Elektr o'lchashlar.Tok kuchi va kuchlanishni o'lchash Reja: Elektr o'lchashlar haqida umumiy ma'lumotlar. Tok kuchini o'lchash. 3.Kuchlanishni o'lchash Tayanch so'z va iboralar: bevosita, taqqoslash,shunt, o'lchash tok transformatori, qo'shimcha qarshilik, kuchlanish o'lchash transfarmatori. Elektr o'lchash texnikasi yordamida amalda malum bo'lgan barcha fizik miqdorlar, yani elektrik va noelektrik miqdorlarni, o'zgarmas va vaqt bo'yicha o'zgaruvchan miqdorlarni keng ko'lamda va uzoq masofadan o'lchash mumkin.Shuning uchun ham elektr o'lchash usullari xilma-xildir.Elektr o'lchash usullariga bevosita baholash usuli va taqqoslash usullari kiradi. Agar o'lchanadigan kattalikning qiymati oldindan darajalab qo'yilgan o'lchash asbobining hisoblash qurilmasidan bevosita olingan bo'lsa, bunday o'lchash bevosita baholash usuli deyiladi.Masalan, tok kuchini o'lchash ampermetr bilan, kuchlanishni o'lchash-voltmetr bilan, quvvatni o'lchash vattmetr bilan olib boriladi va hokazo. Agar o'lchanadigan kattalikning qiymati o'lchov namunasi bilan solishtirib aniqlansa, bunday o'lchash usuli taqqoslash usuli deyiladi.Taqqoslash usuli o'z navbatida nol differensial, almashtirish va ustma-ust tushirish usullariga bo'linadi.Taqqoslash usuliga ko'priksimon zanjirlardagi qarshilik, sig'im va induktivliklarni yoki potentsiometrlardagi kuchlanish va EYuK larni o'lchash usullari misol bo'la oladi.Amalda taqqoslash usullaridan nol va differensial usullari eng ko'p qo'llanadi. Tok kuchi va kuchlanishni bevosita o'lchash uchun ampermetr va voltmetrlardan foydalaniladi.Ampermetr va voltmetrlar magnitoelektrik (faqat o'zgarmas tok zanjiri uchun); elektromagnit, elektrodinamik (o'zgarmas va o'zgaruvchan tok uchun); induksion, to'g'rilagichli (o'zgaruvchan tok uchun) va boshqa sistemalarda bo'lishi mumkin. Tokni o'lchash uchun zanjirni qulay joyidan uzib, ampermetr A ni iste'molchi qarshiligi R bilan ketma-ket ulash kerak (8.1-rasm).Ampermetrni ulashdan oldin o'lchanayotgan tokning turini va taxminiy qiymatini bilish kerak.O'zgarmas tokni o'lchash uchun induksion sistemadan boshqa barcha sistemadagi ampermetrlardan foydalanish mumkin, ammo amalda magnitoelektrik ampermetrlargina ishlatildi.Chunki ular juda aniq va yuqori sezgirlikka egadir.O'zgaruvchan miqdorlarni o'lchashda asbob shkalasidagi chastota o'zgaruvchan tok chastotasiga teng yoki katta bo'lishiga etibor berish kerak, aks holda katta xatolik paydo bo'ladi. Asbobning o'lchash chegarasini tanlash uchun quyidagi oddiy qoidaga rioya qilish kerak, yani o'lchash chegarasini o'lchashni kerak bo'lgan miqdorda taxminan 25-30% katta qilib olinadi.Chunki asbobning ikkinchi yarmida nisbiy o'lchash xatoligi birinchi yarmidagiga nisbatan kamdir. Tekshirilayotgan elektr zanjiriga ulanuvchi asbob uning parametrlarini mumkin qadar kam o'zgartirishi lozim.Shu sababli ampermetrning qarshiligi nolga teng bo'lishi kerak.Bu holda tokni o'lchash uchun zanjirga ulangan ampermetr zanjir qarshiligini o'zgartirmaydi.Amalda bu shartni bajarish mumkin bo'lmaydi, shuning uchun ichki qarshiligi eng kichik bo'lgan ampermetrdan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.Ammo kichik tok (milli va mikroamper) larni o'lchashda ichki qarshiligi bir necha o'n va yuz Om bo'lgan milli va makroampermetrlarni ulashga to'g'ri keladi. Zanjirga ampermetr ulanganda, uning qarshiligi o'zgaradi, natijada zanjirdagi tok xam o'zgaradi.Agar zanjir qarshiligi R bo'lib, unga berilgan kuchlanish U bo'lsa, zanjirdagi tok (ampermetr ulanmasdan oldin) bo'ladi.Zanjirga ampermetr ulangandan ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.8 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.8 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:07 ]
Arxiv ichida: doc