Elektr o'lchashlar

Elektr o'lchashlar

O'quvchilarga / Fizika
Elektr o'lchashlar - rasmi

Material tavsifi

Elektr o'lchashlar Reja: 1. O'lchashlar va o'lchov vositalari haqida umumiy tushunchalar. 2. O'lchov vositalari va o'lchashlar xatoliklari. 3.Elektr o'lchov asboblari. O'lchashlar va o'lchov vositalari haqida umumiy tushunchalar Elektr qurilmalarining normal ishlashi uchun aniq texnik talablar tahminlangan bo'lishi kerak. Bunday talablarning bajarilishini tekshirish elektr o'lchov asboblari yordamida bajariladi, chunki insonning sezgi ahzolari elektr kattaliklarni bevosita kuzata olmaydi. Elektr o'lchov asboblari yuqori sezgirlikka, aniqlikka ega bo'lishi hamda ishonchli va oddiy bo'lganliklari tufayli fizik kattaliklar (temperatura, bosim, yorug'lik, tezlik va h.k) elektr o'lchash asboblari yordamida o'lchanadi. Bunda noelektrik kattaliklar unga proportsional bo'lgan elektr kataliklarga o'zgartiriladi. Elektr o'lchov usuli elektr va elektr bo'lmagan kattaliklarni uzoq masofadan o'lchash (telemetriya) imkonini beradi. Zamonaviy ishlab chiqarishda elektr o'lchashlar har xil texnologik jarayonlarni kuzatish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham ular ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarishning asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Maxsus texnik vositalar - o'lchov asboblari yordamida fizik kattaliklarning qiymatlarini tajriba yo'li bilan aniqlash o'lchash deyiladi. O'lchash natijasi son bilan ifodalanadi. Malum o'lchamdagi fizik kattaliklarni aks ettirishda foydalaniladigan ashyoviy o'lchash vositasi o'lchov deb ataladi. Elektr qarshiliklarining o'lchovi - o'lchov rezistorlari (qarshilik g'altaklari), elektr yurituvchi kuch va kuchlanishlarining o'lchovlari - normal elementlar, induktivlikning o'lchovi - o'z va o'zaro induktivlik o'lchov g'altaklari, elektr sig'imining o'lchovi - namunaviy kondensatorlar. O'lchash ma'lumotlarini kuzatuvchining bevosita o'zlashtirishi uchun qulay bo'lgan shaklda ko'rsatuvchi texnik vositasi o'lchov asbobi deyiladi. Barcha elektr o'lchov asboblari ikki turga bo'linadi: analogli va raqamli. Ko'rsatishi o'lchanayotgan miqdorni o'zgarishiga uzluksiz bog'liq bo'lgan o'lchov asbobi analogli o'lchov asbobi deyiladi. O'lchash ma'lumotlari avtomatik holda diskret signallarni hosil qiladigan va ko'rsatishi raqam shaklida ifodalanadigan asboblar raqamli asboblar deyiladi. O'lchash ma'lumotlarining olinish usuliga qarab o'lchov asboblari quyidagilarga bo'linadi: ko'rsatuvchi asboblar (o'lchash natijasini shkala bo'yicha ko'rish mumkin); qayd qiluvchi asboblar (o'lchash natijasini tasmada aks ettiradi). O'lchov asboblari o'lchov bilan taqqoslash usuli bo'yicha bevosita va bilvosita taqqoslash asboblariga bo'linadi. Bevosita taqqoslaydigan asbobda signalni bir yoki bir nechta o'zgartirish nazarda tutilgan. Ularga strelkali ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar va shunga o'xshash asboblar misol bo'ladi. Bilvosita taqqoslash asboblari o'lchanayotgan miqdorlarni malum miqdor bilan taqqoslashga asoslangan. Bularga o'lchov ko'priklari potentsiometrlar misol bo'ladi. Solishtirib o'lchaydigan asboblar o'lchashni yuqori aniqlik bilan bajarishni ta'minlaydi. Ular yuqori sezgirlikka ega. Lekin o'lchashning bu usuli murakkab va ko'p vaqt sarflashni talab qiladi. O'lchov vositalari va o'lchashlar xatoliklari O'lchov asbobining aniqligi uning xatoligi nolga qanchalik yaqinligini bildiruvchi ko'rsatkichdir. Strelkali o'lchov asboblarining aniqligi keltirilgan xatolik bilan baholanadi: , (10.1) bu yerda: Ao' - o'lchangan miqdor. Ah - o'lchangan miqdorning haqiqiy qiymati; AN - o'lchash asbobining normalangan qiymati; - absolyut xatolik. Normal ish sharoitlarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 70.2 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 70.2 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga