Doimiy elektr toki va uning qonunlari

Doimiy elektr toki va uning qonunlari

O'quvchilarga / Fizika
Doimiy elektr toki va uning qonunlari - rasmi

Material tavsifi

Doimiy elektr toki va uning qonunlari Reja: Elektr toki haqida umumiy tushuncha. Tok kuchi va tok zichligi. Begona kuchlar va ularning hosil bo'lishining sabablari, elektr yurituvchi kuch, potentsiallar ayirmasi va kuchlanish. Doimiy tok qonunlari. Om va Joul-Lents qonunlarining differensial formasi. Tarmoqlangan doimiy elektr toki uchun Kirxgof qonunlari. Tayanch so'z va iboralar: tok turlari, tok tashuvchilar, traektoriya, tok zichligi vektori, tok zichligi vektorining oqimi, elektr yurituvchi kuch, begona kuchlar, kuchlanish, qarshilik, Om qonuni, Joul-Lents qonuni, tarmoqlangan zanjirlar, tugunlar, yopiq kontur. Elektr toki haqida umumiy tushuncha va toklarning turlari. Elektr toki deb, eektr zaryadlarining tartibli harakatiga aytiladi. Elektr tokiga berilgan bu ta'rif bir tomonlama bo'lib elektr tokining umumiyligini hisobga olinmaydi. Malumki, bu vaqtda turli xil xollar bo'lishi mumkin. Masalan, qandaydir jismni zaryadlaymiz, yani unga elektr zaryadi beramiz va uni fazoda ko'chiramiz. Bu vaqtda elektr zaryadi makroskopik jism bilan birga harakat qiladi (rasm 35a). Bunday tokka konveksion tok deb ataladi. 35 rasm Endi tashqi elektr maydonida joylashgan o'tkazgichni qaraylik. ( rasm 35b) O'tkazgich ichida joylashgan elektr zaryadining harakati quyidagicha bo'ladi: musbat zaryadlar maydon bo'yicha, manfiy zaryadlar esa maydonga qarama-qarshi bo'ladi. Bunday mikroskopik zaryadning hosil qilgan tokiga o'tkazuvchanlik toki deb ataladi. Malumki, elektron lampada (rasm 35 v) mikroskopiya elektr zaryadlari bo'shliqdagi harakati tufayli elektr tokini hosil qiladi. Bunday tokka vakuumdagi tok deb aytiladi. Sizga malumki, elektromagnit induksiya hodisasidan berk konturda hosil bo'lgan tokka - induksion tok deb aytilgan edi. Bu yerda induksion tokning paydo bo'lishi o'tkazgichdagi erkin elektronning kristall panjarada mahkamlangan musbat zaryadga nisbatan harakati tufayli paydo bo'ladi (rasm 35 g). Yuqorida keltirilgan misollar elektr tokiga umumiy ta'rif berishi kerakligini taqazo etadi. Elektr toki deb, moddadagi musbat va manfiy zaryadlarning qarama-qarshi tomonga yoki ulardan birining qo'zg'almas hisoblangan ikkinchisiga nisbatan harakati yoki bu ikkita zaryadning bir-biriga nisbatan tashqi kuch ta'siridagi harakatiga aytiladi. Shunday qilib kuramizki, elektr zaryadini juft zaryad hosil qiladi. Biz elektrstatika qismida bir-biridan malum masofada joylashgan ikkita nuqtaviy zaryadni dipol deb atagan edik. Dipolning asosiy xarakteristikasi uning momenti edi: r = l q = bu yerda l musbat va manfiy zaryadlarni birlashtiruvchi masofa, q - musbat va manfiy zaryadlarning absolyut qiymati. Agar dipol uchlarining qo'zg'almas nuqta 0 ga nisbatan radius vektorlarni r1 va r2 belgilasak, l=r2-r1 U vaqtda dipolning elektr momentining o'zgarishini qo'yidagicha yozish mumkin: (dpdt)=e(v2-v1)=e1v1+e2v2 (6.1) Bu yerda v1 va v2 ikkita zaryadning tezligining absolyut qiymati, v2 -v1 - nisbiy tezlik. Tok kuchining bunday formulasi, yani uni dipol momentining vaqt bo'yicha o'zgarishi yoki qutblanish vektorining vaqt bo'yicha o'zgarishi deb yozish elektr tokining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 122.31 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 122.31 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga