarni o'lchashni. Ishlov berish jarayonini boshqarishni. Dastgoh yoki agregatni avtomat yuklash deganda ishlov beriladigan zagotovkani mexanizm yordamida ularning bevosita to'planib turgan joyidan inson ishtirokisiz ishchi mintaqaga olib kelib dastgohga o'rnatish va ishlov berish tushuniladi. Yuklashni avtomatlashtirish texnologik amallarni avtomatlashtirish va mexanizmlashning murakkab amallaridan biridir, chunki bu yerda biz turli - tuman shakllar va o'lchamdagi detallarni yuklashga to'g'ri keladi. Bazi sanoat xodimlarida seriyali ishlab chiqarishda yuklarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishda noto'g'ri fikr bor. Ular yuklashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish faqat yalpi ishlab chiqarishda mumkin deb hisoblaydilar. Shu narsani qayd qilish lozimki, yalpi ishlab chiqarish ulushiga ishlab chiqarilayotgan mahsulotning faqat 10% i kichik seriyali ishlab chiqarishga esa 75% ni ¾ qismi to'g'ri keladi. Bundan ko'rinib turibdiki, mashinasozlikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosiy qismi seriyali va yakkalab ishlab chiqarishga to'g'ri keladi. «O'zbekiston temir yo'llari» DATK ning ta'mirlash korxonalarida va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarida aksariyat holda kichik seriyali ishlab chiqarishdir. Bunday sharoitda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish prof. S.P.Mitrofanov usuli bo'yicha guruhli ishlov berish sharoitiga moslashish kerak. Detallarni bir xil elementi bo'yicha bir guruhga birlashtirish partiyalarni anchagina kattalashtiradi va ishlov berish shartlarini seriyali, hatto yalpi ishlab chiqarishga yaqinlashtiradi. Guruhlarni tanlab olishni engillashtirish uchun kompleks detaldan foydalanish, yani mazkur detalda uchraydigan barcha ishlov beriladigan yuzalarni birlashtirish tavsiya etiladi. Kompleks detal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 76.49 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 76.49 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga