Elektr energiya sifati va uni barqarorlashtirish choralari Reja: Elektr energiya sifatini ko'rsatuvchi asosiy kattaliklar. Kuchlanishning og'ishi va tebranishi. Kuchlanishni rostlash. 1.Elektr energiya sifatini kursatuvchi asosiy kattaliklar. Elektr energiyani sifat ko'rsatkichlari deyilganda elektr energiyani ishlab chiqarishda, uzatishda va taksimlashda bo'lgan asosiy parametrlarini belgilangan normalariga mos kelishini tushuniladi. Elektr energiyaning sifatining miqdoriy tavsifi kuchlanish va chastotaning ogishi bilan, kuchlanish va chastotaning tebranishi bilan, egri chizigini formasining nosinusoidallik koeffitsiyenti va kuchlanishning nosimmetriya koeffitsiyenti bilan belgilanadi. Chastotaning ogishi bu - 10 minut oraligida chastotaning haqiqiy qiymatini nominal qiymatdan farqini kursatuvchi o'rtacha qiymat. Normal holatda chastotaning ogishi nominal qiymatdan 0,1 Gts o'zgarishi ruxsat etiladi. qisqa vaqt ichida esa 0,2 Gts ga o'zgarishi mumkin. Chastotaning tebranishi bu - chastotaning o'zgarish tezligi sekundiga 0,2 Gts dan kichik bo'lmaganda, rejim parametrlarining tez o'zgarishida asosiy chastotaning eng yuqori va eng kichik qiymatlari orasidagi farq hisoblanadi. Chastotaning tebranishi, ogishga ruxsat berilgan 0,1 Gts dan tashqari, 0,2 Gts dan oshishi mumkin emas. Kuchlanishning ogishi bu - ish rejimining sekin o'zgarishida, yani kuchlanishni o'zgarish tezligi sekundiga 1% dan oshmaganda, kuchlanishning haqiqiy qiymatining uning nominal qiymatidan farqiga aytiladi. yoki Normal ish holatlarida kuchlanishning ogishi quyidagi qiymatlarda ruxsat etiladi: - -5+10% gacha elektr yuritkich va apparatlarning kiskichlarida yurgizish va boshqarish paytida; - 2,5+5% gacha ish yuritish qurilmalari kiskichlarida; - 5% kolgan elektr iste'molchilar kiskichlarida. Avariyadan keyingi holatlarda kuchlanish kamayishi yana 5% ga ruxsat etiladi. Kuchlanish tebranishi. Kuchlanish tebranishi quyidagi ko'rsatkichlar bilan belgilanadi: 1. Kuchlanishning tebranishi U - bu ish rejimining etarlicha tez o'zgarishida, yani kuchlanish o'zgarish tezligi sekundiga 1% dan kam bo'lmaganda, kuchlanishning ta'sir etuvchi eng katta va eng kichik qiymatlari o'rtasidagi farq tushuniladi: 2. Kuchlanishning o'zgarish chastotasi (1s, 1min, 1soat) F=mT bunda m - kuchlanish o'zgarish tezligi sekundiga 1% dan kam bo'lmaganda kuchlanishning T vaqt oraligida o'zgarishlar soni. 3. Kuchlanishning ketma-ket o'zgarishlari oraligi tkj. quyidagi rasmda kuchlanishni vaqt bo'yicha o'zgarish grafigi ko'rsatilgan bo'lib, unda 12 sekund davomida kuchlanish 5 marotaba kuloch yoyadi. Rasmda U1,U2,…, U5 - kuchlanish o'zgarishining kulochlari; t12, t23, …, tm5 - ketma ket kelayotgan ekstremumlar orsidagi vaqt intervali; T- o'lchov olib borilgan oralik vaqt. tarmoqning nosinusoidalligi kuchlanish egriligining nosinusoidallik koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi va kuydagi formuladan topiladi: bu yerda U- -chi garmonikadagi kuchlanishning ta'sir qiluvchi qiymati, U1-birinchi eng asosiy garmonikaning ta'sir qiluvchi qiymati. Nosinusoidallik koeffitsiyenti xar qanday iste'molchilarda 5% dan oshmasligi kerak. Kuchlanish nosimmetriyaligi deganda fazaviy yoki liniyaviy kuchlanishlari-ning amplitudaviy yoki fazaviy burchak siljishlarining o'zaro teng bulmasligi tushuniladi. Nosimmetriyaning normalangan ko'rsatkichi bu teskari yunalgan kuchlanish U2 bo'lib hisoblanadi va u kuyidagicha ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.18 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.18 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:06 ]
Arxiv ichida: doc