Doimiy tokning magnit maydoni va uning qonunlari

Doimiy tokning magnit maydoni va uning qonunlari

O'quvchilarga / Fizika
Doimiy tokning magnit maydoni va uning qonunlari - rasmi

Material tavsifi

Doimiy tokning magnit maydoni va uning qonunlari Reja: 1.Doimiy tokning magnit maydoni va uning kuch chiziqlari manzarasiga doir tajriba (Ersted, Rouland, Karpen, Eyxenvald)lar haqida tushuncha. 2. Tok elementi va uning elektrostatik o'xshashligi. 3. Magnit induksiya vektori va uning elektrostatik o'xshashligi. 4. Bio-Savar-Laplas qonuni va uning turli xil simmetrik formadagi tokli o'tkazgichlarning ( to'g'ri chiziqli tok, aylanma tok va solenoid) magnit maydonini hisoblashda qo'llanilishi. 5 .Harakatdagi bitta nuqtaviy zaryadning hosil qilgan magnit maydoni va uni tajribada aniqlash. 6. Makroskopik zaryadlangan jismning harakati tufayli paydo bo'lgan magnit maydoni va uni tajribada aniqlash. Tayanch so'z va iboralar: Magnit maydoni, tok elementi, magnit induksiya vektori, superpozitsiya prinsipi, Bio-Savar-Laplas qonuni, to'g'ri chiziqli tok, aylanma tok, solenoid, Parma qoidasi. Doimiy tokning magnit maydoni va uning maydon kuch chiziqlari manzarasiga doir tajribalar to'g'risida. 1820 yilda daniya fizigi X. Ersted tokli o'tkazgichning atrofida magnit maydoni bor ekanligini tajribada anikladi. Ersted tajribasinin mohiyati kuyidagidan iborat. U to'g'ri chiziqli o'tkazgich olib, undan malum masofada magnit strelkasini joylashtirgan vaqtda uning burilishini kuzatdi. Bu burilish to'g'ri chiziqli o'tayotgan tokning yo'nalishiga bog'liq ekanligini anikladi, sungra u magnit strelkasining burilishi o'tkazgichdan o'tayotgan tokning kattaligiga xam bog'liq ekanligini isbotladi, nixoyat u tokli o'tkazgich bilan magnit strelkasining o'zaro ta'siri masofaga teskari proportsional ekanligini xam anikladi. Ersted tajriba natijalarini umumlashtirib, shunday xulosaga keldiki, tok bilan magnitning o'zaro ta'siri tok kuchiga , o'tkazgichning uzunligiga to'g'ri proportsional bo'lib, masofaning kvadratiga teskari proportsional ekanligini anikladi. Tajribalar kursatdiki, bu o'zaro ta'sir tokning yo'nalishiga bog'liq ekanligi, yani bu o'zaro ta'sirning vektor xarakterga ega ekanligini isbotladi. Shuningdek, u bu o'zaro ta'sirning kattaligi tok va maydonning ta'siri urganilayotgan masofaga perpendikulyar eanligini xam anikladi. Bu rasm 46da ko'rsatilgan, magnit kuch chiziqlarinig ta'siri kontsentrik halqalardan iborat ekanligini ko'rish mumkin. Keyinchalik. Amper doimiy magnitning tokli o'tkazgichga ta'sirini urganib, ular o'rtasida xam o'zaro ta'sir kuchi bor ekanligini anikladi. Bu xakda biz ma'ruza №8 da batafsil tuxtalib utamiz. Malumki, Amper yana bir tajribasida parallel va antiparallel joylashgan tokli o'tkazgichlarning bir-birini tortishini va itarishini kuzatgan edi. Nixoyat Kulon qonunidan malumki, bir xil kutbdagi magnitlar, bir-birini itarishini va har xil kutbli magnitlar bir-birini tortishishini bilamiz. Bu o'zaro ta'sirlar magnit maydoni orqali amalga oshiriladi: Tokli o'tkazgich o'z atrofida magnit maydoni hosil qiladi, u shu maydonda joylashgan har qanday o'tazgichga ta'sir ko'rsatadi. Agar o'tkazgichlardagi tok doimiy bo'lsa va o'tkazgichlar qo'zg'almas bo'lsa, u vaqtda ular hosil qilgan magnit maydoni fazoning har bir nuqtasida vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi. Bunday magnit maydoniga doimiy magnit maydon deyiladi. Doimiy magnit maydonining nazariyasi elektrostatik maydon nazariyasiga o'xshash bo'ladi. Mana ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 79.38 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 79.38 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga