Reja: 1. Jismlarning elektrlanishi 2. Elektroskop haqida ma'lumot 3. Atom tuzilishi 4. Elektr zaryad 5. Elektr zaryadlarning o'zaro ta'siri. Kulon qonuni 6. Elektr maydon Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ayrim jismlar bir-biriga ishqalanganda yengil jismlarni o'ziga tortish xossasiga ega bo'lib qolishini bayon qilib, elektrni kahrabo, ya'ni somon tortuvchi, yunoncha -Elektron deb izohlaydi. Ipga osilgan yengil buyum-ga plastmassa tayoqcha va quruq mo'ynani navbatma-navbat yaqinlashtiramiz. Bunda buyum qanday osiqlik turgan bo'lsa, shundayligicha harakatsiz turaveradi. Tayoqchani mo'ynaga ishqalab, uni ya-na buyumga yaqinlashtiramiz. Bunda buyumning tayoqchaga tortilganini sezamiz. Tajribani takrorlaymiz, lekin endi buyumga plastmassa tayoqchaga ishqalangan mo'ynani yaqinlashiramiz. Buyum mo'ynaga ham tortiladi. Tajriba shuni ko'rsatdiki, plastmassa tayoqcha mo'ynaga ishqalanganidan so'ng, tayoqcha ham, mo'yna ham yengil buyumlarni o'ziga tortish xossasiga ega bo'lib qoladi. Bu hodisa elektrlanish deb ataladi. Demak ikki jism bir-biriga tekkanda (ishqalanganda), ularning ikkalasi ham elektrlanadi. Elektrlangan jismlar faqat yengil buyumlar-nigina emas,balki barcha buyumlarni ham o'ziga tortadi. Bunga ishonch hosil qilish uchun o'tkir uchli tayanchga uzunligi taxminan 2 m bo'lgan metall nay o'rnatamiz. (Nay o'rtasining past tomonida tayanch uchun teshik ochilgan.) Nayga elektrlan-gan tayoqcha yaqinlashtirib, uning asta-sekin tayoqcha tomon burilganini sezamiz. Elektrlangan jismlarga faqat qattiq jismlargina emas, balki suyuqliklar ham tortiladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun idishdan oqib chiqayotgan ingichka suv tizimiga elektrlangan tayoqchani yaqinlashtiramiz. Suv tizimi elektrlangan tayoqcha tomonga og'ganini sezamiz. Elektrlangan jismlar gazlarni ham o'ziga tortadi: sham yoki gaz alangasiga elektr-langan tayoqchani yaqinlashtirsak, alanga-ning ham tayoqcha tomon tortilishini seza-miz. Elektrlangan jismlarning xossalari ularga boshqa jismlarning tortilishi bilan cheklan-maydi. Biror jism kuchli elektrlansa va u boshqa jismga yaqinlashtirilsa, ular orasida uchqun chaqnaydi va chirsillagan ovoz chiqadi.Jism qancha kuchli elektrlansa, uchqun shuncha yorqin, chirsillagan ovoz esa shunchalik kuchli bo'ladi. Elektrning ikki turi. Ikkita bir xil plastmassa tayoqcha olamiz. Tayoqchalardan birining o'rtasini chuqur parmalaymiz va uni mo'ynaga ishqalab, o'tkir uchli asosga o'rnatamiz. Ikkinchi tayoqchani ham mo'ynaga ishqalaymiz va birinchi tayoqchaga yaqinlashtiramiz. Bunda uchli asosga o'rnatilgan tayoqcha qo'limizdagi tayoqchadan itarilganini sezamiz. Endi uchli asosga o'rnatilgan tayoqchaga ishqalangan mo'ynani yaqinlashtiramiz. Tayoqcha mo'ynaga tortiladi. Bir bo'lak elektrlangan mo'ynani uzun ipga osamiz va unga ikkinchi bir elektrlangan mo'yna bo'lagini yaqinlashtiramiz. Birinchi mo'yna bo'lagi ikkinchisidan itariladi. Tajribani o'zgartiramiz: osilgan mo'yna bo'lagiga mo'ynaga ishqalab elektrlangan tayoqchani yaqinlashtiramiz. Mo'yna tayoqchaga tortiladi. Tajribada ko'rganlarimiz haqida o'ylab ko'raylik. Tayoqcha bilan mo'yna bir-biriga tegishi elektrlanadi. Elektrlangan tayoqchalar bir-biridan itariladi, biroq elektrlangan mo'ynaga tortiladi. Elektrlangan mo'yna bilan o'tkazilgan tajribada ham shunday bo'ladi: elektrlangan mo'ynalarning bir bo'lagi ikkinchisidan itariladi, lekin elektrlangan tayoqchaga tortiladi. Elektrlanishni payqash uchun max-sus asboblar-elektroskoplar yaratil-gan. Quyidagi rasmlardan birida maktablarda ishlatiladigan zamona-viy elektroskopning ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:07
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:07 ]
Arxiv ichida: ppt