10-sinf fizika darsligi asosida 34-mavzu: Elektr maydon energiyasi O'tkazgichni zaryadlash uchun zaryadlar orasidagi o'zaro itarish kuchini yengishda ish bajariladi. Bu ish hisobiga, o'tkazgich energiyaga ega bo'ladi. Zaryadlangan jismning olgan energiyasi miqdor jihatdan (Wel - bu energiya elektr maydon energiyasi deb ataladi) uni zaryadlashda bajarilgan ishning miqdoriga aynan teng bo'ladi, ya'ni A = Wel. O'tkazgichni zaryadlashda bajarilgan ish qanday hisoblanadi? Dastlab jism zaryadlanmagan bo'lsa, uning potensiali nolga teng bo'ladi. Unga q zaryad berilsa, uning potensiali noldan φ gacha o'zgaradi. Jismni zaryadlashda bajarilgan ish: ga teng bo'ladi. Jism poten sialining o'rtacha qiymati uning boshlang'ich va oxirgi qiymatlarining o'rta arifmetik qiymatiga teng bo'ladi, ya'ni Demak, jismni zaryadlashda bajarilgan ish uning zaryadi bilan potensiali ko'paytmasining yarmiga teng bo'lar ekan. Jismni zaryadlashda uning potensiali formulaga binoan tekis, ya'ni chiziqli o'zgaradi. Bunda C - o'tkazgichning elektr sig'imi. U holda (7.23) ifodani ko'rinishlarda yozish mumkin. Jumladan, A = Wel munosabatga ko'ra yakkalangan zaryadlangan jismning elektr maydon energiyasini quyidagicha yozamiz: Agar zaryadlangan jism kondensatordan iborat bo'lsa, uning elektr maydon energiyasini (Wkon) hisoblashda (7.25) ifodadagi zaryad miqdorini kondensatorning bitta qoplamasidagi zaryad miqdori bilan, potensialini esa uning qoplamalari orasidagi potensiallar ayirmasi bilan almashtirish lozim, ya'ni: bo'lganligi uchun zaryadlangan kondensatorning elektr energiyasini aniqlash formulasini ko'rinishlarda yozish mumkin Zaryadlangan jismning energiyasi uning atrofida hosil bo'lgan elektr maydonida mujassamlangan bo'lib, energiyaning qiymati elektr maydoni tarqalgan fazoning hajmiga va maydonning kuchlanganligiga bog'liq bo'ladi. Xususiy holda zaryadlangan yassi kondensatorni qarab chiqaylik. Yassi kondensator qoplamalaridagi zaryadlar hosil qilgan elektr maydoni uning qoplamalari orasidagi muhitda mujassamlashgan bo'ladi. Fazoning hajmini V = Sd formula orqali hisoblash mumkin. Zaryadlangan yassi kondensatorning sig'imi va kondensator maydon kuchlanganligi bilan qoplamalari orasidagi potensiallar farqi orasidagi bog'lanish hamda (7.27) formulaga binoan quyidagiga ega bo'lamiz: Zaryadlangan yassi kondensatorning energiyasi uning hosil qilgan elektr maydoni kuchlanganligining kvadratiga va shu maydon egallagan fazoning hajmiga to'g'ri proporsional ekan. Maydonning hajm birligiga to'g'ri kelgan energiyasi energiyaning hajmiy zichligi deyiladi. Har bir kondensator nafaqat o'zida zaryad to'plash, shuningdek, energiya to'plash xususiyatiga ham ega. Kondensator olgan energiya qoplamalar orasidagi muhutda bo'ladi. Ta'rifga ko'ra: Bu energiyani kondensatorda uzoq vaqt davomida saqlab bo'lmaydi. Kondensator olgan zaryadini vaqt o'tishi bilan uni o'rab turgan atrof muhitga uzatadi. Kondensator elektr qarshiligi kichik bo'lgan zanjir orqali zaryadsizlanganda, o'z energiyasini deyarli bir zumda beradi. Elektr maydon energiyasi Reja: Zaryadlangan o'tkazgichlar va elektrostatik maydon energiyasi Kutblangan dielektrik energiyasi Elektr maydoni uchun energiyaning saqlanish qonuni Elektr maydon energiyasi Bu bobning hamma erida biz, hosil qilingan ko'rilayotgan elektr maydon va zaryadlangan jismlar turgan, muhitni elektr izotrop va segnetoelektrik xossalarga ega ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
787.14 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:06
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
787.14 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:06 ]
Arxiv ichida: ppt