Elektr maydoni Plan: Elektr maydon kuchlanganligi. Superpozitsiya prinsipi. Elektr maydonni grafik ravishda tasvirlash. Kuch chiziqlari. 1. Har qanday zaryadlangan jism atrofida elektr maydoni hosil bo'ladi. Ikkita nuqtaviy zaryad malum bir masofada joylashgan bo'lsa, ular orasidagi ta'sir shu elektr maydon orqali yuzaga keladi. Ko'zg'almas q zaryad o'z atrofida hosil qilgan elektr maydon shu maydonga kiritilgan sinov zaryadi (qoq+1) ga ta'sir etgan kuch orqali namoyon bo'ladi. Biz quzg'almas zaryadlar va ular atrofida hosil bo'lgan vaqt bo'yicha o'zgarmas elektr maydonni ko'rib chiqamiz. Agar birorta q zaryad atrofida hosil bo'lgan maydonga qo sinov zaryadini kiritsak unga kuch ta'sir qiladi. Bu kuch qo zaryad qo'yilgan nuqtadagi maydonni xarakterlaydi va ikkala zaryadlar orasidagi masofaga bog'liq bo'ladi. q va qo zaryadlar orasida yuzaga kelgan o'zaro ta'sir kuchi Kulon qonuniga asosan quyidagiga teng bo'ladi: (1) yoki (1) bo'ladi. Bu yerda kattalik qo zaryadga bog'liq bo'lmay faqat q zaryadni xarakterlaydigan kattalikdir. Demak (2) bo'lib Ye-ni biz elektr maydon kuchlanganligi deb ataymiz. Olingan ifodadan ko'rinadiki qoq+1 bo'lsa YeqF bo'ladi. Elektr maydoni fazoning har bir nuqtasida miqdoriy jihatdan maydon kuchlanganligi bilan xarakterlanadi va shu nuqtada bir birlik (qoq+1) zaryadga ta'sir etgan kuchga son jihatdan teng bo'lgan kattalikdir. (2) ifodadan biz q nuqtaviy zaryadning elektr maydon kuchlanganligining ifodasini yozishimiz mumkin: (3) (3) dan maydon kuchlanganligi maydonni hosil qilgan zaryad miqdoriga to'g'ri proportsional va sinov zaryadi qo'yilgan masofaning kvadratiga teskari propoprtsionalligi ko'rinib turibdi. Maydon kuchlanganligi ham vektor kattalikdir. Uning yo'nalishini sinov zaryadga ta'sir etayotgan kuchning yo'nalishiga qarab aniqlaymiz. (4) (2)- ifodadan ko'rinib turibdiki maydon kuchlanganligining o'lchov birligi SI sistemasida [E]qHKl bo'ladi. SGS birliklar tizimida Ye ning o'lchov birligi SGS elektr maydon kuchlanganligi birligi deb atalgan: SGSYe bo'ladi. 2. Elektr maydon kuchlanganliklarini ko'shish. Superpozitsiya prinsipi. Agar elektr maydonni bir nechta nuqtaviy zaryadlar hosil qilayotgan bo'lsa(q1, q2,q3 va hakozo) ixtiyoriy nuqtada joylashgan sinov zaryadiga etuvchi kuchlarning ta'sir etuvchi kuchlarning etuvchisi bo'ladi. Bunda bo'lib, ,, lar har bir q1, q2, q3, lar tomonidan q0 sinov zaryadiga ta'sir etayotgan kuchlardir. ekanligini hisobga olgan holda bo'lishini ko'rish qiyin emas. Bu yerda bo'ladi. esa hamma nuqtaviy zaryadlar tomonidan hosil qilingan elektr maydon kuchlanganliqlarining vektor yig'indisidir. Demak bir nechta nuqtaviy zaryadlar berilgan bo'lsa ixtiyoriy nuqtadagi natijaviy maydon kuchlanganligi har bir zaryadning shu nuqtada hosil qilgan maydon kuchlanganliklarining vektor yig'indisiga teng bo'ladi. Elektr maydonlarni bunday qo'shishga superpozitsiya prinsipi deyiladi. Amalda (chizmasi berilgan) har bir maydon kuchlanganligini (biz o'rganayotgan nuqtada) parallelogram qoidasiga asosan qo'shib chiqiladi. Superpozitsiya prinsipiga misol sifatida elektr dipolning hosil qilgan ixtiyoriy nuqtadagi (l ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
246.88 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
246.88 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:07 ]
Arxiv ichida: doc