Elektr energiyani iqtisod qilishni ta'minlovchi qarshilik elektr pechi laboratoriya qurilmasini yaratish

Elektr energiyani iqtisod qilishni ta'minlovchi qarshilik elektr pechi laboratoriya qurilmasini yaratish

O'quvchilarga / Fizika
Elektr energiyani iqtisod qilishni ta'minlovchi qarshilik elektr pechi laboratoriya qurilmasini yaratish - rasmi

Material tavsifi

Elektr energiyani iqtisod qilishni taminlovchi qarshilik elektr pechi laboratoriya qurilmasini yaratish Mundarija. 1.Kirish qismi…….3 2.Texnologik qism……6 3Tajriba stendi uchun metodik ko'rsatma tuzish……10 4.Elektr qarshilik pechini tavsiflari……. ……18 5. Jismlarni qizishini tadqiqodlash grafigi……29 6. Internet ma'lumotlar…….31 7.XFX…….… 40 8.Ekologiya …… 52 9.Xulosa …… …….63 10.Adabiyotlar……65 Kirish Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy-ro'zg'or ehtiyojlari elektrotexnologik qurilmalar bilan tobora boyib bormoqda va bunday to'yinish faqatgina mazkur qurilmalarga bo'lgan ehtiyojning o'sishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilgi tannarxining malum darajada oshishi, tashqi muhitni muhofaza qilish bo'yicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan ham bog'likdir. Elektr energiyasini istemol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish orqali va shu vaqtning o'zida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan qurilmalar elektrotexnologik qurilmalar deyiladi. Bunday qurilmalar murakkab to'zilishga ega bo'lib, ularning tarkibiga ishchi organ, yani plazmotron, plazmali reaktor, elektron zambarak, yoy va ion agregatlarining elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik taminlovchi yoki mikroprotsessorli texnika yordamida boshqariladigan maxsus energiya manbalari kiradi. Suv-gaz va elektr bilan ta'minlash, hamda vakuum hosil qilish uni saqlash tizimlari esa elektrotexnologik qurilmalar tarkibiga yordamchi jihoz sifatida kiradi. Elektrotexnologiyaning tobora takomillashib borishi yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan, katta miqdordagi issiqlikka bardosh beruvchi, kimyoviy reaksiyaning agressiv ta'siriga turg'un bo'lgan va kichik issiqlik o'tkazuvchanlikka hamda yuqori darajadagi izolyatsion xususiyatga ega bo'lish kabi yangi materiallar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Har qanday qattiq yoki suyuq holatdagi elektr o'tkazuvchi materiallardan elektr toki o'tganida, bu materiallarni qizdirib issiqlik ajratib chiqaradi. Joul - Lents qonuni bo'yicha ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: , bu yerda I - qattiq yoki suyuq holatdagi elektr toki o'tkazuvchi materialardan o'tayotgan tokning qiymati, A; R - elektr toki o'tkazayotgan materialning elektr qarshiligi, Om; t - elektr toki o'tkazuvchi materialning elektr tarmog'iga ulanib turgan vaqti, soat. Bunday usul bilan materiallarni qizdirish qarshilik usuli bilan qizdirish deyiladi. Materialarni qarshilik usuli bilan qizdirish ikki turga bo'linadi: bevosita va bilvosita. Bevosita usulda materiallar qizdirilganida, qizdirilayotgan materialdan o'tayotgan tok hosil qilgan issiqlik hisobiga o'sha material qiziydi. Bilvosita usulda materialar qizdirilganida, alohida qizdiruvchi elementdan o'tayotgan tok hosil qilgan issiqlik energiya issiqlik o'tkazuvchanlik, konvensiya yoki nurlanish asosida qizdirilayotgan jismga uzatiladi va uni qizdiradi. Elektr pechlarida yuqori haroratli zonalar mavjudligi tufayli ularda odatdagi konstruksion va elektrotexnik materiallar bilan bir qatorda yuqori haroratda ishlay oladigan va shuning uchun zarur xossalarga ega bo'lgan spetsifik (maxsus) materiallar xam qo'llaniladi. Bu materiallarga quyidagilar kiradi : olovbardosh materiallar issiqlikdan izolyatsiyalovchi materiallar qizitish elementlarining materiallari. Olovbardosh materiallar pechlar ish fazosini - kamera yoki vannani qurish uchun ishlatiladi. Ular yordamida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.26 MB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.26 MB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga