Elektr o'lchov vositalari va o'lchashlar haqida umumiy ma'lumotlar.Metrologiya fani haqida tushuncha Reja: Elektr o'lchash asboblari haqida ma'lumotlar. O'lchash va o'lchash usullari. Metrologiya haqida umumiy tushuncha. O'lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari. Tayanch so'zlar va iboralar: o'lchash, bevosita, bilvosita, metrologik aniqlik darajasi, etalon, taqqoslash, kompensatsion usul, o'lchash intervali sezgirlik, ishonchlilik. Har xil turdagi elektrotexnik qurilmalarning holatini va ishlashini baholash uchun elektr o'lchovi asboblaridan foydalaniladi.Elektr o'lchash asboblari yuqori sezgirligi, o'lchashning aniqligi, ishonchliligi va tuzilishining oddiyligi bilan ajralib turadi. Elektr kattaliklari-tok kuchi, kuchlanish, elektr energiyasining quvvati, magnit oqimi, sig'imi, chastotasi va boshqalar bilan bir qatorda ular yordamida noelektrik kattaliklarni ham o'lchash mumkin. Elektr o'lchov asboblarining ko'rsatishini uzoq masofalarga uzatish mumkin (tele o'lchash), ular ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ta'sir etishi uchun ishlatilishi mumkin. (avtomotik boshqarish) yoki ular yordamida nazorat qilinuvchi jarayonlarni qayd qilib berish mumkin (masalan, magnit lentasiga yozish orqali). Yarim o'tkazgichli texnikaning qo'llanilishi orqali elektr o'lchov asboblarining qo'llanilish sohalari ancha kengaydi. Biror fizik kattalikni o'lchash deganda maxsus texnik o'lchov vositalari yordamida uning qiymatini tajriba yo'li bilan aniqlashga aytiladi.Har xil fizik kattaliklarni o'lchash uchuch amalda turli o'lchash usullaridan foydalaniladi.Natijani olish usuliga ko'ra hamma o'lchashlar bevosita va bilvosita turlarga bo'linadi. Bevosita o'lchashda fizik kattaliklar qiymati to'g'ridan to'g'ri-tajriba natijasida olinadi. Bilvosita o'lchashda o'lchanayotgan kattalik bilan bevosita o'lchanishi mumkin bo'lgan kattaliklar orasidagi bog'lanishdan foydalaniladi.Misol uchun zanjirning bir qismidagi qarshilikni o'lchash uchun, undagi kuchlanish va tok kuchi bevosita o'lchanadi hamda Om qonunidan foydalanib qarshilik hisoblanishi mumkin. Elektr o'lchash texnikasida taqqoslash usuli ham qo'llaniladi.Bu usulda o'lchanayotgan kattalik qaytariladigan o'lchov bilan taqqoslanadi. Taqqoslash usuli kompensatsion va ko'prik usullarga bo'linadi. Kompensatsion taqqoslash usuliga misol sifatida kuchlanishni normal element E.Yu.K.si qiymati bilan taqqoslab o'lchashni keltirish mumkin. Ko'prik sxemali taqqoslash usuliga misol sifatida ko'prik sxema yordamida nomalum qarshilikni o'lchashni ko'rsatish mumkin. O'lchashning taqqoslash usuli juda aniq, lekin ularni bajarish uchun murakkab o'lchov texnikasi talab qilinad Metrologiya haqida. Metrologiya grekcha metron (o'lchov) va logos (tushuncha) so'zlaridan olingan.Metrologiya fizik kattaliklarni aniq va takomillashtirilgan yagona tizimli o'lchashlar haqidagi fandir.Fizik kattaliklarni o'lchash nazariyasi, fizik kattaliklar birligi va birliklar tizimi, o'lchash vositalari v o'lchash uslublari etalonlar va namuna o'lchash vositalari, shuningdek birlik o'lchamni ishchi o'lchash vositalariga o'tkazish uslublari metrologiyaning asosiy mazmuni hisoblanadi.Metrologiya fani texnika taraqqiyoti asosida aniqligining eng yuqori darajasi qayd etilgan vositalarni yaratadi, o'lchash ishlarining universal usullarini ishlab chiqadi va natijada tizimi jihatidan birxillashtirilgan o'lchov asboblarni yaratadi.Metrologiya talablari Davlat standartlari asosida amalga oshiriladi.Shu sababli metrologiya va standartlashtirish hamisha biri ikkinchisini to'ldiradi va takomillashtiradi. Metrologiya va metrologik ta'minot ilmiy texnik va tashkiliy yo'nalishda rivojlanib boradi.Metrologiya fizik kattaliklarni nomlashda dunyo ilmiy-texnik ...

Joylangan
08 May 2024 | 17:55:02
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.79 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 17:55 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.79 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:07 ]
Arxiv ichida: doc