7-sinf fizika darsligi asosida 24-mavzu: Elastiklik kuchi Deformatsiya Agar jismga tashqi kuch ta'sir etsa, jismni tashkil etgan zarralar bir-biriga nisbatan siljishi va ular orasidagi masofa o'zgarishi mumkin. Natijada zarrachalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchlari (tortish va itarish)ning muvozanati buziladi. Agar kuch ta'sirida ular orasidagi masofa ortgan bo'lsa, tortishish kuchlari ustunlik qiladi. Va aksincha, masofa kamaygan bo'lsa, itarish kuchlari ustunlik qiladi. Natijada jismning turli nuqtalarida noldan farqli ichki kuchlar paydo bo'ladi. Ichki kuchlar yig'indisi Nyutonning uchinchi qonuniga asosan tashqi qo'yilgan kuchga teng va unga qarama-qarshi yo'nalgandir (77-rasm). Jismga kuch bilan ta'sir etilsa, ular cho'zilishi, siqilishi, egilishi, siljishi yoki buralishi mumkin. Ba'zi jismlarda bunday xususiyat yaqqol kuzatiladi. Masalan, tashqi kuch ta'sirida rezina yoki prujina cho'zilishi, siqilishi, buralishi yoki egilishi mumkin. Deformatsiyalar elastik va plastik deformatsiyalarga bo'linadi. Tashqi kuch ta'siri to'xtagandan keyin jismning o'zgargan shakli va o'lchami avvalgi holatiga qaytsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya bo'ladi. Masalan, cho'zilgan rezina yoki prujina tashqi ta'sir to'xtatilgandan keyin o'z holatiga qaytadi. Deformatsiya deb tashqi kuch ta'sirida jismlar shakli va o'lchamining o'zgarishiga aytiladi. Chizg'ichni biroz egib, so'ng qo'yib yuborilsa, u yana to'g'rilanib qoladi. Bunday jismlar elastik jismlar deyiladi. Hamma jismlar ham o'z shaklini qayta tiklamaydi. Ta'sir etayotgan tashqi kuch to'xtaganda jismning shakli va o'lchami tiklanmasa, bunday deformatsiya plastik deformatsiya bo'ladi. Masalan, plastilin ezilsa yoki cho'zilsa, u avvalgi holatiga qaytmaydi. Bunday jismlar plastik jismlar deyiladi. Quyida biz faqat elastik jismlar bilan ish ko'ramiz Elastiklik kuchining namoyon bo'lishi 78-a rasmda ikki tayanchga gorizontal holatda qo'yilgan yupqa taxta tasvirlangan. Agar taxta o'rtasiga bola o'tirsa, taxta pastga egilib to'xtaydi (78-b rasm). Taxtaning egilishini qanday kuch to'xtatib qoladi? Bolaning og'irlik kuchi ta'sirida taxta egiladi, ya'ni deformatsiyalanadi. Agar bolaning og'irlik kuchini tashqi kuch Ft desak, taxtaning egilishiga qarshilik qilayotgan ichki kuch elastiklik kuchi Fel bo'ladi. Fel kuch Ft kuchga qarama-qarshi yo'nalganligi uchun ular miqdor jihatdan tenglashganda, taxta egilishdan to'xtaydi. Bunda Nyutonning uchinchi qonuni o'rinli bo'ladi: Deformatsiyalangan jismda vujudga kelib, tashqi kuchga qarshilik ko'rsatadigan va unga qarama-qarshi yo'nalgan kuch elastiklik kuchi deb ataladi. Kamon iрi tarang tortilganida (79-rasm), rezina, prujina cho'zilganida yoki siqilganida, Ft kuchga qarshi Fel kuch namoyon bo'ladi. Guk qonuni Tayanchga mahkamlangan lo uzunlikdagi prujinaga m massali yuk osaylik. Unga ta'sir etuvchi Ft og'irlik kuchi pastga yo'nalgan bo'ladi. Prujina deformatsiyalanishi natijasida Ft ga qarama-qarshi yo'nalgan Fel kuch yuzaga keladi (80-rasm). Natijada prujina Δl ga cho'ziladi: Δl = l - l o . Bunga prujinaning absolyut uzayishi yoki absolyut deformatsiya deyiladi. Fel elastiklik kuchi Ft og'irlik kuchga tenglashganida, prujina cho'zilishdan to'xtaydi. Prujinaga ta'sir etuvchi kuchni ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.08 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:06
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.08 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:06 ]
Arxiv ichida: ppt