Elektr maydonidagi o'tkazgich. O'tkazgichdagi zaryadlarning muvozanati. Tashqi elektr maydonidagi o'tkazgichlar

Elektr maydonidagi o'tkazgich. O'tkazgichdagi zaryadlarning muvozanati. Tashqi elektr maydonidagi o'tkazgichlar

O'quvchilarga / Fizika
Elektr maydonidagi o'tkazgich. O'tkazgichdagi zaryadlarning muvozanati. Tashqi elektr maydonidagi o'tkazgichlar - rasmi

Material tavsifi

Elektr maydonidagi o'tkazgich. o'tkazgichdagi zaryadlarning muvozanati. tashqi elektr maydonidagi o'tkazgichlar Reja: o'tkazgichlardagi zaryadlarning muvozanati. tashqi elektr maydoniga kiritilgan o'tkazgichlarda yuz beradigan o'zgarishlar. Elektr sigimi. Kondensatorlar va ularning sigimi. Kondensatorlar sigimini hisoblashning xususiy xollari. Kondensatorlarni elektr zanjiriga ulash usullari. o'tkazgichning erkin elektronlarga ega bo'lgan jism ekanligini va bu elektronlarning zaryadlarini o'tkazgichning kristall panjarasi bilan boglangan musbat zaryadlar kompensatsiyalab turishini ,aytib utgan edik. Muayyan yo'nalishdagi elektr kuchlar ta'sirida o'tkazgichdagi erkin elektronlar shu kuchlar yo'nalishida tezlik ( tezlik tashkil etuvchisi) olishi va, demak, zaryadlarning kuchishi -elektr tok vujudga keltirishi mumkin. Agar elektrostatik masalalar bilan cheklanilsa,u holda zaryadlarning muvozanat shartini aniqlash kerak. Elektrostatik maydon kuchlanganligining nolga teng bo'lishi o'tkazgich ichida zaryadlarning muvozanatda turishi uchun zarur shartdir. Maydon kuchlanganligi nolga teng bo'lmaganda elektr kuchlari hosil bo'ladi va elektronlarning yunalgan kuchishini vujudga keltiradi. Demak, masala elektrostatik xarakterda bo'lishi uchun (1) shart bajarilishi kerak. Shu bilan birga, bu shart o'tkazgich ichidagi barcha nuqtalarda xam bajarilishi kerak. (1) shartdan shu narsa kelib chikadiki, zaryadlangan o'tkazgichda kompensatsiyalanmagan zaryadlar fakat o'tkazgich sirtidagina joylasha oladilar. Buni isbot qilish uchun o'tkazgich ichida biror xajmni chegaralovchi ixtiyoriy sirtga Ostrogradskiy-Gauss teoremasini tadbiq kilamiz. Sirt o'tkazgich ichida o'tkazilgani sababli bu sirtning barcha nuqtalarida elektrostatik maydon kuchlanganligi (1) ga muvofik nolga tengdir. Demak, sirtdan utuvchi kuchlanganlik oqimi nolga teng, shu sababli kurilayotgan sirt ichida joylashgan umumiy zaryad xam nolga tengdir. Sirt ixtiyoriy bo'lgani uchun bunday natijani o'tkazgich ichidagi xar qanday uchastkada zaryad nolga teng bo'ladi. Zaryadlangan o'tkazgichda zaryadlar fakat o'tkazgich sirtidagina joylashadi. o'tkazgichning ichki qismlarida zaryadlarning bulmasligi Ostrogradskiy-Gauss teoremasidan kelib chikadigan natijadir. Bu teorema o'z navbatida nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofa kvadratiga teskari proportsional ekanligini natijasi sifatida chikariladi. Agar Kulon qonunining ifodasida r ning ko'rsatkichi 2 ga emas, qandaydir boshqa n songa teng bo'lganda, o'tkazgichning ichki qismlarida xam zaryadlar taksimlangan bo'ladi. Shunday qilib, o'tkazgichning ichki qismlarida zaryadlarning bulmasligi Kulon qonunining to'g'riligini bevosita tasdiklaydi. o'tkazgich ichida maydon kuchlanganligi nolga teng bo'lgani uchun o'tkazgichning o'zi doyimiy potentsialli soha bo'ladi. Xakikatdan xam, kuchlanganlikning son qiymati potentsialning satxlar sirtiga normal bo'lgan uzunlik birligidagi o'zgarishiga tengdir. Bundan o'tkazgichning barcha nuqtalarida maydon nolga teng bo'lgani uchun o'tkazgichning barcha nuqtalarida potentsial o'zgarishi xam nolga teng bo'ladi; demak, potentsialning qiymati doimiydir: shunday qilib o'tkazgichning ichidagi va uning sirtidagi barcha nuqtalarining potentsiali bir xil bo'ladi. Bundan o'tkazgichning sirti potentsial satxlari sirti bo'lishi bevosita kelib chikadi. Elektrostatik maydon kuchlanganligi xar bir nuqtada potentsial satxlari sirtiga normal bo'lgani uchun o'tkazgichning tashqarida o'tkazgichning sirti yaqinidagi elektrostatik maydon kuchlanganligi uning sirtiga normal bo'ladi. Ye A 1- rasm. o'tkazgich sirti yaqinida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.68 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.68 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga